Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanining tarixi



Yüklə 34,24 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü34,24 Kb.
#36862
1   2   3
bolalar anamto fizio

Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanining tarixi. Odam tanasining tuzilishiga oid dastlabki ma’lumotlar Yunon (qadimgi Gretsiya)da miloddan avvalgi IV—V asrlarda tabiblar, faylasuilar tomonidan to‘plangan. Antik madaniyat rivojlangan davrda tabiblar odam tanasining tuzilishi haqidagi diniy qarashlar, tushunchalar bilan cheklanib qolmasdan, balki murdalarni yorib o‘rganganlar. 0 ‘z zamonining mashhur tabibi Gippokrat (miloddan avvalgi 460—377-yillar) avloddan avlodga og‘zaki o‘tib kelayotgan anatomik ma’lumotlarni, kuzatishlarni to‘plab, sistemaga soladi. Kalla suyaklarining tuzilishi va o‘zaro birikishini to‘liq hamda aniq qilib bayon etadi. Lekin u nerv bilan payni bir-biridan ajrata bilmaydi. Yunonistonda yashagan buyuk olim, faylasuf Aristotel (miloddan avvalgi 384—322-yillar) qarashlari tibbiyot fanlarining rivojlanishida muhim rol o ‘y n agan . U hayvonlarning 500 dan ortiq turining tashqi tuzilishini tasvirlab bergan va ularni tasniflagan. U nerv bilan payni bir-biridan ajratgan, yurak bilan qon tomirlarining tuzilishini, o‘zaro bog‘liqligini bayon etgan. Miloddan avvalgi III asrda savdo markazlaridan bo‘lgan Aleksandriya shahrida ilm-fan juda rivojlangan. Bu yerda Gerofil va Erazistrat kabi olimlar tekshirish ishlari olib borib, anatomiya sohasidagi bilimlarni kengaytirganlar. Gerofil o‘n ikki barmoq ichak, ko‘z va tuxumdonning tuzilishini tasvirlab bergan. U hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazib, nerv sistemasi markazi bosh miyada ekanligini isbotlaydi. Olim miya qobiqlari, miyaning qattiq pardasi, bosh miya qorinchalari va uning tomirlar to‘ri, uzunchoq miya, bosh miyaning ayrim qismlari, miya qorinchalarini 4 ta’riflab berdi. Shuningdek, bosh miya bilan nervlarning bir-biriga bog‘liqligini aniqlaydi, yurak qopqoqlarini ochadi. U sezuvchi nervlar bilan harakat nervlarini birinchi m arta farqladi. Erazistrat arteriyalarda havo emas, qon oqishini, jigarning qopqa venasini va qon o‘pkalardan yurakning chap bo'lmasiga va qorinchasiga kelib quyilishini, so‘ngra aorta va arteriyalar orqali butun organizmga tarqalishini aniqladi. Qadimgi Rim imperiyasida tabiyot fanlari qatorida anatomiya fani ham rivojlandi. Amaliy tibbiyot shifokorlardan aniq anatomik ma’lumotlarni talab qila boshlaydi. Bu davrda anatomiyaning rivojlanishida mashhur olim, anatom Klavdiy Galen (130—201)ning ishlari juda muhim. Rim qonunlarida odam murdasini yorish qat’iy ma’n etilgani uchun Galen hayvonlar tanasini tekshirgan. U suyaklarning rivojlanishini o‘rganib, 300 dan ortiq muskulni bilgan, bosh miyani ta’riflab bergan. Galen o‘zining falsafiy qarashlarida Aristotelning fikrlarini rivojlantiradi. 0‘rta asr boshlarida yashagan atoqli tabib, anatom, faylasuf, matematik, Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining juda ko‘p ilmiy asarlari bilan tibbiyot, shu jumladan, anatomiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning «Tib qonunlari» nomli 5 jildli asari XVII asrgacha Yevropada tibbiyotdan asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. Ibn Sino bu asarida tibbiyotning umumiy nazariyasini bayon etdi. Unda odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jarrohlik, diagnostika va boshqalarga katta ahamiyat berilgan. Leonardo da Vinchi (1452-1519) plastik anatomiyaga oid o‘z tekshirish natijalarini to’plab, plastik anatomiya kursini sistemaga soladi. XVI asrda olimlar murdani yorib o'rganishlari tufayli organlarning tuzilishi haqidagi ilmiy ma’lumotlar ko‘paya boshladi va hozirgi zamon odam anatomiyasining yaratilishiga asos solgan mashhur olimlar ko‘zga tashlanadi. Shulardan biri Andrey Vezaliydir (1514—1564). Vezaliy asosan hayvonlar tanasini tekshiradi, odam murdasini ham yashirincha yorib koTadi. Vezaliy anatom iyaga oid «Odam tanasining tuzilishi» nomli mashhur asarini yozdi. 0 ‘sha davrda atoqli ingliz anatomi Vilyam Garvey (1578— 1657) hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazib, qon tomirlarda qon5 ning oqishini tekshiradi. Uning tajriba natijalari asosida yozilgan «Hayvonlarda yurak va qonning harakati» kitobi tabiatshunoslik va tibbiyotda yangi yutuqlarni ochdi. Mikroskop ixtiro qilinishi bilan italyan olimi Marcello Malpigi (1628—1694) kapillarlarni kashf qildi. Bu kashfiyot hayvonlar organizmida qonning doira bo‘ylab harakatlanishi to‘g‘risidagi Garvey fikrlarini yanada kengaytirib, qon aylanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qildi. XVII asrning oxirlariga kelib, qon tomirlariga ineksiya qilish va anatomik preparatlarni konservalash usullari qo'llanishi bilan anatomik tekshirishlar metodikasi ancha takomillashdi. XVIII asrning o‘rtalarida anatomiya, embriologiya, solishtirma anatomiya sohasida juda ko‘p materiallar to‘plandi. Rus olimi M .V Lomonosov (1711—1765) anatomiyani bevosita kuzatish bilan uning istiqbolli yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Uning shogirdi A.P. Protasov (1723—1796) anatomiya atamalari bilan mukammal shug’ullanib, «Anatomik atamalar to‘g‘risida» nomli asar yozadi. A.M. Shumlyanskiy (1748—1795) buyrakning mikroskopik tuzilishini tekshirib, «Buyrakning tuzilishi to‘g‘risida» nomli mashhur asarini yozgan. U buyraklarning tomir chigalini o‘rab turgan qo‘sh devorli parda — kapsulani birinchi bolib izohlab beradi. I.M. Sechenov (1829—1905) va I.P. Pavlov (1849—1936)ning fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy ishlari anatomiya va fiziologiya fanida funksional yo‘nalish yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Sharq dunyosida jahonga tanilgan ko‘plab olimlar yashab va ijod etganlar. Abu Nasr Muhammad al-Forobiy (873—950) o‘zining 160 dan ortiq asari bilan falsafa, tibbiyot, musiqa nazariyasiga ko‘p yangilik kiritdi. U nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchi turlarga bo'lgan, yurak faoliyatini nervlar boshqaradi, deb ta’kidlagan. Ismoil Jurjoniy (1080—1141) mohir tabib, yirik olim sifatida tanilgan. Uning «Kasallikni aniqlash usullari», «Tibbiyot asoslari» kabi kitoblari ma’lum. U odam sog‘lig‘ini saqlash uchun zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo‘qotish lozim deb yoz6 gan, shuningdek, mijozlar haqida bayon etib, ular nasldan-naslga o‘tishini aytadi. Odamning hayot faoliyatini o'rganish eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o‘rganilgan. Juda qadim zamondan boshlab Yunon, Xitoy, Hindiston, Misrda tibbiyot fanlariga qiziqish katta bodgan, ular funksiyalar to‘g‘risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. I.M. Sechenov 1862-yili «Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayoni»ni ochgan. 1863-yili «Bosh miya reflekslari» asarini nashr qilgan. I. P. Pavlov dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug‘ullandi. Bundan tashqari hazm tizimi a’zolari faoliyatini o‘rgandi. I.P. Pavlov reflekslar nazariyasini rivojlanirdi. U va uning hamkorlari bosh miya katta yarim sharlari po‘stlogdda sodirbodadigan asosiy jarayonlarni o‘rgandi. 1904-yilda I.P. Pavlov hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor boddi. I.P. Pavlov shartli reflekslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyati tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar tizimini o'rgandi. 0 ‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishiga ko‘plab o‘zbek olimlari hissa qo‘shganlar. Jumladan: Adham Yunusov — fiziologiya fanining rivojlanishiga, Yolqin Xolmatovich Turaqulov — qalqonsimon bez kasalligini o‘rganish va davolashga doir ilmiy ishlarni amalga oshirdi. l.K. Musaboyev — yuqumli kasalliklarni tarqalish sabablarini o‘rgangan. K.A. Zufarov — turli kasalliklarda, hujayralarda kechadigan o‘zgarishlarni o‘rganishga doir ish olib bordi. Bolalar anatomiyasini o‘rganish tarixi. Bolalar anatomiyasi odam anatomiyasining organizmning tuzilishini, hayotning turli davrlarida bodadigan o'zgarishlarini o‘rganadigan qismidir. Bolalar anatomiyasi XIX asr oxirlarida alohida yo'nalish sifatida paydo boddi. Rossiyada bolalar organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari to"g‘risidagi ilmga asos solgan odam, rus pediatri N.P. Gundobin (1860—1908) edi. Uning 1906-yilda nashr qilingan «Bolalar yoshining xususiyatlari» asarida bolalar anatomiyasiga taalluqli juda ko‘p madumotlar to‘plangan. 7 XX asr yoshli anatomiya sohasida izlanishlar olib borgan olim KG. Shtefko (1893—1945). U «Bolalar va o‘smirlarni jismoniy taraqqiyoti haqidagi materiallar» (1925), «Yoshli osteologiya» (1947) va bir nechta asarlar muallifi hisoblanadi. F.I. Valker (1890—1954) «Bolalar yoshini topografo-anatomik xususiyatlari» (1938), « 0 ‘sayotgan organizmni morfologik xususiyatlari» (1959) va «Odam a’zolarining tug‘ilgandan keyin o‘sishi» (1961) nomli asarlar muallifldir. XX asrning ikkinchi yarmida pedagogika fanlari akademigi A.A. Markosyan tahriri ostida tayyorlangan «Bolalar va o‘smirlar morfologiyasi va fiziologiyasi asoslari» kitobi chop etildi. 0 ‘zbekistonda anatomiya fanining rivojlanishiga olimlardan: P.O.Isayev, E.M. Milman, R.Z. Zohidov, M.R. Sapin, Y.M. Borodin, K.A. Zufarov, S.N. Kasatkin, R.E. Xudoyberdiyev, S.A. Dolimov, N.K. Axmedov, R. Alyavi, O. Oqilov, R. G ‘ulomov va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari va darsliklari bilan munosib hissa qo‘shdilar. Akademik K.A. Zufarov, S.N. Kasatkin va P.O. Isayevlar odam hamda hayvonlarning hazm tizimining mikroskopik va makroskopik tuzilishini, qon tomirlarini, E.P. Milman, R.E. Xudoyberdiyev va S.A. Dolimovhr limfa tizimini, M.R. Sapin va Y.M. Borodin odam va hayvonlarda nerv tizim ini, N.K.Axmedov, R.Z. Zohidovlar nerv tizimining embriologik taraqqiyotini mukammal o‘rgandilar. N.K. Axmedov birinchi marta o‘zbek tilida atlas yaratdi. Odam anatomiyasidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darsliklar va qo‘llanmalar yaratilgan. ToshPTI Odam anatomiyasi kafedrasi xodimlari kafedraning birinchi mudiri, professor R.Z. Zohidov rahbarligida bolalar organizmining o‘zgarishlarini o‘rganishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Odam anatomiyasini o‘rganish. Odam anatomiyasini o‘rganishda bir qancha tushuncha va term inlarni bilish kerak. Odam tanasi qo‘llar pastga tushirilgan, kaftlar oldinga qaratilgan tik holatda ta’riflanadi. Tana organlari holatini aniqlashda quyidagi yuzalardan foydalaniladi: Gorizontal yuza — yer yuzasiga parallel bo‘lib, tanani birini ikkinchisi ustiga joylashgan qismlarga ajratadi. Medial yuza — o‘rta yuza — tanani simmetrik o‘ng va chap qismga bo‘ladi. Sagittal yuza - o‘rta yuzaga parallel bo‘ladi. Frontal yuza - peshona yuzasiga parallel bo‘lib, tanani biriikkinchisi oldida joylashgan qismlarga bo‘ladi. Bu yuza sagittal va gorizontal yuzalarga tik bo‘ladi. Bu yuzalardan tashqari boshqa bir qancha terminlardan ham foydalaniladi: Medial (medialis) - o‘rta yuzaga yaqin. Lateral (lateralis) — yon o‘rta yuzadan chetroqda. Kranial (kranialis) - kalla suyagiga xos, boshga yaqin. Kaudal (kaudalis) - dumga xos, gavdaning dum tomoniga yaqin. Ventral (ventral) - oldinga, qorin yuzasiga qaragan. Dorzal (dorsalis) - orqaga xos, orqa yelka tomonga qaragan. Proksimal (proximalis) — gavdaga yaqin. Distal (distalis) - gavdadan uzoqda. Anterior — oldinga. Posterior — orqa. Superior - yuqorigi. Inferior - pastki. Externus — tashqi. Internus — ichki. Dexter — o‘ng. Sinister — chap. Profundus - chuqur. Superfikalis - yuza. 9 I bob. BOLALAR ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI ASOSLARI FANINI TEKSHIRISH USULLARI Hujayraning tuzilishi Barcha tirik organizmlar singari odam organizmi ham hujayralardan tashkil topgan. Har bir hujayra membrana, yadro, sitoplazmadan tashkil topgan. Hujayra tuzilishini o‘rganishda mikroskopdan foydalaniladi. Hujayra membranasi ikki qator joylashgan lipid molekulalar, tashqi va ichki tomonida joylashgan oqsildan tuzilgan. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan suv, aminokislotalar, glyukoza, mineral tuzlar membrana orqali hujayra ichiga o‘tadi. Sitoplazma yarim suyuq modda bo‘lib, elektron mikroskopda kuzatilganda, undagi mayda donador struktura ko‘rinadi. Sitoplazmada yadro va hujayraning barcha organoidlari umumiy hamda xususiyga bo‘linadi. Umumiy organoidlar barcha organizmlar hujayrasida boMadi. Xususiy organoidlar ba’zi hujayralardagina uchraydi. Universal organoidlarga mitoxondriyalar, golji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, lizosomalar va hujayra markazi kiradi. Xususiy organoidlarga muskul hujayralarini qisqartiruvchi miofibrillar, nerv hujayralaridagi neyrofibrillar va harakat organoidlari — xivchinlar, kiprikchalar kiradi. Yadro hujayraning asosiy qismi bo‘lib, bodinish xususiyatiga ega. Yadroning shakli ko‘p hollarda hujayra shakliga o‘xshab ketadi. U tashqi va ichki membrana orqali sitoplazmadan ajralib turadi. Membranada teshikchalar (poralar) bo‘lib, oqsil molekulalari, aminokislotalar, nukleotidlar ana shu teshikchalardan o‘tadi, natijada sitoplazma bilan yadro o‘rtasida faol moddalar almashinuvi yuzaga keladi. Yadroning ichi suyuqlik (karioplazma) bilan to‘lgan bo'lib, bu yerda xromosomalar, yadrochalar joylashgan. Yadro shirasi tarkibida oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va boshqa moddalar boladi. Lizosoma yumaloq shaklda bo‘lib, tarkibidagi fermentlar ta’sirida oqsillar, nuklein kislotalar, lipidiar parchalanadi. Endoplazmatik toY membrana bilan chegaralangan murakkab tuzilgan kanallar va sisternalardan iborat. Ko‘p hujayralarda endoplazmatik toY membranasi yuzasida granulalar joylashgan. 10 Ular ribosomalar deb ataladi. Ribosomalar sitoplazmada erkin (poliribasomalar) holda ham uchraydi. Yadroda joylashgan ribosomalarda yadro oqsillari sintezlanadi. Endoplazmatik to‘rdagi ribosomalar oqsillarni sintezlashda faol qatnashadi. Golji apparati yadro atrofida joylashgan, qo‘shqavat membranali murakkab to‘r shaklidagi tuzilmalardan iborat. Mitoxondriyalar oval, yumaloqroq, biroz cho‘ziq yoki tayoqchasimon, ipsimon shakllarda bo‘ladi. Mitoxondriyalar membranasi ikki qavatdan iborat. Ular tarkibida oqsillar, lipidiar, nuklein kislotalar bor. Mitoxondriyalarda ATF (adenozintrifosfat kislota) sintezlanadi. To‘qimalar Tuzilishi, kelib chiqishi va funksiyasi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan hujayralar to‘plami to'qima deb ataladi. Organizmdagi to‘qimalar 4 ta guruhga: epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi (tayanch-trofik), muskul (mushak) va nerv to‘qimalariga bo‘linadi. Epiteliy to‘qimasi. Epiteliy to'qimasi asosiy vazifasiga ko‘ra sirtqi epiteliy, bezli epiteliy va sensor epiteliy xillariga bo‘linadi. Barcha epiteliy xillari uchun yupqa bazal membrana xos bo‘lib u epiteliyning mexanik ta’sirlarga chidamligini ta ’minlaydi. Yuza (qoplovchi) epiteliy organizmning ichki va tashqi tarafdan o‘rab uning himoyasini, sekretsiya jarayoninini ta’minlaydi. Bezli epiteliy tashqariga (ekzotrin bezlar) yoki qonga (endokrin yoki ichki sekretsiya bezlari) turli suyuqliklar (so‘lak, ter, ferment, gormon) ajratiladi. Sensor epiteliy o‘z navbatida sezuv organlarida uchrab tashqi ta’sirotni qabul qilib uzatadi (masalan, ko‘zning to‘r pardasi). Qoplovchi epiteliy joylashgan organ yuzasiga bogliq holda yassi, kubsimon, silindirsimon, qoplamasiga qarab oddiy, bir qavatli (bir qavatdan ko‘proq) va ko‘p qavatli epiteliyga bo‘linadi. Stratsfikatlangan epiteliy nomlanishi uning hujayra yuzasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Masalan ko‘p qavatli yassi epiteliy — teri mexanik ta’sirotlarga berilmasligini ta’minlaydi1. 1 Adolf Faller. «Michael Schuenke — The Human Body». An Introduction to Structure and Function «Thieme Stuttgard». — New York http: www. bestmedbook.com 2004. — 68-bet. 11 Biriktiruvchi to'qima. Bu to'qimalar, asosan, organizmning ichki qismini tashkil etib, mezenxima kurtagidan hosil boiadi. Biriktiruvchi to‘qima bir necha guruhga bo'linadi: bularga qon va limfa to‘qimasi, tog‘ay va suyak to‘qimasi, yog‘ to'qimasi, retikulyar to‘qima, pigmentli to'qima, zichlashmagan biriktiruvchi to'qimalar kiradi. Bu to'qimaning hujayralararo moddasi kollagen elastik tolalardan va shu tolalarni qamrab oluvchi amorf moddadan iborat. Zichlashmagan biriktiruvchi to'qima organ to'qimalari bilan qon o‘rtasidagi bo‘g‘in bo‘lib, organlarning oziqlanishiga ta’sir etadi. Bu to'qimada kollagen elastik tolalar bo'lganligi uchun ular tayanch funksiyasini o'taydi. Retikulyar to'qima taloq, limfa tugunlari ko‘mikning asosini tashkil etadi. Yog' to'qimasi hujayralari yumaloq shaklda, ichida yog' tomchisi bor. Yog' to'qimasi organlar orasidagi bo'shliqlarni to'ldirib, ularni silkinishdan saqlaydi. Bu to'qima elastik bo'lib, issiqlikni yomon o'tkazadi. Yog' to'qimasi organizm uchun zaxira oziq hisoblanadi. 1-rasm. Epiteliy to'qimasi (har xil kattalashtirib ko'rsatilgan): 1 — terining ko'p qavatli epiteliysi; 2 — nafas olish organlari bo‘shlig‘ini qoplab turadigan kiprikli epiteliy; 3 — epiteliydan iborat bezning naychasi orqali kesilgan holda ko'rinishi: markazda joylashgan kanal atrofida sekret donachalari ko'rinib turibdi, ularni hujayralar ishlab beradi; 4 — epiteliy kiprikchalarining harakatlanish sxemalari. 12 Pigmentli to‘qima protoplazmasida pigment donachalari bo‘ladi. Bu to‘qima yorg‘oq terisida, sut bezi so‘rg‘ichida, ko‘zning rangdor va tomirli pardalarida uchraydi. Zich biriktiruvchi to‘qima hujayra elementlariga qaraganda ko‘proq tolali tuzilganligi va zich taqalib joylashishi bilan boshqa to‘qimalardan farq qiladi. Tog‘ay to'qimasida gialin tog‘ay va elastik tog‘aylar farqlanadi. Suyak to‘qimasining asosiy moddasida ohak tuzlari shimilganligi va to‘qimada organik moddalar ko‘pligi uchun juda qattiq bo‘ladi. Suyak to‘qimasi plastinkalardan va ingichka kollagen tolachalardan tuzilgan. Suyak hujayralari osteotsitlar deb nomlanib, ularning yulduzsimon shakldagi juda ko‘p o‘siqlari bo‘ladi. Suyakdagi osteon kanallardan qon tomirlari va nervlar o‘tadi. 2-rasm. Elastik tog‘ay to‘qimasi va suyak to'qimasi: 1 — suyak hujayralari; 2 — oraliq moddalar. Muskul to‘qimasi. Bu to‘qima hujayralari sarkoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega, maxsus ingichka tolalar (miofibrillar) bo‘lishi bilan boshqa to'qimalardan farq qiladi. Organizmda ikki xil: silliq va ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qimalari bo‘lib, silliq muskul to‘qimasi ichki organlar, tomirlar sistemasida bo‘ladi, ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qimasi suyaklarni qoplab turadi. Muskul to‘qimasi mezenximadan rivojlanadi. Silliq muskul to‘qimasi hujayralari uzunasiga cho'zilgan duk shaklida bo‘lib, sitoplazmasida oval shakldagi yadro bor. Miofibril tolalari birbiriga parallel joylashgan bo‘lib, qisqarish xususiyatiga ega. 13 Ko‘ndalang-targ‘il muskul to'qimasi ba’zi ichki organlar (halqum, til, hiqildoq muskullari) devorida ham uchraydi. Bu to’qimaning bo‘yi bir necha santimetrga yetadi. Yurak muskuli ko‘ndalang-targ'il muskul to^qimasiga o‘xshaydi. Nerv to‘qimasi. Nerv to‘qimasi tashqi muhit ta’sirida ichki organlarda sodir bo'ladigan ta’sirotlarni, ya’ni qo‘zg‘alish, turli sezgilarni, nerv impulslarini o‘tkazish vazifasini bajaradi. Nerv to'qimasi — neyron va yordamchi nerv to‘qimasi — neyrogliyadan tuzilgan. Neyrogliya ko‘p o‘siqli hujayralardan iborat. Neyrogliya hujayralari orasida nerv hujayralari joylashadi. Neyrogliya hujayralari neyronlarga nisbatan tayanch-trofik funksiyani bajaradi. Neyron, ya’ni nerv hujayrasi bir necha xil o‘simtalardan 14 iborat. Uzun o‘simtalari — neyritlar, kalta o‘simtalari — dendritlar deb ataladi. Nerv hujayralari turli-tuman shaklda: yulduzsimon, yumaloq, oval va noksimon bo’ladi. Ular nerv sistemasining turli qismida joylashgan. Nerv hujayrasidan chiqqan neyritning uzunligi bir metr va undan ham uzun bo'lishi mumkin. Kalta tolalari ko'p tarmoqli bo’lib, bir nechta bo’ladi. Nerv tolasini miyelin parda, uning ustini esa shvann pardasi — nevrilemma o‘rab turadi. Miyelin parda nerv tolasining ba’zi qismlarida biroz torayib Ranve bog’lamlarini hosil qiladi. Bu pardalar nerv tolalarini birbiridan ajratadi va himoya vazifasini bajaradi. Organ va organlar sistemasi haqida tushuncha Biror shaklga ega bo’lgan va bir qancha to'qimalar yig‘indisidan iborat morfologik birlik organ deb ataladi. Organda birorta to’qima ko‘proq qismni tashkil etadi. Masalan, skelet muskullarning tarkibida, asosan, ko‘ndalang-targ‘il muskullar bor. Shuningdek, zichlashgan biriktiruvchi to'qima, tomirlar va nervlar bo‘ladi. Organlar organizmda nia’lum funksiyalarni bajaradi va organizmni tashqi muhitga moslashtiradi. Organizmdagi organlar bir-biriga bog'liq bo‘lib, bir butun organlar sistemasini hosil qiladi. Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi organlar birlashib, organlar sistemasini yuzaga keltiradi. Organlar sistemasi tayanch va harakat, hazm, nafas, siydik-tanosil, yurak-qon tomirlari sistemasi, endokrin organlari sistemasi, nerv sistemasidan iborat. Odam embrionining rivojlanishi Odam embrionining rivojlanishini embriologiya fani o'rganadi. Embrión rivojlanishining ba’zi davrlarini qisqacha ko‘rib 0‘tamiz. Erkak organizmidagi jinsiy bezlarda urug‘ hujayralar — spermatozoidlar, ayol jinsiy bezlarida esa tuxum hujayralar yetiladi. Urug‘ hujayra bilan tuxum hujayra ham boshqa hujayralarga o‘xshash protoplazma va yadrodan tuzilgan. Jinsiy hujayralarda 23 ta xromosoma mavjud. Tuxum hujayra rivojlanish davrida murakkab o’zgarishlarga uchraydi. Tuxum hujayra urug' hujayraga nisbatan kattaroq bo'ladi. Urug‘ hujayra — sper15 matozoid mayda va harakatchan bo‘lib, uning boshi, bo‘yni va dumi bor. U bachadon nayidagi tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Natijada, ikkita hujayraning qo'shilishidan 46 xromosomali yagona hujayra hosil bo‘ladi. Bu yangi hujayrada ota-onadagi barcha irsiy omillar saqlanadi. Urug‘langan tuxum hujayra zigota deyiladi. Uning dastlab 2 ga, 4, 8, 16, 32 va undan ziyod geometrik bo‘linishidan ko‘p hujayrali shar — blastomer hosil bo‘ladi. Tuxum hujayra teng bo‘linmaydi. Shuning uchun blastomerning bir pallasida tuxum sarig‘i ko‘proq tushgan yirik hujayralar, ikkinchi pallasida esa maydaroq hujayralar yig‘iladi. Embrión rivojlanishining ikkinchi — blástula davrida embrión devorini hosil qilib turgan ba’zi hujayralar juda tez ko‘payib, tuguncha shaklida to‘planadi va asta-sekin blástula bo‘shlig‘iga cho‘kadi. Natijada embrioblast, ya’ni qo‘sh qavatli tovoqsimon davr boshlanadi. Embrioblastdan gastrula yuzaga keladi. Bu davrda embriondan birlamchi ichak bo‘shlig‘i va uning oíd tomonida tashqariga ochilgan og‘iz paydo bo'ladi. Embrioblastlarning ikkinchi qismi ajralib, blastotselga tushib ko‘payadi va mezoderma hosil qiladi, ya’ni mezoderma ektodermadan hosil bo‘lgan birlamchi ichak hisobiga yuzaga keladi. Bu davrda tashqi — ektoderma, ichki — endoderma, o‘rta — mezoderma embrión qavatlari paydo bo‘ladi. Organizmdagi barcha organlar ana shu ektoderma (nervlar, teri), mezoderma (suyaklar, muskullar, tomirlar va boshqalar) va endoderma (ichki organlarjda rivojlanadi. Nazorat savollari: 1. Anatomiya fanining rivojlanish tarixi haqida gapirib bering. 2. Anatomiya fanini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi? 3. Odam bilan umurtqali hayvonlar tuzilishida qanday umumiy belgilar bor? 5. Anatomiya term inlarini sanab bering. 6. To‘qima va ularning xillarini ayting. 16 0 ‘sish va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari 0 ‘sib kelayotgan organizmni to‘g‘ri tarbiyalash uchun bola organizmining o‘sish va rivojlanish kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. 0 ‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o‘sish va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog‘langandir. 0 ‘sish — o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko‘payishdir. Unda tana vazni, undagi hujayra va to‘qimalarning ko‘payishi hisobiga o‘lchamining kattalashuvi tushiniladi. Hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm o‘lchamlarining ortishi, ya’ni bo‘yning cho‘zilishi, og‘irlikning ortishi yuz beradi. Bola ma’lum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlari nomunosib (bosh, oyoq, va qo‘l suyaklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i, ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo‘rib bunda o‘sish protsessi barcha organizmlarda bir xil kechmaydi, uning yoshga oid chegaralari mavjud bo‘lib, qizlar 18 yoshda o‘g‘il bolalar esa 20 yoshga kelib o‘sishdan to‘xtaydi. Ba’zi hollarda xotin-qizlar 21—22 yoshgacha, erkaklar esa 24—25 yoshgacha o‘sishi mumkin. 0 ‘sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda esa sifat jihatdan yangilanish, ya’ni organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to‘qima va organlarning morfologik takomillashuvi tushiniladi. Rivojlangish tufayli butun bir organizmlarning funksiyalari va xulq-atvori mukammallashadi. Masalan: jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga bo‘yning o‘sishi, vazn, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi kabilar kiradi. Bu ikki jarayon notekislik, uzluksizlik, geteroxronik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi muayyan qonuniyatlar asosida boradi, bularga geteroxroniya va akseleratsiya kiradi. Organizmning normal holatda o‘sish va rivojlanishi juda uz- \ viy b p g 3 ^ S № ^ 4 5 tz a td bir-biriga ta’sir qilsa-da, biroq ular bir i 2.*VUT . . . • • 17 1 • .Y M 2 .S 3 vaqtda sodir bo‘lmaydi. Ular turli tezlikda boradi, chunki biror organ to‘qimasining massasi ortishi uning ayni vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Bu hodisa geteroxroniya, ya’ni rivojlanishning notekisligi nomini oigan. U chaqaloqning yashab ketishini ta’minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlarda tezroq rivojlanadi. Odam organizmi paydo bo‘lganidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan morfologik, biokimyoviy va fiziologik o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar o‘sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bogMangan. Biroq, bu irsiy faktorlarni yuzaga chiqishida, yosh xususiyatlarini shakllanishida ta’lim, tarbiya, bolaning ovqatlanishi, turm ushining gigiyenik sharoiti, uning kattalar bilan muloqoti, sport va mehnat faoliyati, umuman olganda insonning ijtimoiy hayoti katta ta’sir ko‘rsatadi. Inson hayoti — bu uzluksiz rivojlanish jarayonidir. Bular organizmda kechadigan, yuz beradigan uzluksiz o‘zgarishlarning bir bo‘lagidir. Bunday o'zgarishlarni bolaning gavda proporsiyasini o’zgarishida kuzatish ham mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloq katta odamdan oyoq-qo‘llarining kaltaligi, gavda va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Yangi tug‘ilgan bola boshining uzunligi tana umumiy uzunligining 1/4 qismini, 2 yoshda 1/5 qismini, 6 yoshda 1/6 qismini tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan bola qo‘llarining uzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo'ladi. Boshqa organlarga qaraganda bosh miya tezroq o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolada katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni — 25%, 6 oyligida — 50%, 2,5 yoshida — 75%, 5 yoshda — 90%, 10 yoshda — 95% ni tashkil etadi. Odam yoshi bilan birga boshning o‘sishi sekinlashadi, oyoqqollarning o‘sishi tezlashadi. Jinsiy balog‘atga yetguncha qiz va o‘g‘il bolalar gavda proporsiyasida jinsiy tafovut sezilmaydi, biroq balog‘at yosh davri kelishi bilan jinsiy farq yuzaga chiqadi, ya’ni o'g'il bolalarda oyoq-qo‘llari uzunlashadi, gavda kaltalashadi, tosi tor bo‘la boshlaydi. Bola bo‘yining uzunligi va massasining notekis o'sishi va rivojlanishini quyidagi misollarda ko‘rish mumkin. 18 Bolalarda yoshga qarab bo‘yining o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yi 48—50 sm bo‘ladi. Bolaning bir yoshigacha bo‘yining uzunligi har oyda ikki sm dan o‘sib bir yosh oxirida 75 sm ga yetadi. Hayotining ikkinchi yilida atigi 10 sm ga o‘sadi. 6—7 yoshgacha bo‘yning o‘sishi yanada sekinlashadi. Boshlang‘ich maktab yoshida bola bo‘yi uzunligi 7—10 sm ga o‘sadi. Jinsiy yetilishi munosabati bilan qizlarda 12 yoshdan, o‘g‘il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo‘yiga o‘sish tezlashadi. Bo‘yiga o‘sish qizlarda asosan 18—19, yigitlarda 20 yoshda to'xtaydi. Butun o‘sish davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo‘l uzunligi 4 barobar, gavda uzunligi 3 barobar, bosh balandligi 2 barobar ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida o‘smir bolaning bo‘yi 6—8 sm dan o‘sadi. Tana vaznining yoshga qarab o‘zgarishi. Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o‘zgaradi. Yangi tug‘ilgan qiz bolalarning o‘rtacha vazni 3 kg, o‘g‘il bolalarniki esa 3,4 kg, bo‘ladi. Bolaning vazni tug‘ilganidan keyingi birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr ortadi. Bir yashar bolaning vazni tug‘ilganidagi vaznidan uch marta ortib 9—10 kg ga yetadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5—3,5 kg qo‘shiladi. 4, 5, 6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5—2 kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar tana vazni bir xilda o‘zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4—5 kg dan 14—15 yoshda har yili 5—8 kg ga ortadi. 0 ‘g‘il bolalarda esa 13—14 yoshda vazni 7—8 kg ga ortadi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi. Bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan o‘sishi va rivojlanishida, yuqorida aytib o‘tilganidek, turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og‘rigani muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida tez o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullansa u sog‘-salomat o'sadi, uning organlari uygun rivojlanadi. Akseleratsiya. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘p mamlakatlarda bolalarda bo‘yiga o‘sishning tezlashganligi aniqlangan. 19 Bu haqdagi ma’lumotlar 1876-yilda matbuotda e’lon qilingan. 1935-yilga kelib nemis olimi R. Kox o‘sish va rivojlanishdagi sodir bo‘layotgan tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya — lotincha so‘z bo‘lib tezlashuv degan ma’noni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o‘sishidir. So‘nggi 100 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bo‘yi 5 -6 sm ga, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarning bo‘yi 10-15 sm ga, vazni esa 8—10 kg ga ortdi. Bundan tashqari akseleratsiya katta odamlar tana o‘lchamlarining ortishini, odam umrining uzayishini, hayz kechroq tugashini, ruhiy funksiyalar va odam rivojlanishidagi boshqa o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Akseleratsiya masalasi ko‘pgina dunyo olim larini qiziqtirib kelgan. Ular akseleratsiyaga olib keluvchi bir nechta omillarni ko‘rsatib beruvchi o‘z gipotezalarini yaratganlar. Jum ladan, ba’zi olim lar ultrabinafsha nurlarining kuchli ta’siri bolalarning tez o‘sishiga sabab bo‘lmoqda desalar, boshqalari esa magnit to‘lqinlarining ichki sekretsiya bezlariga ta’sirini aytadilar. Yana birlari buni kosmik nurlarga bog'laydilar. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlarga bo'lgan ehtiyojning ortishi, fan va texnikaning olg‘a siljishi, ta’lim-tarbiya jarayonida yangi shakl va usullarning paydo bo‘lishi, sport va jismoniy mehnat bilan shug'ullanish, genetik om illarni ham misol qilib keltiradilar. Bu omillarni biologik va ijtimoiy omillar deb atashimiz mumkin. Demak, o‘sish va rivojlanish murakkab protsess bo‘lib, undagi yashirin miqdor o‘zgarishlari ochiqdanochiq sifat o‘zgarishlari va ko‘rinishlariga olib keladi. Masalan bola balog‘atga yeta boshlashi bilan, atrof-muhitga, undagi o‘zgarishlarga qiziqish bilan e’tibor berishi, ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarda so‘z boyligining ortishini kuzatish m um ­ kin. Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, bolalarning individual o‘sish va rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda, chunki bolalar salomatligini saqlash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan birinchi darajali ishlardan hisoblanadi. Turli yosh davrlarining ta’rifi. Odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o‘z ichiga bir necha 20 yillarni qamrab oladi va har bir davrda o‘ziga xos jarayonlar sodir boTadi1. 1. Yangi tug‘ilgan bola 1-10 kun 2. Emizikli bola 10 kundan 1 yoshgacha 3. Erta bolalik 1—3 yosh 4. Bolalikning I davri 4—7 yosh 5. Bolalikning II davri 8—12 yosh (o‘g‘il bolalar) 8-11 yosh (qizlar) 6. Balog‘at davri 13—16 yosh (o‘g‘il bolalar) 12-15 yosh (qizlar) 7. 0 ‘smirlik davri 17—21 yosh (yigitlar) 16—20 yosh (qizlar) Nazorat savollari: 1. Yoshlik davrlari deb nimaga aytiladi? 2. Turli yoshdagi bolalarning bo‘yining o‘sishi normada qanday bo‘ladi? 3. Akseleratsiya nima? 4. 14—15 yoshli bolalarda tana vazni har yili necha marotaba ortadi? 5. Turli yosh davrlariga ta’rif bering. 1 Axmedov A.G‘. Odam anatomiyasi. (Pediatriya fakulteti talabalari uchun darslik) — 10-bet. 21 II bob. TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI SISTEMASI Tayanch harakat a’zolari organizmning faol harakat qismi bo‘lib muskullar, suyaklar va ularni biriktirib turuvchi boylamlardan tashkil topgan. Harakat qismi gavdaning asosiy qismini tashkil qiladi yoki gavdaning umumiy og‘irligiga nisbatan 72,45% ni tashkil etadi. Muskullar gavdaning 2/5, suyaklar 1/5—1/7 qismini tashkil etadi. Suyaklarning tuzilishi va xossalari Skelet va uning ahamiyati. Skelet (ckeletos — quritilgan) organizmda tayanch ahamiyatiga ega bo‘lgan zich to‘qimalardan iborat. Odam gavdasida 200 dan ortiq suyaklar bo‘lib, bu suyaklar tana, qo‘l va oyoqlar, bosh (kalla) skeletini hosil qiladi. Suyak plastinkalari odam tana suyaklarining ilk rivojlanish bosqichida hosil bo‘lmaydi. To'qimalararo plastinka homila rivojlanishida retikulyar suyak (suyak hosil qiluvchi) bo‘lib, agarda suyak sinsa, ana shu retikulyar suyak elementlari hisobiga jarohat tuzalib boraveradi. Retikulyar suyak to‘qimasida qon tomirlar va kollagen tolalar tartibsiz joylashgan bo‘ladi. Retikulyar suyak boylamlardan iboratdir. Suyaklanish ana shu boylamlar orqali sodir bo‘ladi. Suyaklanish 2 xil yo‘l bilan boradi: 1. Suyak usti pardasi deb nomlanuvchi qavat mezenximada rivojlanadi. Bu suyaklanish turi «membrana»li yohud «endesmal» (endo — ichki, desmal — boylam) suyaklanish deyiladi. Suyak usti parda hisobida suyak qalinlashib boraveradi. 2. «Endoxondral» suyaklanish (endo — ichki; xondra — tog‘ay) bunda dastlab tog‘ay mezenximadan hosil bo‘ladi, keyinchalik suyak nuqtasi rivojlanadi. Suyak nuqtasi tashqariga qarab o‘sib, suyakning g‘ovaklik qismini hosil qilib boraveradi1. Skelet tarkibiga suyaklardan tashqari tog‘aylar ham kiradi. Tog‘aylar embrión skeletining juda ko‘p qismini tashkil etadi va bolalar skeletida ham saqlanib qoladi. Yosh kattalashib borgan 1 Adolf Faller. «Michael Schuenke - The Human Body». An Introduction to Structure and Function. «Thieme Stuttgard». - New York http: www. bestmedbook.com 2004. - 85-bet. 22 sari tog'aylarning tobora ko‘p miqdori suyakka aylanadi. Katta odamda tog‘ay qovurg‘alarning oldingi uchida, umurtqalar orasida saqlanib qoladi, uzun suyaklarning uchini qoplab turadi. Skelet organizmda bir necha vazifani bajaradi. Bular: tayanch, harakat, himoya, hosil qiluvchi va boshqalardir. 1. Tayanch vazifasi — yumshoq to‘qima va a’zolar skeletning ayrim qismiga birikib turishi natijasida vujudga keladi. Skelet gavda shaklini saqlab turadi va har qanday vaziyatda (turishda, o‘tirishda, yotishda) gavdaga tayanch bolib xizmat qiladi. 2. Harakat vazifasi — suyaklarning har xil tayanch hosil qilib, bo‘g lm orqali birlashishi va nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan yuzaga keladi. Nihoyat skelet o‘ziga birikkan muskullar bilan birga gavda harakatida ishtirok etadi. 3. Himoya vazifasi — skelet ichki organlar joylashgan bo'shliqni o'rab olish bilan himoya funksiyasini bajaradi. 4. Yaratuvchi vazifasi — qonning shaklli elementlari eritrotsit- '■ lar, leykotsitlar, trombotsitlar sintezlanadi. Suyaklar juda mustahkam bo‘lib: suyakning bir kvadrat millimetr yuzi 16 kg keladigan bosimga bardosh beradi. Erkak kishining tik o‘rnatilgan yelka suyagi 850 kg, xuddi shunday o‘rnatilgan 1 son suyagi 1300 kg yukni ko‘tarishi mumkin. Suyakni bunday mustahkamligi ularning tuzilishi xususiyatlariga va kimyoviy tarkibiga bogiiq. Suyaklarning tuzilishi. Suyaklarning tashqi yuzasi yupqa parda — periost bilan qoplangan. Periost pishiq tolasimon biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Periost tashqi fibroz va ichki qon tomirli qavatlardan tashkil topgan. Periostning mayda teshiklari orqali suyakka uni oziqlantiruvchi qon tomirlari kiradi. Periost ostida qattiq
Yüklə 34,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin