Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Mavzu; Bemorning shaxsiy gigiyenasi Yotoq yara paydo bo’lish sabablari va ularni oldini olish



Yüklə 283 Kb.
səhifə9/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Mavzu; Bemorning shaxsiy gigiyenasi Yotoq yara paydo bo’lish sabablari va ularni oldini olish.
REJA;
1Bemorning shaxsiy gigiyenasi
2 Yotoq yara paydo bo’lish sabablari
Qabulxona bo‘limining tibbiyot hamshirasi bemorni sanitariya tozalovidan o‘tkazishdan oldin uning badan terisini ko‘zdan kechiradi. «Pedikulyoz» (bitliqilik)ni aniqlaydi. Bitlar boshda, chov va kiyim choklarida uchrashi mumkin. Bitlar 1,5 mm.dan 4 mm gacha o‘lchovda bo‘ladi, tuxumlari esa 0,6—1 mm dan kam bo‘lmaydi, sirkalar uzunchoq shaklda bo‘lib, soch tanasining ildiz qismiga yopishqoq moddasi bilan yopishib oladi.
Bosh va kiyim bitlari og‘ir yuqumli kasalliklar — toshmali hamda qaytalama tifning tashuvchisi hisoblanadi. Shuning uchun tibbiyot hamshirasi bit yoki sirka aniqlanganda zudlik bilan dezinfeksiya o‘tkazishi zarur.
Pedikulyoz aniqlanganda tibbiyot hamshirasining harakat algoritmi:

  1. Hamshira ro‘mol, xalat, qo‘lqop kiyadi.

  2. Bemorni kleyonka solingan kushetkaga o‘tqazadi (agar uning ahvoli yengil bo‘lsa).

  3. Bemorga bajariladigan muolajaning zarurligini tushuntiradi.

  4. Bemor sochlariga pedikulyozga qarshi vosita bilan ishlov beradi.

  5. Bemor boshini 20 daqiqa ro‘mol bilan o‘rab qo‘yadi.

  6. Bemor sochi iliq suv bilan yuvilib, artiladi va 10—15 daqiqa davo- mida mayda tishli taroqda taraladi Kiyimlar zararsizlantirish uchun qopga joylanadi (tibbiyot hamshirasining xalati ham).

Qo‘lqoplar yechilib, qo‘llar yuviladi.
Gigiyenik vanna va dush qabul qilish.
Bemor ahvolidan kelib chiqqan holda sanitariya tozalovi to‘liq (vanna, dush) yoki qisman (artish, yuvintirish) bo‘lishi mumkin.
Muolaja algoritmi:

  1. Hamshira qo‘lqop kiyadi.

  2. Yuvinish xonasi tayyorlanadi (harorati 25—28 °C darajada).

  3. Vanna sathi mochalka yoki cho‘tka yordamida sovun bilan tozalanadi. So‘ng 0,5% li xlorli ohak, yoki 2% li xloramin (B) eritmasi yordamida zararsizlantirilib, keyin issiq suv bilan chayiladi.

  4. Vanna teshigi tiqin bilan berkitilib, suv bilan to‘ldiriladi (harorat 35—37°C bo‘lishi kerak).

Bemorga vannada qulay holatni egallashiga yordam beriladi, suv sathi to‘sh suyagigacha bo‘lib, sirpanib ketmaslik uchun oyoq tagiga moslama qo‘yiladi

  1. Qo‘lqoplar yangilanadi.

  2. Bemoming boshi yuviladi, tanasining ko‘p terlaydigan qismlari (qo‘ltiq osti, ko‘krak osti bezlari, chov sohasi)ni mochalka yordamida yuviladi.

  3. Vanna qabul qilish muddati 20—25 daqiqa.

  4. Bemorning vannadan chiqishiga yordam berib, badani yumshoq sochiq biian quritib artiladi va kiyintiriladi.

  5. Vanna ichidagi suv oqizib yuborilgach, zararsizlantiruvchi modda bilan chayib, issiq suv bilan yuviladi.

  6. Mochalkalar 30 daqiqacha 3% li xloramin eritmasiga solib qo‘yiladi, so‘ng chayib quruq holda yopiq idishda saqlanadi.

  7. Vannaxona tozalanadi, qo‘lqop yechiladi.

Bemorlarning oqliqlarini almashtirish
Bemor o‘rni yetarlicha qalinlikda bo‘lib, yuza qismi tarang hamda yig‘ilmagan, yostiqlar yumshoq, ko‘rpalar yil mavsumiga mos bo‘lishi lozim.
Bemorning ich kiyimi va oqliqlari haftada 1 marotaba, og‘ir yotgan bemorlarda esa ifloslanishiga qarab almashtiriladi. Ularning oqliq va yostiq jildlarida chok, burmalar bo‘lmasligi va ular har kuni ertalab va kechki uyqudan oldin qaytadan solinishi lozim (non ushoqlari qoqiladi, burmalar tekislanib, yostiq to‘g‘rilanadi).
Og‘ir yotgan bemorning ich kiyimi va oqliqlarini almashtirish quyidagicha amalga oshiriladi.
Bemorning ich kiyimini almashtirish algoritmi:

  1. Hamshira qo‘lini bemorning dumg‘azasi tagidan kiritib, ko‘ylagining etagidan tutishi va ehtiyotlik bilan uning boshi tomon yaqinlashtirishi lozim.

  2. Bemorning ikkala qo‘lini ko‘tarib, bo‘yni oldida qayirilgan ko‘ylagini uning boshidan so‘ngra qo‘lidan yechib olinadi.

  3. Bemorni kiyintirish uchun avval ko‘ylakning yenglari kiygiziladi, so‘ngra boshidan o‘tkazilib, nihoyat bemorning etagi tekislab qo‘yiladi.

Agar bemorning qo‘li shikastlangan bo‘lsa, ko‘ylakni avval kasal qo‘liga, so‘ngra sog‘lomiga kiydiriladi. Iflos ich kiyimlar kleyonka qoplarga solinadi va tezda bemor xonasidan olib chiqiladi. Kirxonaga yuborishga qadar ularni maxsus xonada baklarda yoki qutilarda saqlash lozim.
Bemorga yotoq tartibi buyurilib, harakat cheklanganda.

  1. Bemor o‘rinning chetiga suriladi.

  2. Kir choyshabni uzunasiga bint kabi o‘ralib, uning o‘rniga tozasi yoziladi.

  3. Bemorni toza choyshab ustiga yotqizib, boshqa tomondan kir choyshab tortib olinadi.

  1. usul. Bemorga qat’iy yotoq buyurilib, harakat cheklanganda.

  1. Kir choyshab bosh va oyoq tomondan qayirib yoki buklab chiqiladi.

  2. Bemorni asta ko‘tariladi.

  3. Choyshab ehtiyotlik bilan chiqariladi.

  4. Ikki tomondan bint kabi o‘ralgan toza choyshabni bemorning dumg‘azasi tagiga qo‘yiladi, so‘ngra boshi va oyoqlari tomon yoziladi (16- rasm).

O‘tkir va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilish
Qat’iy yotish tartibiga rioya qilishi kerak bo‘lgan bemorlarda ichi va siydik qopini bo‘shatishlari uchun tuvak va siydikdon qo‘llaniladi (ayollarda ko‘pincha siydik ajratishda ham tuvak tutiladi).
Tuvaklar rezina va emallangan metalldan bo‘lishi mumkin (17-rasm).
Bemor tagiga tuvak qo‘yish algoritmi:

  1. Hamshira. qo‘lqop kiyadi.

  2. Bemor ichi va siydik qopini bo‘shatmoqchi bo‘lsa, hamshira to‘siq yordamida bemorni berkitadi va tagiga kleyonka soladi.

  3. Tuvakni iliq suv bilan chayib, ichida ozgina suv bilan olib keladi.

  4. Bemorga yoni bilan yotishga yordam berib, tizzalari asta bukiladi.

  5. O‘ng qo‘l bilan tuvak qo‘yilib, bemor chalqancha yotqiziladi.

  6. Erkaklarga tuvak bilan birga siydikdon ham tutiladi.

  7. Qo‘lqoplar yechiladi.

  8. Yostiqlarni to‘g‘rilab bemorni yarim o‘tirgan holatga keltiriladi.

  9. Bemor bo‘shalib bo‘lgach, hamshira qo‘lqoplarni kiyib uni ohista yonboshiga buradi, o‘ng qo‘li bilan tuvakni ushlab bemor tagidan oladi. Orqa chiqaruv teshigi tozalanib, qo‘lqoplar almashtiriladi.

Terini parvarish qilish va yotoq yaralarning oldini olish
Teri o‘z vazifasini bajarishi uchun ozoda bo‘lishi kerak. Buning uchun har kuni ertalab va kechqurun yuvinib turish zarur. Teri himoya, sezgi, ter ajratish, issiqlikni idora qilish, nafas olish kabi besh vazifani bajaradi.
Teri insonlarni shikastlardan, ortiqcha quyosh nuridan, tashqi muhitning zararli moddalaridan hamda mikroorganizmlardan himoya qiladi. U orqali organizmdan oqsillar, tuzlar, mochevina, urat kislota, kreatin, uchuvchan kislotalar, xolesterin, vitaminlar va boshqalar ajralib chiqadi. organizmning issiqlik ta’siriga javob reaksiyasi (ter ajratish natijasida) tashqi muhit bilan organizm teriga ortiqcha talab qo‘yadi. Shunga ko‘ra bemorning ozodalikka rioya qilishi katta ahamiyat kasb etadi. Badandan ajralayotgan yog‘, ter mikrob va changlar bilan qo‘shilib terini ifloslantiradi. Og‘ir yotgan bemorlarda terining ifloslanishi uchun sharoit vujudga keladi. Kasalxonada yotgan bemorlar haftada bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qilishlari lozim. Og‘ir yotgan bemorlarning badan terisi har kuni bir necha marta nam sochiq bilan artiladi. Terini artish uchun zararsizlantiruvchi spirtli eritma, sirka kislotasining 0,1% li eritmasi yoki kamfora spirti va boshqalardan foydalaniladi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin