Istimalayotgan bemorlarni parvarish qilish Isitmaning o’tishi uch davrga bo’linadi: haroratning ko’tarilishi, maksimal (yuqori) darajaga chiqishi va pasayishi. Hamshira bu davr xususiyatlarini yaxshi bilishi hamda bemorlarni parvarish qilishni ko’ngildagidek bajara olishi zarur.
Birinchi davr — haroratning ko 'tarilish davri bo’lib, bunda tananing issiqlik hosil qilishi issiqlik yo’qotishdan ustun bo’ladi. Bu davr bir necha soatdan bir necha kun va hatto haftagacha davom etishi mum-kin. Bemor haroratning tez ko’tarilishini ancha og’iro’tkazadi; qaltirab eti uvishadi, labi, oyoq va qo’llarining uchlari ko’karib, boshi og’riydi, umumiy ahvoli yomonlashganligidan shikoyat qiladi. Bunday hollarda hamshira bemorni zudlik bilan yotqizib oyoqlariga isitgich qo’yishi, issiq ichimliklar (issiq choy, qahva) ichirishi, yaxshilab o’rab qo’yishi va yolg’izlatib qo’ymasligi lozim.
Kasallikning ikkinchi davrida tanada issiqlik yo’qotish bilan issiqlik hosil qilish nisbatan muvozanatda bo’ladi. Bu davr bir necha soatdan bir necha haftagacha davom etadi.
Haroratning maksimal ko’tarilishiorganizmda zaharlanish holati-ning, bosh og’rig’ining kuchayishi, qizib ketish, og’izning qurib qolishi, holsizlanib, tananing qaqshab og’rishi bilan ifodalanadi. Ba'zan isitma cho’qqisida markaziy nerv tizimining qo’zg’alishi: alahlash, gallutsinatsiyalar kuzatilishi mumkin. Bu bosqichda bemorni yolg’iz qoldirish xavfli bo’lib, bunday hollarda tibbiy hamshira shaxsiy postini uyushtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bemorning ahvolidan tinmay xabar olib turiladi, agar ahvoli yomonlashib boradigan bo’lsa, shifokorni chaqirish zarur. Bu davrda bemorga suyuq yoki suyuqroq, yuqori kaloriyali va oson hazm bo’ladigan ovqatlar berish lozim. Bemorni oz-ozdan sutkasiga 5—6 marta ovqatlantirish, ko’p suyuqliklar berish maqsadga muvofiqdir. Bu davrda bemorlarning og’zi quriydi, lablari yoriladi, shuning uchun tibbiyot hamshirasi ularning og’iz bo’shlig’ini vaqti-vaqtida natriy gidrokarbonatning kuchsiz eritmasi bilan artadi va lablariga vazelin moyi yoki glitserin surtishi lozim. Boshi qattiq og’rib turgan bemoming peshonasiga muzli xaltacha qo’yilib, muz erigan sari uni yangilab turiladi.