Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat

 
 
 
 
 
 
 
 


2.2. OQILA AYOL HIMMATI 
Ayol! Haq taolo tomonidan yaratilgan buyuk xilqat! Ayol nafosat va 
go'zallik dunyosining rahnamosi. Ayol bor ekanki, butun olam charog'on va 
munavvar. Ayol bir qo'lida beshikni tebratsa, bir qo'lida dunyoni tebratadi. 
Shuning uchun ham asrlar davomida ayol xilqatiga mansub nafosat egalari 
ardoqlanib kelingan. Temuriylar saltanati hukmdori Amir Temur ham pokiza qalb 
va yuksak intilishlar sohibasi bo'lgan pokziynat vujudlarga alohida e'tibor 
qaratgan.. "Temur tuzuklari"da keltirilishicha, "Mamlakatida birgina ayol qolganda 
ham hurmatini joyiga qo'ygan bo'lardim" (II, 38, 23). Shu birgina jumlada 
ayollarga bo'lgan hurmatini ilg'ab olsa bo'ladi. Ota-bobolari ishlarini davom 
ettirgan, temuriy hukmdor Mirzo Bobur ham bobosi Temur singari ayollik 
dunyosiga mansub bo'lgan har bir ma'suma qalblarni ulug'lagan. Ularga alohida 
hurmat-e'tibor ko'rsatgan. Qarindosh-urug'lar o'rtasidagi mehr rishtalarini 
mustahkamlagan. Mirzo Bobur o'zining umr kitobi – "Boburnoma"da ham bir 
necha ayollar timsollarini yaratgan. Ularning nomlarini bayon qilishda, ulardagi 
oliyjanoblik, yuksak tuyg'ular, go'zallik fazilatlari alohida tilga olinadi. Bobur 
asarda ayollarning insoniy qiyofasiga qarab baho beradi. Eng avvalo, ulardagi 
sadoqat tuyg'ularini hamma narsadan ustun qo'yadi.
Bobur "Boburnoma" sahifalarida opasi Xonzodabegimning sadoqati va 
jasoratini qaynoq qalbidan sizilib chiqayotgan his-tuyg'ular ila tilga oladi. Asarning 
1501-1502-yil voqealarida keltirilishicha, Bobur Samarqandni qo'ldan boy beradi. 
Natijada, Shayboniyxon sulh taklif qiladi. Chorasizlikdan bu sulhga rozi bo'lgan 
Bobur Samarqandni tark etadi. "Xonzodabegim ushbu chiqqonda Shayboqxonning 
ilgiga tushadi" (III, 48, 156). Boburning boshiga og‘ir kunlar tushganda, 
Shayboniyxon uni halok etadigan bo‘lganda — Samarqand qamali chog‘i opasi 
Xonzodabegim unga shunday yaxshilik qiladiki, o‘zini asoratga solib bo‘lsa-da, 
ukasini qutqaradi. Bu xalqimiz tarixidagi dilbar sahifalardan biridir. Ajdodlardan 
me'ros bo'lib qolgan kishilarimizning bir-biriga mehru oqibati, sadoqati, fidoyiligi 
shunda yaqqol ko‘rinadi. 


Xonzodabegim Shayboniyxon haramida o‘n yil arosatda yashaydi. 
Shayboniyxon o‘limidan keyin shoh Ismoil Boburning hurmati tufayli opasini inisi 
yoniga yubortiradi. Yaxshilik izsiz ketmaydi, deganlaridek, bu paytda Bobur 
Qunduz shahrida edi, u darhol chopar yuborib Marvdagi opasini Qunduzga olib 
keltiradi. Mirzo Bobur shaxsiyatiga xos ulug'vorlik mana shu yerda ko'rinadi. U 
opasini to umrining oxirlariga qadar hurmatini joyiga qo'yadi. Qo'yingki, nafaqat 
opasini balki, qavm-u qarindoshlarining barchasining hurmatini joyiga qo'yib, 
odamiylik rishtalarini yanada mustahkamlashga harakat qiladi. Gulbadanbegim 
o‘zining «Humoyunnoma» asarida Boburning qarindosh ayollarga bo‘lgan 
ehtiromi borasida quyidagilarni yozadi: «Podshoh hazratlari Agra shahrida to‘rt yil 
turdilar. Har juma kuni ammalarini ko‘rgani borar edilar. Bir kun havo nihoyatda 
issiq edi, onam hazratlari: «Bugun havo nihoyatda issiq, agar juma kuni ko‘rgani 
bormasangiz, nima bo‘ladi, begimlar bundan xafa bo‘lmasalar kerak», deb 
so‘radilar. Podshoh onamga mana bunday javob berdilar: «Mohim, Sizdan bu 
gapning chiqishi taajjubdir. Hazrat Abu Said mirzoning qizlari o‘z ota va 
birodarlaridan judo bo‘lib, bu yerga kelgan, agar men ularning ko‘nglini olmasam, 
unda nima bo‘ladi?» (III, 50, 44). Bundan ko'rinadiki, Mirzo Bobur haqiqiy mard, 
tanti, odamoxun. U har qanday vaziyatda yaxshilikka yaxshilik bilan, kerak bo'lsa 
yomonlikka ham yaxshilik bilan javob qaytaradigan javonmarddir.
"Boburnoma"ni o'qish jarayonida Boburning iste'dodiga, iqtidoriga tan 
bermay iloj yo'q. Chunki asarning bir necha o'rinlarida o'z fikrlarining izohi, sharhi 
sifatida, tasvirlanayotgan tarixiy shaxslarga aloqador ayollar mohirona tasvirlar 
ta'sirida ochib beriladi. Jumladan, asarning boshlanishida ya'ni 1494-yil voqealari 
bayonida padari temuriy Umarshayx Mirzoni tasvirlayotganida, uning nasl nasabi, 
shakl shamoyili, fe'l-atvori, jang-urushlarini batafsil bayon qilish jarayonida, 
Mirzoning avlodi, xotin va kanizaklari haqida ham mufassal ma'lumot keltiradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Umarshayx Mirzoning xotinlari:
1. Fotima Sulton og'a ,– "Mirzo baridin burun bu Fotima Sulton og'ani olib 
edi" (III, 49, 25). Fotima Sulton og'a mo'g'ul turkman beklari avlodidan edi. Uning 
farzandi Jahongirmirzo bo'lib, Mirzo Boburdan ikki yosh kichik edi.


2. Yana bir ayoli Qutluq Nigorxonimdir. U chingiziylar avlodidan bo'lib, 
Yunusxonning ikkinchi qizi. Uning farzandlari: Xonzodabegim va undan besh 
yosh kichik inisi Bobur Mirzo edi. 
3. Umarshayx Mirzoning haramlaridagi ayollaridan yana biri Xoja 
Husaynbekning qizi Ulus og'a edi. Uning ham bir qizi bor edi, go'dakligida o'ldi. 
Bir yil- bir yarim yildan so'ng uni haramdan chiqardilar. 
4. Yana biri Qorako'zbegim (Maxdumsultonbegim) edi. Mirzo unga 
keyinchalik uylangan, ancha suyukli xotini edi. "Umarshayx Mirzoning 
xushomadig'a ( yoqish uchun ) nasabini Sulton Abusaid mirzoning og'asi 
Minuchehr Mirzog'a yetkurub erdi" (III, 48, 25). Farzandi – Ruqiya Sultonbegim. 
Mirzoning vafotidan so'ng tug'ilgan. ("O'sha tala-to'p paytida Jonibek sultonga 
uzatilgan, bir-ikki o'g'illi bo'ldi, biroq bolalari turmadi") (III, 49, 49).
Cho'ri va kanizlari ancha edi. Ulardan biri andijonlik Umid g'unchachi edi. 
"Mirzodin burunroq qazo qilgan" (III, 48, 25). Farzandlari: Nosir Mirzo (Boburdan 
to'rt yosh kichik edi), Mehrbonubegim, Shahrbonubegimlar edi.
Yana bir kanizi Og'asulton ismli g'unchachi edi. Yagona Yodgorsultonbegim 
ismli qizi bo'lgan. Onasi va otasi Mirzoning vafotidan so'ng, Eson Davlatbegim 
qo'lida tarbiyalangan.
Umarshayx Mirzoning umrining so'nggi mahallardagi kanizi Tunsulton 
bo'lib, u mo'g'ullardan edi.
Mirzo Bobur "Boburnoma" sahifalarida amakilari Sulton Ahmad mirzo va 
Sulton Mahmud mirzoni tasvirlashda ham ularning avlodiga, haramidagi ayollarga 
alohida to'xtalgan. Amakisi Sulton Ahmadning avlodi vakillarini bir-bir izohlab,
haramidagi xotinlari va kanizaklariga xos xususiyatlarni ham aytib o'tadi. Unga 
ko'ra: Sultonning ikki o'g'li bo'lib, ular kichikligida vafot etgan. Qizlaridan beshta 
bo'lib, to'rttasi Qutluqbegimdan , bittasi Habiba sultonbegimdan edi. 
Haramidagi ayollardan:
– birinchi ayolini otasi Sulton Abusaid Mirzo olib bergan bo'lib, u 
Yunusxonning katta qizi Mehr Nigorxonim edi. "... mening onamning 
tuqg'on egachisi erdi", – deya izoh berib o'tadi (III, 48, 37). 


– yana biri tarxonlardan edi. Uni Tarxonbegim der edilar. 
– Yana biri Tarxonbegimning ko'kaldoshi Qutluqbegim edi. Sulton Ahmad
Mirzo oshiq bo'lib olgan, juda suyukli va xo'b erka tantiq edi.
Bobur bu haqda shunday deydi: " ... Sulton Ahmad Mirzo oshiqliqlar bila olib 
edi, asru ko'p suyuklik edi va ko'p musallit edi. Chog'ir ichar edi. Aning 
tirikligida Sulton Ahmad mirzo o'zga haramg'a bormas edi. Oxir o'lturdi va 
badnomlig'idin xalos bo'ldi" (III, 48, 37). Demak, Sulton Ahmad Mirzoning eng 
suyukli ayoli Qutluqbegim botinan go'zal-u ammo, zohiran ayol nomiga 
nomunosib ayollardan bo'lgan desak, hech yanglishmaymiz. Sababi, ayollik 
nazokatini o'zida mujassam etgan har bir ayolda bu kabi yaramas illatlar 
bo'lmasligi lozim. Zero, may ichish erkaklarga xosdir. Erka-tantiqlik esa har 
qanday oqila ayolning sha'niga yarashmaydi. Hazrati Navoiyning ayollarga 
berilgan ta’rifi bilan aytganda: "Husni bo'lsa ko'ngilga yoqimli bo'lur, yaxshiligi 
bo'lsa jon ozig'idir. Aqlli bo'lsa, turmush intizomli va ro'zg'or kerak yarog'i 
tartibli va saranjomli bo'ladi" (III, 51, 201). Bu ayolning husni bor edi, ammo 
oqilalik xislatidan ancha yiroqroq edi .
– Sulton Ahmadning yana bir ayoli Xonzodabegim bo'lib, uning kelib-chiqishi 
Tirmiz xonzodalariga borib taqaladi. Buyuk muarrix bu ayol to'g'risida 
quyidagicha izoh berib o'tadi: "Men Samarqandg'a besh yoshimda Sulton 
Ahmad mirzo qoshig'a kelgan fursatda olib edi. Hanuz yuz yopig'i bor edi. 
Turkona rasm bilan menga buyurdilar, men yuzini ochdim" (III, 48, 38).
–Yana bir ayoli Ahmad Hojibekning Latifbegim ismli qiz nabirasi bo'lib, avval 
Mirzoga so'ng, Hamza sultonga turmushga chiqqan. Hamza sultonda uch o'g'il 
ham ko'rgan.
– Yana bir ayoli Sulton Arg'unning jiyani Habiba sultonbegim bo'lgan.
"Boburnoma"ni diqqat bilan mutolaa qilar ekanmiz, Habiba sultonbegim bilan 
keyinchalik Mirzo Bobur qarindoshlik iplarini mustahkamlab unga kuyov 
bo'lganligini anglab olamiz. Mirzo Bobur 1506-1507-yil voqealarini bayon etar 
ekan, Xurosonda Alisherbek xonaqohlarini aylanib yurgan paytlari Habiba 
sultonbegim va uning qizini ko'rib qolganligini bayon etadi. Ya'ni: "Sulton Ahmad 


mirzoning kichik qizi Ma'suma Sultonbegimni onasi Habiba Sultonbegim bu 
fataratlardin burunroq Xuroson olib kelgon ekandur, bir kun men okamni ko'ra 
kelganda onasi bila kelib, meni ko'rdi. Ko'rgach –o'q (shu zahotiyoq) manga xeyli 
mayl paydo bo'ldi. Maxfiy kishilar borib .... so'zlashib andoq muqarrar qildikim, 
mening keyinimcha yanga qizini olib Kobulg'a kelgay" (III, 48, 326). Keyingi 
sahifalardagi ma'lumotlarga qaraganda, Mirzo Bobur Kobulda bo'lganida Habiba 
Sultonbegim qizi Ma'suma Sultonbegimni Kobulga olib boradi. Bobur u yerda 
Ma'suma Sultonbegimni o'z nikohiga oladi. G'ofurjon Sotimovning 
"Boburiyzodalar" kitobidan bu ayol va uning taqdiri haqida mufassal ma'lumotga 
ega bo'lamiz. Ma'lumotlarga ko'ra: "Ma'suma Sultonbegim . Boburning birinchi 
xotini Oysha Sultonbegim vafotidan so'ng, Boburshoh uni Xurosonda uchratib 
qolib, o'ziga turmushga chiqishni so'ragan va Kobulga olib kelib unga uylangan. 
Undan bir qiz tug'ilib, u chaqaloqligidayoq onasi vafot etgan va unga onasining 
ismini qo'yishgan" (III, 53, 9). Keyinchalik bu qizning taqdiri yana buyuk 
temuriylarga borib taqaladi. Ya'ni u: " Ma'suma Sultonbegim Hirot shohi Mirzo 
Husayn Boyqaroning nevarasi, Mirzo Badiuzzamonning o'g'li Muhammad Zamon 
Mirzoga turmushga chiqadi" (III, 53, 7).
Mirzo Bobur yana bir amakisi Sulton Mahmudning shajarasi, oila ahli, 
avlodlarini tasvirlashda, Mirzoning haramidagi ayollarga ham bir-bir izohlar berib 
o'tadi. Jumladan, Mirzoning avlodlariga to'xtalib, o'n bir o'g'li va besh qizi 
borligini aytadi. Haramidagi ayollardan eng kattasi – Mir Buzrug Tirmiziyning qizi 
Xonzodabegim edi. Mirzo uni juda sevardi. U Sulton Ma'sud Mirzoning onasi edi. 
"Boburnoma"dagi ma'lumotlarga ko'ra, "Ul o'lganda mirzo bisyor qattiq ta'ziyat 
tutqondur" (III, 48, 49).
Undan so'ng Mirzo Mir Buzrugning nabirasi – Xonzodabegimning 
birodarzodasini oldi. Uni ham Xonzodabegim der edilar. Bir o'g'il va besh qiz 
ko'rdi. "O'g'li Sulton Husayn Mirzo – otasi tirikligida o'n uch yoshida tangri 
rahmatiga bordi" (III, 49, 62) . Qizlari – kattasi Abobakr Qoshg'ariyga turmushga 
chiqqan. Keyingisi Bikabegim, uchinchisi Oqbegim, to'rtinchisi Oybegim, 
beshinchisi Zaynab Sultonbegim. Bobur Mirzo xuddi amakisi Sulton Ahmad 


mirzoga kuyov bo'lgani singari Sulton Mahmud mirzoga ham kuyov bo'ladi.
Bobur onasining taklifi bilan Sulton Mahmudning beshinchi qizi Zaynab 
Sultonbegimni ham o'z nikohiga oladi. Bu haqda Boburning o'zi quyidagicha 
yozadi: "Kobulni olg'onda onam Qutluq Nig'orxonimning sa'yi bila oldim, xeyli 
sozvorliq (hamjihatlik) bo'lmadi. Ikki- uch yildin so'ng obila zahmati (chechak 
xastaligi) bilan olamdin bordi" (III, 48, 49).
Sulton Ahmad Mirzoning yana bir ayoli Yunusxonning qizi , " mening 
onamning singili " (III, 48, 48) Sulton Nigorxonim edi. Undan yolg'iz o'g'il bo'lib, 
u Sulton Uvays Mirzo edi. Bundan ko'rinadiki, temuriy Abu Said Mirzoning har 
uchala o'g'li: Umarshayx Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzolar 
chingiziy Yunusxonning uch qiziga uylanishgan ekanlar. Sulton Mahmud 
Mirzoning yana bir ayoli Poshshobegim bo'lib, uning nasl-nasabi Qoraqo'yluq 
Bahorlu aymog'idan bo'lgan turkman beklariga borib taqalardi. Otasi turkman 
beklaridan Ali Shukurbek edi. Bundan tashqari Mirzoning cho'ri va kanizlari ham 
ancha edi. Sulton Ali Mirzo va Maxduma Sultonbegimlarning onasi Zuhrabegi 
Og'a Sulton Mahmudning mo'tabar cho'risi edi. Kanizlari ham ancha bo'lib,
Mirzodan Rajabsulton va Muhibsulton ismli ikkita qiz ko'rishgan. 
Ayrim ayollar borasida o'zining xolisona fikrlarini ham aytib o'tgan. 
Masalan, katta buvisi Esan Davlatbegimni tasvirlashda o'sha zamon nuqtai 
nazaridan yondoshib xolisona baho bergan. Asarda yozilishicha: "Xotunlar orasida 
ra'y (fikrlash) va tadbirda mening ulug' onam Esan Davlatbegimcha kam bo'lg'ay 
edi, bisyor oqila va mudabbira (tadbirli) edi. Ko'proq ish-kuch alarning mashvarati 
bila bo'lur edi" (III, 48, 44). Mirzo Bobur Eson Davlatbegimning 
Movorounnahrning oldi ayollaridan, yuksak tafakkur sohibasi bo'lganligi uchun 
alohida qadrlagan. Yana Mirzo Bobur shaxsiyatida ayollarning hurmat-e'tibori 
ularning nasabiga qarab emas, balki ulardagi sadoqat, fidoiylik, vafo kabi sof 
insoniylik tuyg'ularining mavjudligiga qarab xolisona baho berilgan. 
Mamlakatdagi barcha ayollarga birdek izzat-ikrom ko'rsatgan Mirzo Bobur, 
hayotining eng og'ir damlarida u bilan birga bo'lgan hatto eng oddiy xizmatchilarni 
ham yuqori martabalarga ko'rgan, ulardagi sadoqat tuyg'usini ulug'lab, alohida 


hurmat-e'tibor bilan qaragan. "Boburnoma"ning 1501-1502-yil voqealarida bayon 
qilinishicha, Bobur Shayboniyxondan yengilib Samarqandni tark etar chog'da 
Xonzodabegimdan boshqa barcha yaqinlari u bilan ketishadi. Uzoq yillardan beri 
Qutlug' Nigorxonimga xizmat qilib yurgan otinga ulov topilmaydi va u ham 
Samarqandda qoladi. O'z xo'jayiniga sadoqat tuyg'usining ustunligi hamda 
Shayboniyxondek g'animning qo'lida tutqun bo'lib qolishdek mudhish taqdirni 
o'ziga begona deb bilgan otin Samarqanddan to Peshog'argacha ot-ulovlar izidan 
yayov yetib kelib xo'jayni Qutlug' Nigorxonim va shohi Boburmirzo bilan 
uchrashadi. Bu haqda Bobur: "...Pashog'arning qo'rg'onida otun kim, muddati 
madid mening onam xonimg'a mulozamat qilur edi, bu navbat uloqsizliqdin 
Samarqandta qolib edi, uchray tushti (uchrab qoldi) , ko'rushtum, so'rdim. 
Samarqanddan bu yerga yayoq kelibtur" (III, 48, 157). Otinning Qutlug' 
Nigorxonimga, Boburga sadoqati uning shuncha masofalik yo'lning piyoda bosib 
o'tishidan bilib olsa bo'ladi. Otin aslida oddiy bir xizmatkor ayol, ammo undagi 
odamiylik tuyg'usining ustunligi uning yuqori davlatli, nasabli kishilardan ham 
ustun turishini yana bir marotaba oqladi.
Mirzo Bobur o'zining umr kitobida yana bir buyuk temuriy mirzo, Sulton 
Husayn Mirzoning shajarasini tasvirlar ekan, uning haramidagi ahl-u ayollariga 
ham alohida e'tibor bergan. Husayn Boyqaroning ayrim ayollari xususida o'zining 
ijobiy yoki salbiy fikrlarini ham aytib o'tgan. Jumladan, Sulton Husayn – Mirzo 
Mansur va Feruzabegimning farzandi. Undan o'n to'rt o'g'il va o'n bir qiz farzand 
qolgan. Xotinlaridan eng ulug'i Beka Sultonbegim edi. Sanjar Mirzo Mavriyning 
qizi bo'lgan. Boyqaroning o'g'li Badiuzzamon Mirzo undan tug'ilgan. Mirzo Bobur 
bu ayol to'g'risida quyidagi fikrlarini aytib o'tgan: " Ko'p kajxulq (xulqi egri) edi. 
Sulton Husayn Mirzoni ko'p og'ritur edi. Kajxulqlig'idin mirzo batang (bezor) 
keldi, oxiri qo'ydi, xalos bo'ldi, ne qilsun haq mirzo jonibi edi.

Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin