Hamshira parvarishi natijasiga baho berish. Fiziologik yozilish ehtiyojini qondirishda maqsadga erishish uchun parvarish natijalariga har kuni muntazam ravishda baho berib boriladi. Buning uchun har kungi siydik miqdori, uning rangi, tiniqligi va bemor necha marta yozilganligi hisobga olinadi. Bundan tashqari, bemorning ichi kelishi tartibi ham kuzatiladi. Bemor o‘zining muammolarini ochiq-oydin aytganda, hamshiraning yordami samaraliroq bo‘ladi.
Bemorning harakatlanishga bo‘lgan ehtiyoji
Biror kasallik tufayli bemor harakati cheklanib qolganda, ko‘pgina muammolar kelib chiqadi.
Dastlabki baho berish. Harakat ehtiyojini qondirish darajasi bemor bilan birgalikda baholanar ekan, avvalo harakatning chegaralanishi odamning tobe bo‘lib qolishiga qanchalik ta’sir qilishi aniqlanadi. Bitta yoki bir nechta bo‘g‘im, gavdaning yarmi, ikkala qo‘l, bitta oyoq (yoki uning qismlari)da harakat chegaralanishi yoki butunlay qimirlata olmay qolishi mumkin. Ayni vaqtda qo‘l-oyoqning hammasi harakat qilmay qolishi mumkin.
Harakat buzilishi oqibatida kelib chiqqan tobelik holati tufayli bemor odamlarga bemalol aralasha olmaydi.
«Yog‘och oyoqli», «Qo‘ltiq tayoq», nogironlar aravachasi, oyoq yoki qo‘l protezlari borligi bemor harakatining chegaralanganini ko‘r- satadi.
Mavzu: Salomatlik darajasini baxolash
Reja:
1Tana haroratini o’lchash
2Pulsni o’lchash
3A B o’lchash
Tana haroratini o’lchash
Таърифи. Тана харароратини ўлчаш термометрия дейилади.
Қоидаси.
Ишнинг бажарилиши алгоритми.
1.
2.
Tana harorati haqida aniq va ishonchli ma'lumot olish uchun haroratni doimo bir joyda, bitta termometrdan foydalangan holda o’lchash lozim.
Tana haroratini o’lchashdan oldin bemorga qulay sharoit yaratiladi. Harorat og’izda ham o’lchanadi. Lekin bemor yosh bola, yoki aqli zaif, og’iz bo’shlig’ida og’riq va jarohatlar bo’lganda, shuningdek, talvasa tutganda bu muolajani qo’llash mumkin emas. Agar bemor sovuq yoki issiq ichimlik iste'mol qilgan bo’lsa, tana harorati 15 daqiqadan keyin o’lchanadi.
Muolaja, asosan, katta yoshdagi bemorlarda o’tkaziladi: termometr til hamda orqa til osti cho’ntagiga qo’yiladi va bemorga og’zini 2 daqiqa davomida yopib, tish bilan termometrga zarar yetkazmasdan ushlab turish tayinlanadi
Barcha turdagi simobli termometrlar (og’iz, rektal, past harorat uchun) ishla-tishdan oldin yuqoridan pastgaqarab silkitiladi. Termometr ko’rsatkichi aniqlanadi. Termometrdan qayta foydalanish uchun bclgilangan qoidaga asosan zararsizlantirib, toza holatda saqlash zarur.
Haroralni o’lchashdan oldin qo’ltiq osti sohasini sochiq yoki salfetka yordamida quritib artiladi va ko’zdan kechiriladi. Aks holda termometr ko’rsatkichi noto’g’ri bo’ladi. Qo’ltiq osti sohasi tana haroralini o’lchash uchun eng ishonarli va xavfsiz joy hisoblanadi. Haroratni o’lchashda bemor termometrni qo`ltig’i ostida 5 daqiqa ushlab turadi.
Muolaja quyidagicha bajariladi: termometr bemoming qo’ltig’i ostiga joylashtirilib, qo’llari bukilgan holda ko’kragiga qo’yiladi. Orqa chiqaruv teshigi shikastlanishlarida va yangi tug’ilgan chaqaloqlarda harorat to’g’ri ichak sohasida o’lchanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |