Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat

 
Tadqiqot metodlari. Obyektiv kuzatgan holda, biografik, struktural va 
qiyosiy-tarixiy metodlardan foydalanildi. 
 
Ilmiy ishning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi. Ushbu ilmiy bitiruv 
ishining mavzusi BuxDU filologiya fakulteti, filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek
tili) ta'lim yo'nalishi, o‘zbek adabiyoti kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari bilan 
bog'liq bo'lib, kafedraning umumiy mavzusidan kelib chiqqan holda tanlangan. 
Bitiruv malakaviy ish tuzilishi: kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. 
 
 
 
 


I. BOB. "BOBURNOMA"NING TARKIBI VA TUZULISHI. 
1.1 ASARNING O'RGANILISH TARIXI 
 
"Mumtoz adabiyotimizning tarixida sezilarli iz qoldirgan ijodkorlarning 
vatanparvarlik, insonparvarlik, ma'rifatparvarlik tuyg'ularini targ'ib etuvchi asarlari 
ma'naviyatimiz va madaniyatimizning taraqqiyot yo'llarini aniqlashda muhim 
ahamiyatga ega" (I, 10, 101). Shu bois, ma'naviy merosni o'rganishga bo'lgan 
ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Mustaqillik yilllarida mumtoz 
adabiyotimizning durdonalarini har tomonlama chuqur o'rganishga keng yo'l 
ochildi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning: 
"Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar 
mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni 
tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo'lib qoldi", 
– degan fikrlari shu paytdan boshlab muhim ahamiyat kasb etdi (I, 8, 524).  Shu 
boisdan, barcha ilm fidoiylari Vatanimiz hududida yashab faoliyat ko'rsatgan 
ijodkor bobokalonlarimiz ma'naviy merosini o'rganish , ularni targ'ib etish, chop 
etish borasida samarali ishlarni amalga oshirdilar. Jumladan, jahon tamadduni 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan, o'zbek adabiyotining yorqin siymosi, o'zbek va 
hind xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi va sarkarda sifatida o'chmas iz qoldirgan
Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti yo'li, ijodiyoti va uning umr kitobi 
"Boburnoma" ni mufassal tadqiq etishda sezilarli ishlar qilindi. Biz ham ushbu 
kichik ishimizda ustozlarimiz izidan borib, Bobur shaxsiyatiga xos xususiyatlarni, 
"Boburnoma"ning ilmiy ahamiyatini, "Boburnoma"dagi har bir xotin-qiz 
timsolining siyrati va suratiga xos xususiyatlarni baholi qudrat o'rganishni maqsad
qildik. 
"Zahiriddin Muhammad Bobur dunyo madaniyatida iste'dodli shoir, 
voqelikni teran anglagan va yorqin chizgilarda tasvirlagan nozikta'b ijodkor, 
mahoratli sarkarda, adolatli hukmdor, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyot asoschisi 
hamda buyuk imperator sifatida iz qoldirgan. Shoirning Vatan sog'inchi aks etgan, 


yor-u diyor madh etilgan, dunyo sitamlaridan ozurda qalb tug'yonlari jo bo'lgan 
sermazmun g'azallari, ruboiylari kitobxonlar shuuridan joy olgan" (II, 38, 31-32). 
Uning "Boburnoma" asari ijodkor aqliy salohiyati, tafakkur darajasi, sinchkov 
tabiatining yorqin ifodasi, dunyo afkor ommasini hayratga solgan bemisl tafakkur 
mahsulidir. Asarning qomusiy xarakteri ko'p bora ta'kidlangan. Darhaqiqat, asarda 
ijtimoiy hayotning muhim sohalariga doir qimmatli ma'lumotlar jamlangan.
Azaldan sharq xalqlari madaniyati va tarixida hamisha saxovat, ochiqqo'llik 
insonning eng yaxshi xususiyati sifatida qadrlanib kelingan. "Boburning 
"Boburnoma" asarida ham muallif o'zining qalamravidagi oddiy olamdan boshlab 
otasi Umarshayx, Temuriy shaxzodalar va beklar xususiyatidagi karam, xayr-u 
saxovatni olqishlagan. Bu xususiyat ularning ijobiy jihatlarini to'ldirgan" (II,31, 
31). O'zining umr kitobida qisqa bir davrni tasvirlashda butun bir fan olamiga; 
hayvonot, nabotot, o'simliklar dunyosi, tarixiy geografik hududlar, harb ishiga, har 
bir yurtning milliy madaniyatiga, urf-odatlariga alohida to'xtalib, adabiyotning 
nodir namunasini yaratdi. Bobur uzoq umr ko'rmadi. Ba'zi podshohlardek hayoti 
sermazmun va mas'ud kunlarga boy bo'lmadi. Juda qisqa bir davrda misli 
ko'rilmagan ilmiy yangiliklarning, kashfiyotchisiga aylandi. "47 yillik umri 
davomida jahonga mashhur "Boburnoma" ("Vaqoe") qomusiy asari, 400 dan ortiq 
turli janrlardagi she'rlar ijod etib, ularda asl adabiy tilimizning nasriy va nazmiy 
go'zalligini, boyligini nuktadonlik bilan aks ettira bildi. Qalbimizni tilimiz 
boyligiga, adabiyotga, ma'naviyat va ma'rifatga oshufta eta oldi" (II, 30, 8). Bobur, 
birinchi novbatda, shoh , boburiylar sulolasining asoschisi bo'lsa, keyingi o'rinda 
uning iste'dod sohibi ekanligining guvohi bo'lamiz. U buyuk podshoh, mumtoz 
shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, tarixchi, faqih, tilshunos, san'atshunos, 
etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko'pqirrali faoliyat va 
ijod sohibi edi. Birgina "Boburnoma" asarida uning 20 dan ortiq sohalarga 
qiziqqanligiga guvoh bo'lamiz. Shu asar Boburga jahoniy shuhrat keltirgan. 
Shuning uchun ham ingliz sharqshunosi Anetta Beverijxonim uni: "Boburnoma" 
butun tarixda yaratilgan yozma yodgorliklarning eng bebahosidir, – deydi (II, 35, 
4). Shubhasiz, "Boburnoma" – jahon adabiyoti va manbaashunosligidagi muhim va 


noyob yodgorlik; o'zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy ilmiy asar. 
"Eski o'zbek (chig'atoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/19 – 1530 ). "Boburiya", 
"Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi 
Bobur " kabi nomlar bilan ham ma'lum. Boburning o'zi esa "Vaqoe" va "Tarix" 
degan nomlarni ishlatgan " (II, 24, 605). "Boburnoma"da 1494-1529-yillarda 
Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda sodir bo'lgan tarixiy-siyosiy voqealar 
yilma yil o'ta aniqlik bilan bayon qilingan bo'lib, ular muallif hayoti va siyosiy 
faoliyati bilan bevosita bog'liqdir.
"Boburnoma" o'zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko'ra uch qismga: 
Boburning Movorounnahr (1494 – 1504), Afg'oniston (1504 – 1524) va Hindiston 
(1524 – 1530) dagi hukmdorlik davriga bo'linadi. Birinchi qismda Boburning otasi 
– temuriylarning Farg'ona ulusi hokimi Umarshayx mirzo (1462 – 1494) xususida 
hamda Boburning Farg'ona taxtiga o'tirishi (1494-yil iyun), ammo Temuriylar 
davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida o'z ulusidan mahrum bo'lishi (XV 
asr 90-yillari) , Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jang-u 
jadallari ( 1497 – 1501 ) ning behuda ketishi, va nihoyat, toj-u taxtdan butunlay 
ajrab, Hisor tog'lari orqali taxminan 250 navkar bilan Afg'onistonga yuz tutishi 
(1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning 
Kobulni zabt etgani, so'ng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi 
Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishg'ol qilgani (1511), 
lekin Shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek 
Sulton) dan yengilib (1512) Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga 
hozirlik ko'ra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa 
Boburning Dehli sultoni Ibrohim Lo'diyni mag'lub etib ( Panipat janglari ), 
Shimoliy Hindistonni bosib olgani (1526) va boburiylar davlatini barpo qilgani 
haqidagi ma'lumotlardan iborat.
"Boburnoma"da keltirilgan barcha ma'lumotlar, xususan Farg'ona, Toshkent, 
Samarqand, Hisor, Chag'oniyon va Shimoliy Afg'onistonning XV asr 80-90-yillari 
va XVI asr I choragidagi siyosiy ahvoliga doir xabarlar o'zining batafsilligi bilan 
shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, bu asar


muallifining muayyan tarixiy voqea haqida hamda o'zaro dushmanlik qilgan 
temuriylar – Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysung'ur Mirzo, 
Sulton Husayn va boshqalarning xulq-atvori, tabiati xususida bildirgan fikr-
mulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, 
fiqh, din ta'limoti, tilshunoslik, jug'rofiya, tabiatshunoslik, ma'danshunoslik, 
dehqonchilik, bog'dorchilik va boshqa sohalarga oid aniq va hanuzgacha o'z tarixiy 
va ilmiy ahamiyatini yo'qotmagan ma'lumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar 
keltirilgan. "Asarda bevosita Boburning o'zi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir 
necha katta-kichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. O'sha davrdagi qo'shin 
tuzilishi , urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurol yarog' turlari, 
qo'rg'onbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda ko'plab harbiy-ma'muriy istilohlar 
(turkman, ulus, ko'kaldosh, eshikog'a, axtachi, tarxon, shig'ovul, sharbatdor, 
mubashshir, tug'chi, miroxur, rikobdor, dorug'a, murchil, manjaniq, o'ron va 
boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek "Boburnoma"da temuriylar qo'shinining 
tuzilishi, harbiy san'ati va boshqalar haqida ham noyob ma'lumotlar bor" (II, 32, 
11) . Bundan tashqari, Movarounnahr, Afg'oniston, Xuroson va Hindiston o'tmishi 
va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasb-hunari, urf-
odatlari, rasm-rusumlari, an'anaviy tadbir marosimlari, shuningdek, o'sha davr 
jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli ma'lumotlar bayon etiladi. Ayniqsa, 
Farg'ona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shahar va 
viloyatlarning jug'rofiy- ma'muriy tuzulishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, 
qishloq xo'jaligi, daryo va suv havzalari, cho'l-adirlari, tog'-sahrolari, bog'-rog'lari, 
tabiati, iqlimi, hayvonot va o'simliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal 
ma'lumotlar beriladi. Xususan, XV – XVI asrlarda Turkiston viloyatida yashagan 
Qora Qo'yluq (Qo'yunluk) qabilasining hamda Movorounnahrdagi turk-mo'g'ul 
qabilalarining urf-odatlari, harbiy mahoratlari haqidagi ma'lumotlar, ayniqsa, ilmiy 
jihatdan g'oyatda qimmatli bo'lib, ular o'zbek, qozoq, qirg'iz va boshqa turkiyzabon 
xalqlar etnik tarixini o'rganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. 
"Boburnoma"da Farg'ona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, 
Ohangaron vodiysi, O'ratepa va uning atrofi Mascho, Hisor, Chag'oniyon, 


Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan g'oyatda qiziqarli 
tavsif qilingan bo'lib, muallif o'zi yurgan yo'llar, o'zi bo'lgan shahar va qishloqlarni 
g'oyat darajada aniq tasvirlagan. 
"Boburnoma"da muallif qaysi yilni, qaysi yurtni izohlasa, eng avvalo, shu 
davrdagi adabiy tilning nufuzi, shu yurtdagi shoirlarning ijodiy merosi , 
adabiyotning nozik qirralari haqida alohida to'xtalib o'tadi. Jumladan, XV – XVI 
asrlarda Xuroson va Movorounnahr, Hindiston va Afg'oniston, Eron va Turkiyada 
fors tili va adabiyoti nufuzining qay darajada yuksak ekanligini "Boburnoma" 
kotibi va tarjimoni so'zlari bilan izohlash mumkin. Asarning fors tiliga o'girilishi 
Hindistondan Turkiyagacha bo'lgan juda ulkan hudud xalqlariga, ziyolilariga yetib 
bordi degan ishonch edi: kotib "Boburnoma"ni nazarda tutib yozmoqda, "Ushbu 
kitobkim, "Boburiya"dur, Bayramxonni og'li Mirzoxong'a buyurdilarkim, turkiydin 
forsiyg'a kelturgilkim, turkiy bilmag'on xaloyiqqa oson bo'lg'ay" (II, 16, 149). 
"Boburnoma"ni fors tiliga o'girgan Rashid Axtar Nadviy Bayramxonning 
o'g'li Abdurahim Xoni Xononning ilk forsiy tarjimasi xususida to'xtalib yozadi: 
"Shundan keyin jahon ahli birinchi marta buyuk tojdor (Bobur)ning so'z mulkining 
ham shahanshohi ekanidan xabar topdi" (II, 24, 607). 
Yana "Boburnoma"da muallif turkiyzabon va forsiyzabon qalam ahllarini 
hurmat-ehtirom ila tilga oladi. Jumladan: Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, 
Shayxim Suhayliy, Husan Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, 
Muhammad Solih kabi o'nlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad 
Udiy , Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli G'ijjakiy, Husayn Udiy, 
Behzod, Shoh Muzaffar kabi ko'plab san'atkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy 
faoliyatlariga xolis baho beradi (II ,26, 134).
Shoh, adib, shoir, lashkarboshi Boburning "Vaqoye" ("Voqealar") 
keyinchalik "Boburnoma" nomida shuhrat qozongan asari Zahiriddin Boburning 
ongli hayoti va faoliyati muhim qismining kundaliksimon bayonidir. Shuning 
uchun shoir bu asar va uning o'z tarjimayi holiga nechog'liq daxldorligi xususida 
bir ruboiysiga shunday yozadi: 



Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin