O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
“Algoritmlash va matematik modellashtirish” kafedrasi
Algoritmlarni loyihalash fanidan
MUSTAQIL ISHI
026-18 SKIo’
Bajardi: Yunusov Fazliddin Faxriddin o’g’li
Tekshirdi: Begimov Oybek Mamarasulovich
Toshkent - 2021
Mavzu: 5 Tarmoqlanmagan dasturlar, bitlar hisobi, daraxt yechimlari.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Algoritm haqida tushuncha
2 . Tarmoqlanmagan dasturlar
3. Bitlar hisobi
4. daraxt yechimlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo'lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimiga asoslanib ma'lum bir tartibga keltiradi. Bunga hayotimizdan xilma-xil misollar keltirish mumkin.
1 misol
Ko‘chadan o'tish maqsad qilib qo‘yilgan bo'lsin. U holda ko‘chadan o'tayotgan kishi hammamizga odatiy hol bo‘lib qolgan quyidagi harakatlarni bajarishi lozim bo'ladi:
1) chap tarafga qaralsin, agar transport vositasi yo‘q bo‘lsa, 2- bandga o'tilsin, aks holda 1-bandga o'tilsin;
2) o‘ng tarafga qaralsin, agar transport vositasi yo‘q bo‘lsa, 3- bandga o'tilsin, aks holda 1-bandga o'tilsin; 3) ko'chadan o'tilsin.
2 misol
Eni 6 metr va bo‘yi 10 metr bo’lgan joyni to’dirish uchun sotib olinishi kerak bo’lgan 12x25 sm (eni 12 sm va bo‘yi 25 sm) g’ishtlar soni topilsin. Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan bilimiga asoslanib quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:
1) joyning yuzasi .Sjoy santimetr oMchov birligida topilsin;
2) bir dona g‘ishtning yuzasi Sg’isht santimetr o'lchov birligida topilsin;
3) g'ishtlar soni Sson joyning yuzasini g’ishtning yuzasiga nisbati deb olinsin. Bu amallar ketma-ketligini quyidagi matematik formula bilan ham ifodalash mumkin:
2 misol
Amal bajarisin: 19632107 + 19702202. Bu amalni qanday bajargan bo'lar edingiz? Ha, to‘gri, bu sonlarni ustun ko‘rinishida deyarli quyidagicha qo'shasiz:
1) sonlar xonalari to'g'ri keladigan tartibda birinchisining tagiga ikkinchisi yozib olinsin;
2) sonlarning birlik xonasidagi raqamlarini qo‘shib, natijani birlik xonasidagi raqami birliklar tagiga yozilib, o'nlik xonasi raqami dilda saqlansin;
3) sonlarning o‘nliklardagi va dildagi raqamlarni qo‘shib, natijani birlikdagi raqami o‘nliklar tagiga yozilib, o‘nlik raqami dilda saqlansin; va 3-banddagi qoida yuzliklar, mingliklar va hokazo uchun takrorlanadi. Bu amallar quyidagi korinishda bizga juda tanish:
19632107
+ 19702202
39334309
Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqacha aytganda, ko'rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko'zlangan maqsadga erishiladi. Bunday amallar ketma-ketligi yoki hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri Algoritm so‘zi bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |