Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat

“Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,  

Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim” (III, 46, 41),
deya yozadi. “Boburnoma” mamlakatlar haqida so‘zlaydi. Bobur ilojsiz tashlab 
ketgan, yuragidagi armonlardan bino bo‘lgan yurtlar haqida so‘zlaydi: Andijon, 
Samarqand, Kobul, Hindiston. Ularni Boburning taqdir yo‘llari bir-biriga 


tutashtirdi. “Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi”, deb hasrat qilgan shoir tolesiz 
kunlariga esh bo‘lib yashadi – kurashdi, dunyodagi katta hukmdorlar ham amalga 
oshirolmaydigan ishlarga qo‘l urdi, ularni uddaladi… (II, 35, 4) 
Bobosi Amir Temur saltanatidek ulkan davlat qurishni orzu qilgan Bobur 
Samarqandga kirib borishga jur’at qildi, shuhrat topdi, qamalda ham qolib, lashkari 
bilan birga ko‘p azoblarni tortdi, keyinroq turli tadbirlarni qo‘llab yana 
Samarqandga intildi, shaharni egalladi. Shunday bo‘lsa-da, xatolaridan o‘z 
xulosalariga
keldi: 
“Har ishnikim ayladim, xatolig‘ bo‘ldi…” 
Shoirtabiat bu shoh boshqa hukmdorlardan farqli o‘laroq ko‘proq ko‘ngliga quloq 
tutdi. She’rlarida esa g‘ussadan qonga to‘lgan ko‘nglining hasratlarini yashirmadi 
Mening ko'nglumki gulning g'unchasidek tax-batax qondur,  
Agar yuz ming bahor o'lsa, ochilmog'i ne imkondur  (III, 46, 39), 
Mazkur bayt, aslida, Boburning ishqiy mavzudagi g‘azalidan. Bir qarashda u 
faqat yor hajrida bitilgandek. Albatta, baytdagi bu mazmunni inkor qilib 
bo‘lmaydi. Ammo undagi iztirobning kuchi shoirning butun hayotiga daxldor. Bir 
yonda armon bilan yonib eslagani – Andijon, bir yonda o‘z ixtiyori bilan tashlab 
ketgani – Samarqand, boshqa bir yonda Shayboniyxon qo‘liga tushgan opasi – 
Xonzodabegimning taqdiri, yaqinlarining xiyonati, ishonganlarining sustkashligi, 
yana bir yonda esa Ahmad tanballar… 
Oldinda katta yo‘l. Og‘ir va mashaqqatli yo‘l. Or va nomus yo‘li. Katta 
orzularga erishish imkoni yo‘li. Faqat bu yo‘ldan yurishni uddalash kerak. Oldinda 
– Afg‘oniston, Hindiston… Shoir ishq haqida yozadimi, yorning visolu hijroni 
haqidami, o‘z hayotini, taqdirini – boshidan kechirgan iztiroblarini ulardan ajratib 
qo‘yolmaydi. Bobur kayhoniy andozada fikrlaydigan katta shaxs edi. Uning shaxs 
sifatidagi butunligi “Boburnoma” sahifalariga ham muhrlangan. Har bir harakati, 
a’moli, so‘zlari, siyosati atrofidagilarga ibrat edi. Hatto o‘lim bilan necha bor 
yuzma-yuz kelgan bo‘lsa, har safar uni oxirigacha his qilishga jur’at va kuch 
topishi, unga tayyorligini namoyish qila olishi yonidagi yigitlarga, lashkarga juda 
katta madad berardi. 


Umri har qancha mashaqqatlarga to‘la bo‘lmasin, Bobur hayotni sevardi. 
Shu bois ham: 
Bo‘lmadim umrumda bir dam, xotiri xurram bila, 

Gar iliktin kelsa bir damni kechurmang g‘am bila, – 
(III, 47, 28) kabi misralari bilan o‘zgalarni hayotni sevishga, umrning qadriga 
yetishga chorlar edi. Bobur Hindistonda vatan qurdi. Bog‘-rog‘lar yaratdi. Dastlab
kirib borganida ko‘ngliga mahzunlik solgan, g‘arib ko‘ringan yerlarni obod qildi. 
Jumladan, u borgan yerlarini tasvirlab o'tar ekan, u yerlardagi bunyodkorlik 
ishlariga alohida to'xtaladi. “Boburnoma"da 1503-1504-yil voqealarini bayon qilar 
ekan, Kobulning olinishi haqida batafsil to'xtalib, Kobul tabiatining tasvirini nozik 
chizgilarda bayon etadi: " Rabbiulavval oyining avoxirida tengri taolo fazl va 
karami bila Kobul va G'azni mulk viloyatini bejang-u jidol muyassar va muxtasar 
qildi", – deya so'zida davom etar ekan, Kobuldagi obodonchiliklar, 
bunyodkorliklar xususida yozadi. "Garmseriy mevalar misli norunj va turunj va 
amluk va nayshakar Lamg'onotdin keltururlar. Nayshakarni kelturub ekturub edim" 
(III, 48, 216). Ya'ni Kobul yaqinidagi yerlarda apelsin, limon, amluk (ananas), 
shakarqamishni Lamg'onot o'lkasidan keltirganlar. Shoh Boburning buyrug'iga 
binoan nayshakar Kobul yerlarida ham qurildi. Shundan so'ng shoh Bobur bir-bir 
Kobul yurtlarini obod etishga kirishdi. Kobul kentlaridan Laho'r va Dipalpurni 
olgan yillari, u yerlarda keyla (banan) keltirib ekdi. "Boburnoma"dan o'qiymiz: 
"Pahorxonni bosib, Lohur va Dibolpurni fath qilg'an yili qila (banan) kelturub, 
ekturub edim, sabz bo'lub edi (III, 48, 222). Bundan tashqari yo'l qurilishlariga 
ham alohida e'tibor qaratgan. Jumladan, Ningnahor va Kobul orasi juda yomon yo'l 
bo'lgan. Yo'lto'sar va qaroqchi afg'onlar juda ko'p bo'lgan. Obodonchilik yo'q, shu 
sababli u yerda el yashamagan. Saxovatpesha Bobur Qo'ruqsoyning etagi – Qoratu 
mavzesini bunyod qildirdi. "Xirilji va jami’ kuttout-tariyq (yo'lto'sar-qaroqchi) 
afg'onlardur, bu yo'lni urarlar edi. Bu orada ma'mura yo'q erdi. Qo'ruqsoyning 
oyog'i Qoratuni men ma'mura qildurdum. Bu jihatdin yo'l amin bo'ldi" (III, 48, 
221). Yana Mirzo Bobur Chag'onsaroyni olganida, Mir Sayyid Ali Hamadoniy 


rahmatulloh mozorini tavof qildi. Soxta mullalar qilmishlarini fosh etib, bundan 
keyin barcha din ahllarining ishlarini qayta boshdan isloh qildirdi.
Mamlakatning obodligiga ham katta e'tibor berdi. "Boburnoma"da 
Istalifning tabiat manzaralarini tasvirlar ekan, bu kentda Bog'i Kalon nomli 
Ulug'bek Mirzoga tegishli bir bog' borligini aytadi va shu bog'ning egalariga 
pulini berib olganligini bayon etadi. Bu bog'ning o'rtasida chinorlar o'sishi va shu 
chinorlar orasida bir ariqning egri-bugri holatda, ko'rimsizgina oqishini 
tasvirlaydi. Shunda Boburning ko'rsatmasi bilan ariq to'g'ri reja asosida qurilib, bu 
yer obod maskanga aylantiriladi. "Boburnoma"dan o'qiymiz: "Bog'ning o'rtasidin 
bir tegirmon suyi hamisha joriydur. Bu ariq yoqasida chinorlar va daraxtlardur, 
burun bu ariq egri-bukri va besiyoq edi. Men buyurdimkim, bu ariqni raja va siyoq 
bila qildilar. Bisyor yaxshi yer bo'ldi" (III, 48, 229). Bundan tashqari, Kobul tog' 
etaklaridagi Xoja Seyoron chashmasini ham obod etdi. Bu haqda Bobur shunday 
deydi: "... chashmaning atrofini men sangkorliq qildurdum. (tosh terdirdim) Bu 
chashmaning chorhadi siyoqliq, go'niyaliq taxti bo'ldi, tamom arg'uvonzorg'a 
mushrif, arg'uvon guli ochilg'on mahalda muncha yer ma'lum emaskim, olamda 
bo'lg'ay" (III, 48, 230). Demak, bundan ko'rinadiki, qalbi ona vataniga bo'lgan 
muhabbati tufayli, bunyodkorlik hislari bilan to'lib-toshgan Bobur, o'z yurtidan 
ayrilgandan so'ng, fath etgan shaharlari Kobul, Hindistonda bir qancha 
obodonchilik ishlarini amalga oshirdi. Qalbi o'ksik shoh endi bildiki, ona yurti 
ancha olisda, qo'l yetmas joyda, endi har qancha urinmasin qaytib Andijon 
tuprog'iga qadam bosa olmaydi, endi Andijon havosidan to'yib nafas ololmaydi. 
Shu sababli, u egallagan yurtlarida Andijonga qilmoqchi bo'lgan bunyodkorlik 
ishlarini amalga oshiradi. Fath etilgan shaharlarning obodligiga alohida e'tibor 
qaratadi. Ammo, Andijonni, Samarqandni – ota yurtni, ona vatanni unutmaydi, uni 
mudom sog‘inib yashaydi. Hayotning g'am-alamlariga cho'mgan kezlarda ulug' 
mutafakkir Navoiyni o‘qidi… 
Ikki buyuk shaxs Alisher Navoiy va Bobur taqdirini she’riyat tutashtirdi. 
Yurt g‘ami, mamlakat obodligi, el farovonligi yo‘lidagi orzular birlashtirdi. Hazrat 
Navoiy Husayn Boyqaro saroyida amirlik qilib, el g‘ami bilan yonib yashagan 


bo‘lsa, Amir Temurdek ulkan saltanat qurishni istab, umri yurtgirlik bilan o‘tgan 
Bobur g‘urbatda vatan qurdirdi. 
Ijodni endi boshlagan damlari Navoiyga maktub bitgan Bobur o‘z asarida 
hazratni qayta-qayta eslaydi. Hirotga safar qilib borganida Navoiy yashagan uyda 
yigirma kun umrguzaronlik qilgan chog‘lari xotiridan kechgan o‘ylari, shoir barpo 
etgan bog‘u rog‘lar, masjidu madrasalar, ariq-hovuzlarni ko‘rib, obod yurt barpo 
etishga moyil ko‘nglida ulug‘ rejalar tug‘ildi. Axir, keyinroq Hindistonda 
Boburning sa’y-harakati bilan qad ko‘targan imoratlar, yashnoq bog‘ va 
gulzorlarning tarhi dastlab Hirotda ko‘ngilga tugilmaganmidi? Bobosidek ulkan 
saltanat qurish orzusida yongan Boburning qalbidagi cho‘g‘ni Navoiyning amallari 
olovlantirmadimi? Bobur Navoiyni o‘ziga ustoz deb bilardi. U “Boburnoma”ning 
yuzga yaqin o‘rnida Navoiyni eslaydi. Kitobning dastlabki sahifalariyoq Navoiyni 
yodga olib, Andijon xalqi tilining adabiy tilga to‘g‘ri kelishi haqida gapirib, 
Navoiy Hirotda shu tilda yozib, nash’u namo topgani haqida gapiradi. Bobur 
Navoiydan ta’sirlanib, uning g‘azallariga naziralar bog‘ladi, ustoz shoirga 
hamohang ruboiylar yozdi. Ruboiylarining aksariyatida vatan sog'inchi, hijron 
iztiroblari eng ko'p ko'zga tashlandi. 
Yurtidan ketib, sargardon yurgan, Hindistonga kirib borgan damlar shoir 
ko‘nglidan kechgan tuyg‘ularni Boburning o‘zidek his qilish osonmas. Biroq uning 
birgina g‘azali yoxud to‘rt misrali ruboiysi ko‘nglidagi hasrat, iztirobni hammaga 
oshkor etadi. Ba’zan bir kishiga qaratilgandek tuyulgan misralarda ham shoirning 
intim tuyg‘ulari emas, balki butun umri davomida ortmoqlab o‘tgan katta dard 
bor: 

Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin