Modda va energiya almashinuvining yosh xususiyatlari va fiziologiyasi.
Mavzu rejasi:
1. Organizmda moddalar almashinuvi.
2. Oziqlanish, moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari oziqlanish va moddalar almashinuvi.
3. Oqsillarning tabiati va ularning fiziologik ahamiyati.
4. Lipidlar, uglevodlar, ularning klassifikasiyasi va fiziologik roli.
5. Vitaminlar va ularning modda almashinuvidagi roli.
Oziqlanish - hayot davomida organizmning o`sish va rivojlanishi, parchalangan hujayralar va to‘qimalar o‘rniga yangilarining hosil bo‘lishi, fiziologik funksiyalarning bajarilishida sarflangan energiya o‘rnini to`ldirishi va moddalar zahirasini yaratish uchun zarur moddalaming tashqi muhitdan tushib turish jarayonidir. Organizmga tushayotgan moddalar parchalanishi natijasida o‘zlarida mavjud bo‘lgan potensial energiyani ajratadi va organizmni hayotiy funksiyalarini ta`min etuvchi boshqa turdagi energiyalarga aylantiradi. Assimlyasiya va dissimilyasiya jarayonlarida hosil bopluvchi zaharli moddalar organizmda zararsizlantiriladi va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari, undan ter, siydik va najas tarkibida chiqariladi.
Oqsillar barcha kimyoviy moddalar bilan xilma-xil birikmaiar hosil qiladi, bu esa ularni organizmda kechadigan va barcha hayotiy hodisalarni namoyon bo‘lishini ko‘rsatuvchi hamda uning zararli ta’sirlardan himoya qilishdagi kimyoviy reaksiyalarni amalga oshishida muhim ahamiyatni ta`min etadi. Oqsillar, fermentlar, antitanalar, gemoglobin, mioglobin, ko‘pgina garmonlarni tarkibiy qismini tashkil etadi va vitaminlar bilan murakkab komplekslar hosil qiladi.
Oqsillar barcha kimyoviy moddalar bilan xilma-xil birikmaiar hosil qiladi, bu esa ularni organizmda kechadigan va barcha hayotiy hodisalarni namoyon bo‘lishini ko‘rsatuvchi hamda uning zararli ta’sirlardan himoya qilishdagi kimyoviy reaksiyalarni amalga oshishida muhim ahamiyatni ta`min etadi. Oqsillar, fermentlar, antitanalar, gemoglobin, mioglobin, ko‘pgina garmonlarni tarkibiy qismini tashkil etadi va vitaminlar bilan murakkab komplekslar hosil qiladi.
Odatiy holatlarda voyaga yetgan odamlarning 1 kg tirik vazniga bir kecha-kunduzda o‘rtacha 1,5-2,0 g oqsil zarur, uzoq muddatli sovuq paytida 3,5-3,9 g, va juda og‘ir jismoniy ish bajarganida esa 3,0-3,5 g oqsil talab etiladi. 1 kg tirik vaznga zarur bo‘lgan oqsilning miqdori 3,0-3,5 g.dan oshib ketsa, asab, tizimi jigar va buyraklar faoliyati buziladi.
Yog`lar
Yog‘larning asosiy manbai bo‘lib ichaklardan so`riluvchi ozuqalar tarkibidagi yog‘lar hisoblanadi. Bundan tashqari, yog‘lar va lipidlar organizmga ko‘plab uglevodlar iste’mol qilinganida aynan uglevodlardan va kam miqdorda oqsillardan ham sintezlanadi. Organizmdagi yog‘larning umumiy miqdori tana og‘irligining 10-20 % ni semizlik paytida esa undan ham ko‘proq qismini tashkil etadi. Yog‘lar va lipoidlar so‘rilganidan keyin, barcha organlar va to‘qimalargacha olib boriladi.
O‘simlik va sigir moylari, baliq yog‘i organizm tomonidan 97-98%ga o‘zlashtiriladi, mol va qo‘y yog‘lari 90 % ga o‘zlashtiriladi. O‘simlik dunyosi yog‘larida topyinmagan yog‘ kislotalari saqlanganligi sababli, ulardan jigarda lipidlar hosil bo‘ladi.
Jismoniy ish bajarganda kunlik ratsion tarkibidagi yog‘lardan 70-75 % hayvonlar yog‘i va 25-30 % o‘simlik yog‘lari bo‘lishi zarur. Bir kecha-kunduzlik ratsion tarkibidagi yog‘lar umumiy ovqatning 17 % ni, energiya bo‘yicha 30 % ni tashkil qilishi kcrak, ya’ni voyaga yctgan odamlar uchun yog‘ o‘rtacha 100 g.ni jismoniy ish bajarganda esa 115-165 g.ni tashkil qilishi kerak. Me’yoridan ortiq yog‘ istepmol qilish ovqat hazmi jarayonlarini tormozlaydi hamda ish qobiliyatini 2-3 martagacha pasaytiradi.
Uglevodlar.Uglevodlaming klassifikasiyasi va energetik ahamiyati.