Mundarija I. Bob. Kirish



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə1/17
tarix21.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133564
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Ombor zararkunandalari, asosiy turlarining hayot kechirishi.

MUNDARIJA
I.BOB. KIRISH……………………………………......…………………..3
1.1 Mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti va metodi………………………………...…..………………………………5
II.BOB. ASOSIY QISM………………..……………………………......…7
2.1. Don zararkunandalari ….......…............................................................…7
2.2. Zararkunanda kemiruvchilar va qushlar..................................................24
2.3. Zararkunandalarga qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar ............26
Glossariy………………………………………………………..…..…...….31
Xulosa……………………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………….................................33

KIRISH
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining asosiy zararkunanda kasalliklarini prognoz qilish va boshoqli don ekinlarida zararkunandalar, kasaliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tabirlarini tizimli tashkil etish va bo‘yicha respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunga kelib Respublikamiz g‘allazorlarida 50 turdan ortiq zararkunanda hasharotlar g‘allaga zarar yetkazishi kuzatilgan. Katta maydonlarga eng ko‘p tarqalib, jiddiy zarar yetkazadigan asosiy zararkunandalardan zararli xasva, shira, trips, shilimshiq qurt, shved va gessen pashshalari, vizildoq qo‘ng‘iz, ola saraton(sikada), poya arrakashi va boshqalar xisoblanib, ayrim yillarda qulay sharoit paydo bo‘lganida ommaviy ko‘payib, keng maydonlarga tarqaladi hamda sezilarli darajada hosilga zarar yetkazadi. G‘alla zararkunandalar bilan sezilarli, ba’zan kuchli darajada zararlanadigan o‘simliklar qatoriga kiradi. Bug‘doy bu zararkunandalar bilan zararlanganda hosildorlik 30-50% kamayishi mumkin. Respublika sharoitida bu asosiy zararkunandalarga qarshi samarali kurashish uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati 8-10°S daraja bo‘lganda maysalarning tuplanish davridan boshlab har haftada zararkunandalarning tarqalishini nazorat qilib borish talab etiladi[1]. 2020 yil Respublika miqyosida 1077.6 ming gektar g‘alla maydonlaridan 877,7 ming gektar maydon zararli xasva va boshqa zararkunandalar g‘alla xosiliga ziyon keltirgan. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki eng ko‘p zarar Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri kelarkan. Nisbattan kam zararlanish esa Xorazm, Samarqand, Buxoro hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hisobiga to‘g‘ri keladi. Zararli xasva bug‘doyning tuplanish, nay tortish, boshoq tortish va pishish fazalarida poya va boshog‘ini zararlaydi. Zararkunanda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi mintaqalarida uchraydi. Zararli xasva voyaga yetgan holda o‘simlik qoldiqlari va barg xazonlari ostida qishlaydi. 2015-2016 yillarda Samarqand viloyatida olib borilgan kuzatuvlar natijasida, g‘alla ekiladigan tumanlarda zararli xasva mart-aprel oyining 1-o‘n kunligida qishlovdan chiqa boshlagani aniqlandi . Tuxum qo‘yish aprel oyining 2-o‘n kunligidan may oyining 2- o‘n kunligigacha davom etgan. Dastlabki lichinkalar aprel oyining 2-3-o‘n kunliklarida paydo bo‘lib, iyun oyining o‘rtalarigacha lichinkalar uchragan. Yangi avlodning dastlabki yetuk xasvalari iyun oyining 1 va 2-o‘n kunliklarida paydo bo‘lib, yetuk xasva iyun oyining 2-o‘n kunligidan boshlab qishlovga ko‘chishi kuzatilgan. Zararli xasva so‘ruvchi hasharot bo‘lib mart oyining uchinchi o‘n kunligi – aprel oyi davomida g‘allazorlar tomon uchib tarqala boshlaydi. Naychalash davrida zararlangan poya boshoq chiqarmaydi yoki butunlay oq boshoq (ya’ni puch) bo‘lib qoladi. Pishmagan boshoq zararlanishi natijasida don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori kamayib ketadi. Boshoqdagi 2% donlarning zararli xasva bilan zararlanishi bunday donning un ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Bug‘doy hosildorligini 60% gacha kamaytiradi. Zararli xasva zararlagan paykallardan olingan urug‘lik donning unib chiqishi 50% gacha kamayadi. Bitta urg‘ochi xasva o‘rtacha 100-180 hatto 300 tagacha tuxum quyadi va yiliga 1 marta avlod beradi (Xo‘jaev, 2015 y.)[2]. Zararli xasva iyul-avgust oylarining oxirida qishlovga ketish uchun tog‘ yon bag‘rilariga hamda adirliklarga uchib boradi (yetuk zoti) hamda shu yerda o‘simlik qoldiqlari ostida qishlovga ketadi. Ayrim yillarda zararli xasvaning 30-40 foizi g‘alla ekilgan maydonlarning haydalmaydigan uvatlarida qishlab qolishi o‘tkazilgan kuzatuvlarda aniqlandiG‘o‘za va g‘alla ekinlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish va sabzavot-poliz ekinlari kartoshka, bog‘lar va tokzorlar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish bo‘limalari mutaxasislari, ilmiy tadqiqot inistituti olimlari ishtirokida respublika seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda 2019 yil hosili uchun ekiladigan boshoqli don ekinlarida zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash hamda suspenziya sepish tadbirlari bo‘yicha tizim ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Zararli organizmlarga qarshi kurash ishlarini tashkil etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida, birinchi bosqichda qishloq xo‘jaligi ekinlarida zararli organizmlarning tarqalishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi bashorat (prognoz) ma’lumotlarining aniq va shaffofligini ta’minlash hamda tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llash asosiy yunalish qilib belgilandi. Ushbu tadbirni amalga oshirish jarayonlari ketma-ketlik asosida olib borilib, dastlabki bosqichda zararli organizmlarning tarqalishi bashorat qilingan maydonlar xaritaga konturlar kesimida alohida geometorik shakllar bilan belgilanadi va tarqalishi kutilayotgan zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning turlari bo‘yicha jadval to‘ldiriladi. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda to‘liq holatni o‘rganib, boshoqli don ekinlarida zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarni tarqalish bashoratlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushirilgan qishloq xo‘jaligi xaritasi shakllantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin