Yotoq yara — terining uzoq vaqt bosilib qolishi, mahalliy qon aylanishining buzilishi va yumshoq to‘qimalarning o‘lishidir.
Yotoq yaralarning paydo bo‘lishiga uch asosiy omil sabab bo‘ladi:
Bosim. Odam vaznining og‘irligidan to‘qima va suyaklarga bosim tushib, bu bosim tana a’zolarini siqib qo‘yadi, to‘qimalarning qon bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib keladi. Oddiy hollarda bu narsalar organizmga zarar yetkazmasada, ko‘p vaqt qimirlamay yotganda, tana sezgisi yo‘qolganda to‘qimalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, tana a’zolarining biror qismiga katta bosim ta’sir qilishi ishemiyaga (qonsizlikka) olib keladi. Aksincha, ko‘p vaqt ichida me’yoridan kam bosim bo‘lsa ham zararlidir. Arteriya kapillarlarida qon bosimi 30 mm simob ustunida bo‘ladi, vena kapillarlarida esa 10 mm simob ustunini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi kapillarlarga salbiy ta’sir qilib, shu kapillarlarga bog‘liq to‘qimalarning qon bilan ta’minlanmasligi natijasida halok bo‘ladi. Zararlangan joylarda doimiy bosim ta’siri natijasida 1—2 soatdan keyin o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Kesuvchi kuch. To‘qimalarning buzilishi, mexanik zarar ko‘rishi bilvosita bosim orqali ham sodir bo‘ladi. Bu hol to‘qimalarning sathiga nisbatan siljishi, yoki kesikligidir. Pastdagi to‘qimalarda mikrotsirkulatsiya buziladi va to‘qimalar kislorod yetishmasligidan halok bo‘ladi. To‘qimalarning siljishi odam to‘shakdan sirg‘alib tushganda, yoki bosh tomonga tortilishi tufayli yuzaga keladi. Bu esa bevosita bosim bilan to‘qimalarga katta zarar yetkazadi. Jiddiyroq hollarda limfatik tomirlar va muskul tolalari uzilib ketib, chuqur yotoq yaralar hosil bo‘lishi mumkin.
Chuqur shikastlanishlar ma’lum vaqtdan keyin yuzaga chiqadi. Chunki yuzadagi teri ikki hafta mobaynida uzilgan muskul ustida o‘z holatida turishi mumkin. To‘qimalarni tiklovchi, sog‘aytiruvchi ichki sharoitlarni yaxshilash:
ovqat yeyish va ichak faoliyatini yaxshilash;
kamqonlikning oldini olish va davolash;
tana harakati va sog‘ayish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi dorilarni qo‘llash va davolash yo‘nalishini tuzish.
To‘qimalar holatiga ta’sir etuvchi tashqi sharoitni muvofiqlashtirish:
teri butunligini saqlash va shikastlantirmaslik;
siydik va axlatni tuta olmaslikning oldini olish va davolash;
siydik va axlatni tuta olmaydigan kasallar parvarishini yaxshilash;
bemor va ularga qarovchilarga yotoq yaralar hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyni ertalab va kechqurun 10% li kamfora spirti yoki 0,5% li nashatir spirtiga ho‘llangan doka tamponi bilan artib turishni, bosimni bartaraf qiluvchi moslamalardan foydalanishni, o‘z-o‘ziga yordam berishni o‘rgatish;
yotoq yara paydo bo‘ladigan joyda teri qizarib qolgudek bo‘lsa, bir kecha-kunduz mobaynida 1—2 marotaba 5—10% li kaliy perman- ganat eritmasini surtib turish.
Yotoq yaralarni davolashning asosiy sharti bu shikastlangan sohadagi har qanday bosimni yo‘qotish, asosiy kasallikni davolash va bemorni parvarish qilishdir. Yuqoridagi shartlarni bemor mustaqil ravishda bartaraf qilishi uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
bemorga va parvarish qiluvchilarga yotoq yaralar xavfi va ular- ning oldini olish haqidagi axborotni yetkazish;
yordamchi vositalar orqali bemorning harakat qilish imkoniyat- larini oshirish;
bosim kuchini qaytaruvchi moslamalar berish;
bemor harakatini cheklovchi sabablarni davolash.
Yotoq yaralarni davolaganda yodning spirtdagi 5 yoki 10% li, kaliy permanganatning l% li yoki brilliant yashilining 1% li eritmalaridan foydalaniladi, so‘ng quruq aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Bemorning quvvatini oshirish maqsadida qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar, vitaminlar va davolash choralarining olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Yotoq yaralarining mahalliy davolanishi nekrozga uchragan to‘qi- malarni tezroq yo‘qotishga qaratiladi. Bunda proteolitik fermentlar, gipertonik eritma va qurituvchi bog‘lamlarni qo‘llash mumkin. Yiringli asoratlarda operativ choralar ko‘riladi.
Fizioterapevtik tadbirlar nekrozga uchragan to‘qimalarni tezroq yo‘qotishga yordam beradi. Jarohatlarning tuzalishini tezlashtirish maqsadida mahalliy biostimulatorlar bilan elektrofarez, ultrabinafsha nurlar, darsonval va fizioterapiyaning boshqa usullari qo‘llaniladi. Yotoq yaralarning barcha davrlarida antibiotiklar va sulfanilamid preparatlaridan foydalaniladi
Bemorning ozoda bo‘lishida hamshira yoki kichik hamshiraning o‘rni juda katta. Og‘ir yotgan bemorni yuvintirish va tanasining ayrim qismlarini tozalash uchun: 2 ta «qo‘lqopcha» (bittasi nam, ikkinchisi quruq) tayyorlab olinadi.