Daraxt-bu chiziqsiz bog’langan ma’lumotlar tuzilmasidir.
Daraxt o’zining quyidagi belgilari bilan tasniflanadi:
Daraxtda shunday bitta element borki, unga boshqa elementlardan murojat yo’q. Mazkur elementga daraxt ildizi deyiladi;
Daraxtda ixtiyoriy elementga chekli sondagi ko’rsatgichlar yordamida murojaat qilish mumkin;
Daraxtning har bir elementi faqatgina o’zidan oldingi kelgan bitta element bilan bog’langan.
Daraxtning har bir tuguni orqaliq yoki terminal (barg) bo’lishi mumkin.
Daraxt bosqichlari soniga daraxt balandligi deyiladi.
Tugunlardan chiqayotgan shohlar soni tugundan chiqish darajasi deyiladi.
Daraxtlar klassifikatsiyasi Daraxt chiqish darajasi bo’yicha klassifikatsiya qilinadi.
1) Agar maksimal darajasi m bo’lsa, u holda bunday daraxt m-tartibli daraxt deyiladi;
2) Agar chiqish darajasi 0 yoki m bo’lsa, u holda to’liq m – tartibli daraxt deyiladi;
3) agar maksimal chiqish darajasi 2 bo’lsa, u holda bunday daraxt binary daraxt deyiladi;
4) agar chiqish darajasi 0 yoki 2 bo’lsa, u holda to’liq binary daraxt deyiladi.
Tugunlar orasidagi bog’liqlikni tavsiflash uchun yana quyidagicha atamadan foydaliniladi: Otao’g’il.
Daraxtlarni tavsiflash Mantiqiy tasvirlashda daraxtlar bog’langan ro’yhatlar ko’rinishda ifodalanadi. Bunda ro’yhat elementi tugun qiymati va chiqish darajasini o’z ichiga oluvchi information maydonga hamda chiqish darajasiga teng bo’lgan ko’rsatkichlar maydoniga ega bo’ladi.
Daraxt grafik va chiziqsiz ro’yhat shaklidagi tasvirlanishi.
Daraxtlar ustida bajariladigan amallar
1. Daraxt ko’ruvi (Obxod dereva).
2. Qism daraxtni o’chirish.
3. Qism daraxt qo’yish.
Daraxt ko’ruvini amalga oshirish uchun quyidagi uchta prosedurani bajarish lozim:
1. Ildizni qayta ishlash.
2. Chap tarmoq(shox)ni qayta ishlash.
3. O’ng tarmoq(shox)ni qayta ishlash.
Yuqoridagi prosedura qanday ketma-ketlikda amalga oshirilishiga qarab ko’ruvni uchta ko’rinishga ajratiladi.
1. Yuqoridan quyiga. Prosedur quyidagi ketma-ketlikda bajariladi
A-B-C.
2.Chapdan o’ng. Prosedur quyidagi ketma-ketlikda bajariladi
B-A-C.
3. Quyidan yuqoriga. Prosedur quyidagi ketma-ketlikda bajariladi
B-C-A.