4. Muallifning ayollarga nisbatan axloqiy-ma'naviy, umuminsoniy qadriyatlar
nuqtai nazaridan munosabati tahlillar jarayonida yoritib boriladi.
5. Xotin-qizlar timsolini yaratishda muallifning badiiy mahorati masalalari
imkon qadar tadqiq etiladi.
Tadqiqot manbai va nazariy – usuliy asosi. Mustaqil diyorimizda ma'rifatga
alohida e'tibor qaratilib, bu masalalar davlat dasturi maqomiga ko'tarildi. Birinchi
Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridek, "Biron bir jamiyat ma'naviy
imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay
hamda mustahkamlamay turib, o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi" (I, 6, 326).
"Mamlakatimiz ilm-fani rivojiga buyuk hissa qo'shgan ajdodlarimizning madaniy
meroslari xalqimizning ma'naviy boyligidir" (I, 1, 99) . Undan unumli, oqilona
foydalanish va ushbu muqaddas merosni qadrlash har birimiz uchun farz ham
qarzdir. Zero, "...buyuk ajdodlarimizning ulug' nomlari, xalq xotirasi va uning
taqdiri munosib davom etishga loyiqdir" (I, 2, 160). Yuqoridagi fikrlar bitiruv
malakaviy ishining g'oyaviy asosini belgilasa, tadqiqotning metadalogik asosini
adabiy meros va uning ma'naviy-ma'rifiy, amaliy ahamiyati kabi masalalar tashkil
etadi. Shuningdek, mavzuni yoritishda Abdurauf Fitrat, Porsoxon Shamsiyev,
Saidjon Aliyev, Vohid Zohidov, Aziz Qayumov, Botirxon Valixo'jayev, Hasan
Qudratillayev, Rahim Vohidov, Vahobjon Rahmonov, Karomat Mullaxo'jayeva,
G'ofurjon Satimovlarning ilmiy tajribalari asos qilib olindi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu
kichik tadqiqotning natijalarida o'rta umumta'lim maktablarida, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida, o'zbek mumtoz tarixini o'qitishda amaliy foydalanish
mumkin. Shuningdek, turli tashkilot va muassasalarda o'tiladigan ma'rifat
darslarida ushbu kichik tadqiqotda mavjud tahlil va dalillardan foydalanish
mumkin. Ishimiz adabiyot tarixi bilan shug'ullanuvchilar, Boburning ko'pqirrali
ijodini tadqiq qiluvchilar, talabalar, maktab o'qituvchilari uchun o'quv metodik
qo'llanmalar tayyorlashda ham qo'l keladi.