Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə24/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

O‘tkir siydik tutilishi. Bunga operatsiya yoki tug‘ruqdan keyin yotgan holatda yozilishga o‘rganmaganlik, ba’zan begonalar oldida yozila olmaslik sabab bo‘ladi.
Har bir odamda ich kelishi tartibi o‘ziga xos bo‘ladi: ba’zi odamlar uchun najasning har kuni bir mahal kelishi normal hisoblanadi, boshqalarning esa 2—3 kunda bir marta ichi bo‘shaydi. Ich ketishi, qabziyat yoki siydik tuta olmaslik ichni bo‘shatish normal tartibining buzilishidir.
Ich ketishi ko‘pincha ichak, me’da, prostata bezi kasalliklarida uchraydigan alomat hisoblanadi. Enterit, enterokolit, shuningdek, me’da va me’da osti bezining sekret ajratish funksiyasi buzilganda ich ketadi. Bir qancha yuqumli kasalliklarda: dizenteriya, vabo, toksik infeksiyalar va hokazo xastaliklarda tashxis qo‘yishda ich ketish belgisining ahamiyati katta.
QABZIYAT Najasning ichakda 48 soatdan ko‘p vaqt turib qolishi qabziyat hisoblanadi. Qabziyatning kelib chiqishiga, ayniqsa, keksa bemorlarda, turli funksional omillar: ovqat uchun yengil hazm bo‘la- digan o‘simlik kletchatkasi kam mahsulotlar ishlatish, ichakning motor faoliyati susayishi (atonik qabziyat) yoki aksincha, yo‘g‘on ichakning spastik holati (spastik qabziyat) sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, najasning 3/4 qismi suv va 1/4 qismi qattiq chiqindilardan tashkil topadi, shuning uchun ham suyuqlikni kam iste’mol qiladigan odamda qabziyat paydo bo‘lishi mumkin.
Bemorning fiziologik yozilish tartibi qanday ekanini aniqlash uchun quyidagilarni bilish zarur:

  • qovuqni qanchalik tez bo‘shatadi;

  • yozilganda hamshira bilishi lozim bo‘lgan biror xususiyat bo‘ladimi?

  • ich kelishi istagi (defekatsiya) tez-tez paydo bo‘ladimi?

  • kunning qaysi vaqtida ich keladi?

  • ich kelishiga aloqador biror xossa bormi?

Masalan, bemor, odatda, har 2—3 soatda yozilar edi, u to‘satdan har 30 minutda yoziladigan bo‘ldi, bu haqda shifokorga aytish kerak. Tez-tez yozilishga borish siydik chiqaruv yo‘llari kasalligidan dalolat beradi. Suyukdikni kam ichish natijasida siydik miqdori kamayishi, uning rangi va hidining o‘zgarishi o‘z navbatida siydik chiqaruv yo‘l- larida infeksiya paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Odam doimo quruq narsa yeb yursa yoki ayollar jinsiy a’zolarini, oraliq va anusni toza tutish muolajalarini bilmasa ham, siydik ajratishda muammolar kelib chiqadi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin