Mehnat faoliyatiga qarab energetik qiymatning sarflanishi (70 kg ga kkal - 1 soat)
Ovqatlanishda ovqatlanish madaniyati, milliy an’analar va iqlim sharoitlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Afsuski bu narsaga ko‘pincha rioya qilmaymiz. Jazirama issiq paytlari ham umumovqat- lanish korxonalari, choyxona va oshxonalarda yog‘li hamda go‘shtli somsa, palov, sho‘rva, chuchvara, manti va lag‘monlar tayyorlashga ko‘proq e’tibor berilib, chalop, har xil ko‘katli taomlar va meva, sabzavotlarga kamroq ahamiyat beriladi. Vaholanki tashqi muhit harorati 40 °C va undan yuqori bo‘lganida organizmning yog‘ va oqsillarni hazm qilish jarayoni pasayib ketadi. Yog‘li va go‘shtli ovqatlar ishtahani bo‘g‘adi.
Ovqalanishda ob-havo, iqlim hisobga olinishi kerak. Shimolda yashovchi aholi bilan janubda yashovchilar hayot faoliyati va energiya sarfi bir-biridan farq qiladi, shunga ko‘ra ularning ovqatlanish xusu- siyatlarida ham tegishli farq bo‘lishi kerak.
To‘y-marakalarda ovqatlar ustma-ust tanavvul qilinadi. Bunda ovqatlanish tartibiga deyarli rioya qilinmaydi, juda to‘yib ovqatlanish natijasida me’da ovqatni hazm qilib ulgurmaydi va hazm jarayonlari izdan chiqadi, tarkibiy jihatdan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan ovqat- larni iste’mol qilish esa bir qator kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Organizmga eng zararli narsa me’dada ovqat yetilmasdan va hazm bo‘lmasdan turib, yana ovqat kiritishdir. Me’da buzilishidan, hususan yomon ovqatlardan ko‘ra zararliroq narsa yo‘q. Chunki bunda bo‘g‘im og‘rig‘i, buyrak og‘rig‘i, nafas siqishi, taloq va jigarning qattiqlashishi, balg‘am va safrodan kelib chiqadigan kasalliklar paydo boiadi.
Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish va gigiyena talablariga javob berish.
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlar sifatli va mazali bo‘lib, organizmga rohat bag‘ishlashi, tarkibida kasallik chaqiruvchi mikroblar bo‘lmasligi kerak.
Ko‘p ovqat yemaslik va uni turli-tuman bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Har xil ovqatlar ite’mol qilganda organizm uchun zarurini tanlab olish kerak.
Odam har kuni ma’lum bir vaqtda ovqatlanishi kerak.
To‘g‘ri ovqatlanganda organizmni kerakli moddalar bilan ta’minlash uchun yettita modda zarur bo‘ladi, ya’ni oqsil, yog‘, uglevod, vitamin, mineral tuzlar, selluloza va suv.
Oqsil organizm qurilishini ta’minlaydi va hujayralarni qayta tiklashda ishtirok etadi.
Yog‘ energiya manbai bo‘lib, uning ko‘payib ketishi organizmda ortiqcha yog‘ to‘qimalari hosil bo‘hshiga sabab boiadi. Organizm uchun to‘yinmagan yog‘ kislotalarini tutuvchi o‘simlik moylari zarur.
Uglevod ham asosiy energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi.
Vitaminlar, mineral tuzlar va sellyuloza organizm uchun zarur moddalar bo‘lib, vitaminlar inson hayoti faoliyatida asosiy vazifani bajaradi. Bunday vazifalar mineral tuzlar va sellyulozaga ham taal- luqlidir.
Dostları ilə paylaş: |