siydikning rangi xira, to‘q sariq va ba’zan hidi qo‘lansa bo‘lishi;
siydikda shilliq parchalari yoki qon bo‘lishi;
tana haroratining ko‘tarilishi.
Ba’zi hollarda fiziologik yozilish maxsus teshik — siydik chiqaruvchi sistostoma (qovuqdan teshik ochish), najasni chiqarish — kolostoma (to‘g‘ri ichakdan teshik ochish) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sistostomaga shifokor kateterni doimiy qilib kiritib qo‘yadi, shu kateter orqali siydik chiqadi, buni bemor o‘zi muntazam nazorat qilib boradi. Kolostomada esa nazorat qilib bo‘lmaydi, najas qabul qiluvchi maxsus idishga tushadi.
Kolostoma yoki sistostomasi bor ayrim bemorlar yozilishda narsalarni ishlatishda asablari buzilib, qiynaladi.
Bemorda paydo bo‘ladigan muammolar.Bemorni quyidagi muam- molar tashvishga soladi: