Oziq va taomlar xili: qora non (100—150 g). Go‘shtli, baliqli, sabzavotli sho‘rvalar (yarim kosa). Suli bo‘tqasi. O‘simlik moyi bilan barcha turdagi sabzavotlarni iste’mol qilish mumkin. Kartoshka kamroq beriladi.
Parhez N 9
Ko‘rsatma: qandli diabet.
Xususiyatlari: rafinadlangan uglevodlarni cheklash yoki umuman iste’moldan chiqarish, xolesterin tutuvchi ovqatni cheklash. Ratsion: bir kecha-kunduzlik energetik qiymatini individuallashtirish, barcha ovqatni qaynatib, dimlab pishirilgan holda berish, qovurilgan taomlar cheklanadi.
Oziq va taomlar xili: qora non, arpa, II—III nav bug‘doy unidan pishirilgan non (sutkasiga 300 g gacha). Sabzavot solib qaynatilgan sho‘rva. Yog‘siz go‘sht va baliq. Turli yormalardan tayyorlangan bo‘tqa. Mosh, no‘xat, loviya, jo‘xori. Kuniga 1-2 ta tuxum (sarig‘i cheklanadi). Sut mahsulotlari. Meva va sabzavotlar: sabzi, qizil lavlagi, yashil no‘xat, kartoshka, guruch cheklanadi.
Tuzlangan va marinadlangan taomlar, manniy yormasi va makaron mahsulotlari, anjir, banan, mayiz man etiladi.
Parhez N 10
Ko‘rsatma: yurak-qon tomir a’zolari kasalliklari (qon aylanishi yetishmovchiligisiz).
Xususiyatlari: hayvon yog‘i va xolesterin tutuvchi oziqlarni, osh tuzini (sutkasiga 5 g) cheklash. Kuniga 5-6 mahal qaynatilgan yoki dimlangan holdagi ovqatlarni iste’mol qilish mumkin.
Oziq va taomlar xili: II-III nav undan pishirilgan non, qotirilgan non. Yormali, sutli, meva va sabzavotli sho‘rva (yarim kosa), haftasiga
marta yog‘siz go‘shtli sho‘rva. Yog‘siz qaynatilgan va dimlangan, biroz qovurilgan mol va parranda go‘shti, yog‘siz baliq. Omlet. O‘simlik moyi qo‘shilgan sabzavotli vinegret va salat (shavel, qo‘ziqorin), o‘simlik moyini qo‘shib. Suli va tariq yormalaridan tayyorlangan bo‘tqa, puding. Sut, sut mahsulotlari, pishloq, mevalar, sharbatlar, ovqat tayyorlash uchun 50 g yog‘ ishlatiladi, yarmisi o‘simlik moyi ko‘rinishida olinadi. Achchiq bo‘lmagan choy va kofe, qand - sutkasiga 40 g gacha. Yog‘li go‘sht va baliqli ovqatlar, oshirma xamir, ikra, hayvon miyasi, jigar, buyrakdan tayyorlangan ovqatlar, hayvon yog‘i, muzqaymoq, tuzlangan taomlar, konservalar, alkogol, kakao, shokolad, mosh, no‘xat, loviya man etiladi.
Dostları ilə paylaş: |