Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Mavzu: Qon aylanish a’zolari tizimini baholash



Yüklə 283 Kb.
səhifə38/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Mavzu: Qon aylanish a’zolari tizimini baholash.
REJA ;
1 Qon aylanish tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlar
2 Qon aylanish tizimini tekshirish usullari.

Qon aylanish tizimi a’zolaridan biri bo‘lgan yurak qonni harakat- lantirib, uni inson a’zolari va to‘qimalariga yetkazib berib turadi. U oldingi ko‘ks oralig‘ida joylashgan bo‘lib, sog‘lom odam yuragining asosi chap tomonda II qovurg‘a damida tursa, uchi V qovurg‘a oralig‘ida turadi. Yurak xajmi 250—300 g ni tashkil etadi. Uzunasiga ketgan to‘siq bilan yurak chap va o‘ng nimtaga bo‘linadi. Har bir nimtasi yurak bo‘lmachasi bilan yurak qorinchasiga bo‘linadi.
Yurak uch qavatdan: ichki — endokard, o‘rta — miokard va tashqi — perikarddan tashkil topgan. Endokard yurak bo‘lmachalari bilan qorinchalari bo‘shliqlarining ichki yuzasini qoplab turadigan endotimal hujayralardan iborat. Yurakning bir bo‘shlig‘i ikkinchisiga aylanadigan joyda endokard qalin tortib, burmalar hosil qiladi, yurak klapanlari deb shularga aytiladi. Miokard — yurakning o‘rta qavatidir. O‘ng qorincha miokardi chapnikiga qaraganda sustroq rivojlangan. Qorin­chalari muskul qavati bo‘lmachalarinikiga qaraganda ancha qalinroq bo‘ladi. Miokard tolalari bir-biri bilan chalkashib ko‘zg‘alishi bilan qisqarishning butun yurakka bir lahza ichida tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Perikard — ichki va tashqi varaqlardan tashkil topgan. Bu varaqlar orasida bo‘shliq bor, shu bo‘shliqda doimo 20—30 ml seroz suyuqlik bo‘ladi. Tana pastki qismlarining venalaridan kelgan qon pastki kovak venaga, yuqori qismlardan kelgan qon esa yuqori kovak venaga quyiladi. Bu venalarning ikkalasi o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. So‘ngra venoz qon o‘ng qorinchaga o‘tadi, undan esa o‘pka arteriyasi orqali o‘pkaga o‘tadi.
O‘pka arteriyasi o‘pkada tobora mayda tomirlarga, pirovardida alveolalarni o‘rab turadigan kapillyarlarga bo‘linadi. Mana shu yerda venoz qon kislorod bilan to‘yinadi. So‘ngra kapillyarlar bir-biri bilan tutashib, o‘pka venalarini hosil qiladi. Bu venalardan arterial qon chap bo‘lmachaga, undan chap qorinchaga tushadi. Kislorod bilan to‘yingan qon chap qorinchadan aorta va arteriyalar tarmog‘i orqali butun organizmga tarqaladi. Arteriyalar kichikroq kalibrdagi tomirlarga bo‘linib borib, kapillyarlar bilan tugallanadi. Kapillyarlarning diametri 7—8 mkm ni tashkil etadi. Kapillyarlar yarim o‘tkazuvchi bir qavat hujayralardan tuzilgan. Kapillyarlardan oqib kelgan qon kislorod va oziq moddalarni hujayralarga beradi va ishlangan mahsulotlarni o‘ziga singdirib oladi. Kapillyarlarning arterial va venoz tirsagi bor. Kapillyarlarning ko‘pgina
qismi odatda puchaygan holatda bo‘lib, dam olib turadi. Puchayib turgan shu kapillyarlar jismoniy zo‘riqish paytida qon bilan to‘lishadi. Organizmdagi barcha a’zo va to‘qimalar kapillyarlaridan qon venalarga yig‘iladi va ular o‘ng bo‘lmachaga oqib keladi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin