Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Muolaja bajarish algoritmi



Yüklə 283 Kb.
səhifə28/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Muolaja bajarish algoritmi:

  1. qo’lqoplar kiyiladi.

  2. bemor oyoqlarini bukkan holda yonboshi bilan yotqiziladi.

  3. To’g’ri ichak termometrini yog’lab, orqa chiqaruv teshigiga 3—4 sm ga kirgiziladi va 2 daqiqadan so’ng termometr chiqariladi.

Agar termometrni kiritishda biror qarshilik sezilsa, muolaja zudlik bilan to’xtatiladi. Uni salfetka bilan artib, natija aniqlanadi. Orqa chiqaruv teshigini artib, bemorga qulay vaziyatni egallashga yordam beriladi. Termometr qabul qilingan gigiyenik qoidalar asosida tozalanadi.
Hozirgi vaqtda ayrim bemorlarda harorat quloq nog’ora pardasida ham aniqlanadi. Buning uchun yechiladigan uchlikni termometr voron-kasiga kiydiriladi va ehtiyotlik bilan quloq yo’liga kiritiladi. o’lchash natijasini 1—2 soniyadan so’ng o’qiladi (34-rasm, a, b, d, e,f).
Isitma - tana haroratining ko’tarilishi bo’lib, organizmning har xil patogen ta'sirlarga faol javob himoya moslashuvidir. Kasallik qo’zg’atuvchi omillar pirogen oqsil tabiatli bo’lib, ular mikroblar, ularning toksinlari, zardoblar, vaksinalar, jarohat natijasida o’z to’-qimalarining yemirilishi, ichki qon ketish, kuyish va hokazolardan iborat. Ular issiqlik idora etish markazining qo’zg’aluvchanligiga ta'sir etib, tanada issiqlik hosil bo’lishini kuchaytiradi va natijada, tanada issiqlik yig’ilib, harorat ko’tarilishiga olib keladi. Pirogenlar ta'sirida hosil bo’ladigan isitma jigarda moddalar almashinuvining tezlashuviga, retikuloendotileal tizimda, leykotsitlarda va organizmni infeksiyadan himoyalashda asosiy vazifani bajaradi.
Isitmaning ko’rinishlariga qarab: subfebril harorat (3S°C), febril - o’rtacha harorat (38-39°C), piretik - yuqori harorat (39-41 °C) va giperpiretik — o’ta yuqori harorat (41°C) farqlanadi.
Davomiyligi bo’yicha isitmalarninig quyidagi turlari mavjud: qisqa muddatli harorat - bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etadi, o’tkir harorat - 15 kungacha, o’rtacha o’tkir harorat — 45 kungacha, surunkali harorat — 45 kundan ortiq.
Harorat o’zgarishiga qarab isitmaning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Doimiy yuqori isitma — tana haroratining bir kecha-kunduz davomida 1°C ga o’zgarib turib 39°C gacha ko’tarilishi bilan xarakterlanadi.
2. Remittirlovchi (bo’shashtiradigan) isitma — tana harorati yuqori darajaga ko’tarilib me'yor darajasigacha pasaymay 1 — 1,5°C atrofida tebranadi.
3. Almashib turadigan isitma - yuqori haroratning me'yoriy darajagacha 1-2 kun mobaynida to’g’ri va turli-tuman o’zgarib turishidir.
To’lqinsimon isitma - doimiy ko’tarilish davrlari subfebrial yoki me'yoriy pasayish bilan almashinib turadi.
5. Tinkani quritadigan yoki gektik isitma - bir kecha-kunduz davomida 4-5°C ga o’zgarib turishi va haroratning me'yor yoki subme'yor (36°C dan past) raqam-larga tushib ketishi bilan ifodalanadi.
6. Noraso isitma - ertalabki harorat kechqurungisidan yuqori bo’ladi.
7. Qaytalama isitma - bir necha kun davom etadigan baland isitma davrlarining isitmasiz davrlari bilan qonuniy almashinib turishidir (35- rasm, a, b, d, e, f, g).

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin