Sinf: 11- "D" Fan: Adabiyot Mavzu: Bobur lirikasi "Boburxonlik "



Yüklə 2,77 Mb.
tarix25.12.2023
ölçüsü2,77 Mb.
#195772
Саидова Д


Sana: 07.12.2023
Sinf: 11- “D”
Fan: Adabiyot
Mavzu: Bobur lirikasi “Boburxonlik ”
Maqsadi: O’quvchilarga Z.M. Bobur lirikasi: g’azallari “Xazon bargi yanglig’ sarg’aydim”, “Lola” haqida ma’lumot berish. Ularni Bobur g’azallari orqali mumtoz adabiyotga muhabbat ruhida tarbiyalash.
O’quvchilarni g’azallarni ifodali o’qish orqali nutq malakalarini rivojlantirish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: sinf xonasini dars mashg’ulotiga xos “Boburxonlik” tadbir dasturiga tayyorlash. Bobur kitoblari, shoh va shoir hayoti va faoliyatiga doir banner, bukletlar ko’rgazmasi, Bobur haqida buyuklar fikrlari.

O’tgan mavzuni xulosalash:
Boshlovchi : Bobur siymosi davraga tashrif buyuradi.
Bobur : Charxning men ko’magan jabru jafosi qoldimu
Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu
Meni xor etdiyu qildi muddaini parvarish
Dahri dun parvarishning o’zga muddaosi qoldimu
Meni o’lturdi jafoyi javr birla ul quyosh
Endi turgizmak uchun mehru vafosi qoldimu
Ey ko’ngil gar Bobur ul olamni istar qilma ayb
Tangri uchun de bu olamning safosi qoldimu
Boshlovchi: Xush kelibsiz Mirzo Bobur davramizga.
Bobur: Xush ko`rduk. Men moziydan davrangizga tashrif buyurdim. Bugungi bazm men haqimda ekan keling sizga savollar ila murojaat etsam .
Boshlovchi: Bemalol har qanday savollaringizga javob berishga tayyormiz
Bobur: Hayotim davomida necha marotaba Samarqandda yurish qildim?

Bobur: Hindistonga ketishimga atab yozgan ruboyimni ayting?

  • Tole yo`q jonimg`a balolig` bo`ldi

Har ishni ayladim xatolig` bo`ldi
O`z yerni qo`yib, Hind sori yuzlandim
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi

Ko`ngli tilagan murodiga yetsa kishi


Yo barcha murodlarni tark etsa kishi
Bu ikki ish muyassar bo`lmasa olamda
Boshini olib bir soriga ketsa kishi

Ko`pdin beri yoru diyorim yo`qdur


Bir lahzayu bir nafar qarorim
Keldim sori o`z ixtiyorim birla
Lek borurimda ixtiyorim yo`qdir
Bobur: Ofarin! Borakallo!
Sizlardan xursand bo`ldim. Davrangizda ishtirok etish niyatim bor.
Boshlovchi: Marhabo, biz bundan albatta xursand bo`lamiz.
-Ha aziz o`quvchilar bugun serqirra ijodkor shoh va shoir Z.M. Bobur lirikasi haqida bahslashar ekanmiz uning boy merosiga nazar tashlash imkoniyatidan bahramand bo`laylik.
-Bobur turkiy she`riyatda Alisher Navoiydangina keyingi o`rinda turadi. U sof va nafosatli turkiyda devon yaratdi.
-U g`azal, ruboiy, qit`a, tuyuq va ko`plab ilmiy asarlar shuningdek mashhur tarixiy memuar “Boburnoma” muallifi musiqa va san`at sohasining buyuk vakili, mohir tarjimon sifatida ham samarali ijod sohibidir
-Keling azizlar shoir g`azallaridan namunalar tinglab bahramand bo`laylik.

JO`RAYEVA MAFTUNA
Jonimdin o’zga yor vafodor topmadim,
Ko’nglimdin o’zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o’zga jonga dilafgor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.
-Shoir ushbu g’azalida o’ziga o’zidan boshqa vafodor,ko’ngliga yaqin mahram yor topolmaganini,suyukli yorning butun borlig’I go’zallikda tengsizligi,ishqida tekba bo’lib hatto hushini yo’qotayotganligini,o’sha dildor shu qadar betakrorligidan oshiq shoir unga o’zini nomunosib deya baholaydi. Bundan qalbi ozor chekishini satrlarda tarannum etar ekan shoir yakka yolg’iz sezadi.
Tuyuq-ham o’ziga xos she’riy janr bo’lib unda so’z o’yini alohida etiborga molikdir. Bobur tuyuqning 7 xil shakliy ko’rinishlarini misollar yordamida ko’rsatib adabiyotga taqdim etgan. Ulardan har bir to’rt misradagi qofiyada tajnis qo’llash bilan bog’liq. Tajnis – shakldosh so’zdir. Har bir misrasida alohida ma’no ifodalaydi.
Ulki har ko’zi g’izoli Chin durur,
Qoshida payvasta oning chin durur.
Chunki ul ko’p yolg’on aytti ul menga,
Gar desam yolg’onchioni,chin durur.

Chindurur-Xitoydandir.


Chin durur- qoshlar orasidagi chiziq .
Oxirgi Chin durur- “haqiqat”, “rost” degan ma’noni anglatadi .
-Qadimni firoq mehnati yoqildi,
Ko’nglim g’am-u anduh o’tiga yoqildi .
Holimni saboga aytib erdim ey gul,
Bilmam senga sharh qilmadin yoqildi.
Yo qildi – yoy qildi.
Yoqildi – yondirildi.
Yo qildi – aytganimni qildimi, yoki qilmadi.
Bobur – dilbar shaxs . Adabiyotimizdagi o’rni benazir .
Uning merosi yoshlarni vatanparvarlik, xalqparvarlik ruhida tarbiyalashda alohida o’rin tutadi.
Mustahkamlash.
1.Bobur ijodiy merosi haqida fikringiz ?
2. Ruboiylarning tili va mohiyati?
3.G’azallarda oshiqning yorga ta’riflari?
4.Tuyuqlardagi joziba va o’ziga xosligi?
Baholash.
Vazifa: “Bobur she’rlarida lirik qahramon tasviri”,
“Bobur she’riyatini yaxshi ko’raman” mavzularidan birida ijodiy matn tayyorlash.

Buxoro shahar


26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Saidova Dilorom Yaxshiyevnaning 11- “D” sinfida “Boburxonlik” Bobur lirikasi mavzusida o‘tkazgan ochiq dars ishlanmasi

2023-2024 o‘quv yili
Yüklə 2,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin