INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 297
www.birunijournal.uz
to‘la erk berish , “tarixchi olim ishi tugagan joyda yozuvchi ishi boshlanadi”, degan
qarash tarafdoriman” [1.57-58].
1
Shuhrat, X.Begmatov kabi ijodkorlarning asarlarida
bu so‘zlarning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini ko‘ramiz.
O‘tmish haqida yaratilgan asarlarda ko‘tarilgan ijtimoiy-siyosiy muammo,
voqea va asarda ishtirok etuvchi personajlarning tarix haqiqati bilan mutanosib tarzda
yoritilishi yetakchi masalalardandir. Lekin bunda tarixiy asarda faqat tarixiy faktlarga
suyanish kerak degan xató fikrga bormaslik kerak. Zero, tarixiy asarda ham yozuvchi
o‘sha davr muhiti, ijtimoiy-siyosiy muammolarini yoritishi mumkin.
Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romani shoh va shoir
Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlanadi. Asar Boburning taxtga
o‘tirishidan to hayotining so‘ngiga qadar bo’lgan davrni o‘z ichiga oladi. Adib asar
ustida qariyb 10 yil(1969-1978yillar) davomida ish olib boradi. Bu haqida
yozuvchining o‘zi asarninh kirish so‘zida shunday deydi: “Uni 1972-yilda ilk bor
yozib nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi.
Lekin mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar
davomida o‘sha zalvarli yukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim.
Qo‘lyozmani ko‘pgina mas’ul mutasaddilar, katta akademiklar o‘qib fikr aytishdi.
Chop etish masalasi Qizil imperiya markazining ruxsati bilangina hal etilishi
mumkin ekan. Qo‘lyozmaning satrma-satr tarjimasini Moskvada ham o‘qishib,
yozma taqrizlar berishdi. Xilma-xil fikr va mulohazalar changalzoridan tikanlarga
tirnalib o‘tdim, yo‘limdan adashib ketmaslik uchun doim tarix haqiqatiga, xususan —
“Boburnoma”day asl manbaalarga tayandim. Olti yil davomida romanga kiritgan
yangi tahrirlarim ko‘proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini
chuqurroq ochishga qaratildi”.
2
Asarda Bobur nafaqat shoh va shoir balki nazariyotchi adabiyotshunos,
tarixchi,san’atshunos sifatidagi qilgan ishlariga ham alohida e’tibor berib o’tiladi.
Roman ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Boburning taxtga o‘tirish voqealaridan
to taxt qo‘ldan ketib sargardonlik yillari boshlanguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Ikkinchi qismda esa uning Boburiylar sulolasiga asos solishidan vafotigacha
bo‘lgan davr yoritiladi.
MUHOKAMA Asarda Quva tasviri shunday so‘zlar bilan boshlanadi:
Quva. Qil ustida turgan taqdirlar.
1
Odil Yoqubov. So‘z. Birinchi kitob. – T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati.
2
Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” kirish so’zi 1999-yil