Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə26/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Hamshira parvarishi. Hamshira bemorning fiziologik yozilish
ehtiyojlarini qondirishga aralashar ekan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad- larini amalga oshirishga harakat qilishi kerak. Siydik ajratish yo‘lida infeksiya rivojlanishining oldini olish uchun:

  • oraliq sohasini o‘z vaqtida tozalash, ozoda tutish;

  • bemorga yoki unga qaraydigan oila a’zolariga tagni to‘g‘ri yu- vishni (oldindan orqaga) o‘rgatish;

  • hojatxona qog‘ozini ishlatadigan ayollarga ham qog‘oz bilan old tomondan orqa tomonga qarab artishni tayinlash;

  • bemorga suyuqlikni yetarli miqdorda ichishini eslatish;

  • muntazam ishlatiladigan siydik kateterini to‘g‘ri, ozoda tutish;

  • muntazam ishlatiladigan siydik kateteri bor bemor oraliq sohasini to‘g‘ri parvarish qilish;

  • xaltachani kateter bilan bog‘laydigan drenaj, xaltacha va nay- chaning to‘g‘ri joylashganini kuzatib turish;

  • drenaj xaltachani vaqtida bo‘shatish kerak.

Faqat umumiy ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinganda infeksiya rivojlanishining oldini olish mumkinligini yana bir brr eslatish zarur.
Bemor siydik tuta olmasa, siydik yig‘adigan idish, kateterdan foy­dalanish tavsiya etiladi; bemorga yoki uning oila a’zolariga kateterni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatish kerak.
Siydik tuta olmaslikdan azoblanayotgan ayollarga pampersdan foy- dalanish tavsiya etiladi. Ayollarga ham, erkaklarga ham qovuqni mashq qildirish dasturini tavsiya qilish mumkin. Buning uchun har 2 soatda muntaza. ravishda qovuq bo‘shatib turiladi.
Bemorda kolostoma mavjud bo‘lsa, ovqatlanish tartibi va tabiatiga to‘g‘ri rioya qilish kerak, shunda defekasiya tartibi buzilmaydi. O‘rinda yotib qolgan bemorlarga tuvak qo‘yish uchun ular gavdasini ko‘tarib, yuqori Fauler vaziyatiga keltiriladi. Agar bemorning ahvoli juda yomon bo‘lmasa, stulga qo‘yilgan tuvak ustiga o‘tqiziladi. Erkak bemorga siydikdon berilganda ham u yuqori Fauler vaziyatiga keltiriladi yoki krovatga oyoqlarini osiltirib o‘tqiziladi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin