BOLALAR ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI ASOSLARI
KIRISH
Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funksiyalari va odamning rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Bu fan organlarni va organlar sistemalarini bajaradigan funksiyasiga qarab o‘rganadi. Anatomiya yunoncha «anatome» so‘zidan olingan bo‘lib, kesaman ma’nosini anglatadi. Odam tashqi muhit bilan doimo aloqada bo'lgani uchun organizmdagi organlar va organlar sistemasi tashqi muhit bilan bog‘lab o‘rganiladi, bundan tashqari, odamning tuzilishi va rivojlanishi uning mehnat faoliyati bilan bog‘liq. Odam organizmi million yillar davom etgan rivojlanish tarixi, ya’ni filogenez davrida, shuningdek, nisbatan kam vaqt ichidagi individual rivojlanish, ya’ni ontogenezi davrida shakllangan. Anatomiya biologiya fanining bir qismi bo‘lib, u sitologiya, gistologiya, embriologiya, solishtirma anatomiya, evolyutsion ta’limot va boshqa fanlar bilan uzviy chambarchas bog‘liqdir. Hozirgi zamon anatomiya fani odamni harakatdagi holatida ham o‘rganadi. Bolalar anatomiyasi va flziologiyasi asoslari fani bola organizmi tuzilishi va funksiyalarini yoshga bog‘liq holda o‘rganadi. Anatomiya fani talabaga tirik organizmlarning tuzilishi va funksiyalarini bilish uchun zamin tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: |