Mundarija I. Bob. Kirish


-rasm. Don to’plami (Hadena basilinea Schiff)



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə9/17
tarix21.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133564
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
11-rasm. Don to’plami (Hadena basilinea Schiff).
Qurtlari donni yig’ib olish paytida omborlarga ham tushib qoladi va donni ifloslantirib yuboradi. Qurtlari don massasi, tuproq va boshqa joylarda g’umbaklikka o’tadi.
Kanalar o’rgimchaksimonlar sinfiga mansub bo’lib, 6000 dan ortiq turi mavjud. Ularning ko’pchiligi o’simlik va hayvon organizmi parazitlari hisoblanadi.


12-rasm. Kanalar (Acarina).
1. Don mahsulotlari bilan bevosita oziqlanuvchi.
Kanalarni hayot tarzi va zarar keltirishiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin:
Bu guruh kanalarining yuqori jag’i yaxshi rivojlangan bo’lib, don bilan bemalol oziqlana oladi. Faqatgina suyuqlik bilan oziqlanuvchi, ularning og’iz bo’shlig’i sanchuvchi-so’ruvchi tipda bo’lib, o’simlik va hayvon organizmiga yopishib oladi va so’ra boshlaydi.
Saqlashda kanalar donga quyidagicha zarar yetkazishi mumkin:

  • don bilan oziqlanadi;

  • don, un va yormani o’zining hayot faoliyati chiqindilari bilan

(po’sti, eksprementlari, o’limtiklari) ifloslantiradi;

  • mahsulotda yoqimsiz hid hosil qiladi, rangi va ta’mi o’zgaradi;

  • don massasida qo’shimcha issiqlik va namlik hosil qiladi; – mikroorganizmlar rivojlanishiga qulay sharoit keltirib chiqaradi; – don murtagini zararlaydi va unishini pasaytiradi.

Kanalar o’simliklarni ekin maydonida ham kuchli zararlaydi. Quyida keng tarqalgan ba’zi turlari bilan tanishib chiqamiz.
Don massasi, don, un, yorma, saqlanadigan inshootlarda uning quyidagi turlari keng tarqalgan.

13-rasm. Ombor kanalari (Tyroglyphidae).
Un kanasi (Acarus siro yoki Tyroglyphusfarinae).
Birinchi marta unda topilgan. Undan tashqari ko’pgina donlarda (bug’doy javdar) yormada, quritilgan sabzavot va mevalarda, dorivor giyohlarda, terida, pishloqda, quritilgan go’sht va boshqa mahsulotlarda yaxshi rivojlanadi.
Tanasi oval shaklda, oqish, boshi va oyog’i pushti yoki qizg’ish, sochlari qisqa. Tanasining uzunligi 0,35–0,70 mm. Yaxshi sharoitda (yetarlicha namlik va 20–25C harorat) 14–16 kunda to’liq rivojlana oladi. Urg’ochisi 200 tagacha tuxum qo’yadi. Un kanasi donga nisbatan unda va yormada yaxshi rivojlanadi. Tabiatda keng tarqalgan bo’lib, don kanalari ichida eng ko’p uchraydi. Rodionov kanasi (Caloglyphus Rodionivi A. Zachv) kattaligi 0,6–1,2 mm, qizg’ish tusli 20% dan kam bo’lmagan namlikda ko’payadi. Issiqlikka talabchan. Issiqlik va namlikka bo’lgan yuqori talabi uning ko’payishini chegaralab turadi.
Kattaligi 0,5–0,7 mm oyoqlari yorqin rangda ajralib turadi. Qorin qismining oxirida 8 ta sochi bor. Issiqtalab, 350C haroratda ko’plab to’planishadi.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin