Логопедия фанининг мақсад ва вазифалари



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə1/2
tarix04.08.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#138656
  1   2
1 - amaliy mashg\'ulot


Logopediya fanining umumiy masalalari
REJA:
1. Logopediya fani xaqida tushuncha.
2. Logopediya fanining maqsad va vazifalari.
3. Logopediyaning ahamiyati.
4. Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.


Tayanch so`zlar: (neyropsixolingvistik, logopedik jarayon va ta`sir)
Logopediya bu nutq buzilishlari xaqidagi maxsus ta`lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o`rganish, tuzatish va oldini olish xaqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o`rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sarasiga qo`shadilar. Logopediya termini grekcha loges, peydeo so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, tarjimada to`g`ri nutqni tarbiyalash ma`nosini anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o`qitish va tarbiyalash jarayoni xisoblanadi. Logopediyani o`rganish obyekti nutq nuqsoniga ega bo`lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasi bilan bir oz bo`lsa ham chetga chiqish-bu nutq nuqsoni deb xisoblanadi.
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli maktab bolalar logopediyasi, o`smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo`linadi. Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni o`qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asosalangan sistemasini ishlab chiqish, shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlan I.P.Pavlov ta`limotiga muvofik nutq bosh miyaning murakkab psixo-fiziologik funksiyasini, uning ikkilamchi signal sistemasini o`zida namoyon etadi. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi bir-biri bilan uzviy bog`langandir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi sistema asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi signal sistemasining birinchi signal sistemasiga tartibga soluvchi ta`siri namoyon bo`ladi. So`z aloxida xususiyatning signali, umumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o`zaro murakkab aloqalarni xisobga olish nutq buzilishini tuzatish, bo`zilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o`rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imokniyat yaratadi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko`rsatish mumkin:



Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin