Harakat sohasini tekshirish. 1. Faol harakatlarni tekshirishda bemor shifokor buyrug‘ini bajarishi kerak, barcha bo‘gimlardagi harakatlar to‘liq ko‘riladi. Bemor yurganda harakatlari kuzatiladi. Qo‘l yoki oyoqlarning shifokor buyrug‘i asosida yuqoriga, pastga va yon tomonga harakatlari tekshirib ko‘riladi. Bunda bemorda parez yoki paralichlar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. 2. Sust harakatni tekshirishda shifokor bemorning o‘ng tomonida turib, uning boshini, qo‘l va oyoqlardagi bo‘gimlar harakatini kuzatadi. Bo‘gimlardagi harakat to‘liq chegaralangan yoki chegaralanmaganligi aniqlanadi. Shu bilan birga mushak tonusi ham bir vaqtning o‘zida tekshirib boriladi. Mushaklar tonusi ko‘rilayotgan vaqtda bemor mushaklarni bo‘sh qo‘yishi kerak. Mushaklar tonusi piramid yoki ekstrapiramid xilida ekanligi, qaysi qo‘l yoki oyoqlarda bo‘lsa, shu mushaklar tonusi aniqlanadi. Bundan tashqari, gipotrofiya yoki atrofiya borligini «sm» lenta yordamida o‘ng va chap tomon o‘lchanadi. o‘ng tomon chap tomonga nisbatan 1,0—1,5 sm farq qiladi. Son, boldir, yelka va bilakning o‘rta qismi o‘lchanadi. Mushaklar kuchi bukuvchi va yozuvchi mushaklarda aniqlanadi. Bu 5 balli tizim bilan aniqlanadi. 5 ball — bunda qo‘l-oyoqlarda faol harakatlar chegaralanmagan, mushaklar kuchi pasaymagan; 4 ball — faol harakat chegaralangan, qo‘l-oyoqlar Barre holatda bir necha daqiqa ushlab turiladi. Parez bo‘lgan qo‘l yoki oyoq sekin pastga tushib ketadi, bu yengil parez deyiladi; 3 ball — mushaklar kuchi pasaygan, Barre holatida qisqa vaqt tura oladi, bemor qo‘l yoki oyoqni biroz ko‘tarishi mumkin. Bu o‘rta og‘irlikdagiparez deyiladi; 2 ball — mushaklar kuchi birdan pasaygan, bemor qo‘l yoki oyoqlarini ko‘tara olmaydi. Bemor oyoqlarini tizza bo‘gimidan buka olmaydi — bu chuqur parez deyiladi; 1 ball — ayrim mushaklarda qisqarish yoki uchish bo‘ladi, harakat butunlay yo‘qolgan, bu plegiya deb ataladi.
Yashirin parezlarni aniqlashda Barre usulidan foydalaniladi. 1. Yuqo- ridagi usul, bunda qo‘llar oldinga uzatilgan holda ushlab turiladi va ko‘zlar yumiladi. Agar parez bo‘lsa 1—2 daqiqa ichida parez bo‘lgan qo‘l pastga tushib ketadi. 2. Pastki usul — bemor chalqancha yotgan holda oyoqlarini 45° bukkan holda ushlab turadi. Agar parez bo‘lsa, oyoq tushib ketadi.
Markaziy parezlarda tizza qopqog‘i va oyoq panjasi o‘ynab qoladi, bu klonus deb ataladi. Klonus mushaklarning bir maromda qisqarishi natijasida paydo bo‘ladi
Mavzu: Nafas olish tizimini baxolash. REJA;