O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti kattaqo’RG’on filiali maktabgacha ta’lim yo’nalishi pedagogika va maktabgacha ta’lim kafedrasi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan



Yüklə 48,02 Kb.
səhifə1/8
tarix13.05.2023
ölçüsü48,02 Kb.
#112917
  1   2   3   4   5   6   7   8
G’iyosiddinova Feruzabonu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI KATTAQO’RG’ON
FILIALI


MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI


PEDAGOGIKA VA MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI


Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan


« jismoniy tarbiya mutaxasislari jihoz va inventarlardan oqilona foydalanish » mavzusidagi

KURS ISHI


Bajaruvchi: G’iyosiddinova Feruzabonu
Ilmiy rahbar: Abdullayev Navro’z

Pedagogika va maktabgacha ta’lim kafedrasida bajarildi.

Kafedra mudiri: dots.T.Eshquvvatov
Kurs ishi kafedraning 2023-yil ___ aprel majlisida himoya
qilindi va ______ foizga baholandi.

Komissiya raisi:
A’zolari:

SAMARQAND – 2023

MUNDARIJA

KIRISH 3
I-BOB. MASHG’ULOTLARIDA INVENTAR VA JIHOZLARDAN FOYDALANISH 6
1.1Jismoniy mashqlar uchun xona yetarli darajada jihozlash vaulardan foydalanish. 6
1.2Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida inventarlardan oqilona foydalanish 9
II-BOB. JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA INVENTAR VA JIHOZLARDAN FOYDALANISH 16
2.1 Sport zali uchun jihozlar va inventarlar 16
2.2. Guruh xonalari uchun sport va o’yin jihozlari 18
2.3 Ochiq havoda qo’llaniladigan jihoz va inventarlar 20
XULOSA 21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 22

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O’quv muassasalarida maktabgacha ta’lim muassasalari, umum o’rta ta’lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari shug’ullanuvchi o’quvchi-yoshlarning bolalarning jismoniy tarbiyasi O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asosiy bo’limi bo’lib hisoblanadi. Bu eng katta bo’lim bo’lib, bunda o’quvchi-yoshlar bolalar bilim tajriba va harakat maxoratini maktabgacha ta’lim muassasasida, umum o’rta ta’lim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarda davom ettirishlari ko’zda tutilgan, demak, mana shu yillar mobaynida jismoniy tarbiyaning muhim harakatlariga ega bo’ladilar.
Ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida kishilarning mehnat vazifalari o’zgarib turadi. Bunda jismoniy mehnat kamayib aqliy mehnat ko’payib boradi. Shu boisdan
jismoniy tayyorgarlikga bo’lgan talab oshib bormoqda. Hozirgi paytlarda gazeta sahifalarida tibbiyot hodimlari ,,gipodinamiya’’, ya’ni jismoniy mashqlar, jismoniy mehnat, faol harakat insoniyat faoliyatida kundan-kunga kamayib borganligi haqida
tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa o’z navbatida asr kasalligi yurak tomir kasalligining yildan-yilga ortishiga sababchi bo’lmoqda.
Shifokorlar fikricha, bu kasallikning oldini olishning zaruriy vositalaridan biri
ko’proq harakat qilish va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishdir hamda ,,tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari’’dan unumli foydalana olish katta ahamiyatga ega.
O’quv muassasalarida jismoniy tarbiyani takomillashtirish, o’quv tarbiya ishlarini yaxshilashning tarkibiy qismi hisoblanadi va ,,Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun 1992 yil 14 yanvar, ,,Sog’lom avlod uchun’’ istiqbol dasturi (1993 yil), ,,Ta’lim to’g’risida’’gi qonun hamda ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ 29 avgust 1997 yil, ,,Uzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish
to’g’risida’’gi farmoni 2002 yil 27 oktyabr talablarini amalga oshirish uchun o’z xissasini qo’shadi. So’nggi yillarda o’quv muassasalarida o’quvchi-yoshlar (bolalar)
jismoniy kamolotga yetishida jiddiy kamchiliklar borligi va o’quvchi-yoshlar bolalar) hayoti uchun zarur genetik qoidalarni mukammal bilmasliklari, hamda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish sohasida yetarli bilimga ega emasliklari ma’lum bo’lmoqda. O’quv muassasalarida jismoniy tarbiyaning xilma - xil shakllari mavjud. Afsuski, joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarida, umum o’rta ta’lim maktablarida boshlang’ich, o’rta sinflarda, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida faqat dars shaklini tashkil qilish va o’tkazish bilan cheklanib qolinmoqda. Bu yesa o’quvchi-yoshlarning bolalarning harakatga bo’lgan talablarini qoniqtirmaydi.Pedagogik kuzatishlarning ko’rsatishicha jismoniy tarbiya darslari jarayonida o’quvchi-yoshlar bolalar hayot uchun zarur bo’lgan harakat faolligini nixoyatda kam qismini oladilar.

Yüklə 48,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin