Resurslari yaratish



Yüklə 191,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü191,01 Kb.
#175623
  1   2   3
867-Текст статьи-2058-1-10-20210324



MOBIL TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA ELEKTRON TA’LIM 
RESURSLARI YARATISH 
Karimova Charos Abduxalim qizi 
Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti 
E-mail: 
bcharos2020@gmail.com
 
Tangirov Xurram Ergashevich 
Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi 
E-mail: 
xurramtangirov@gmail.com
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mobil texnologiyalari asosida elektron ta’lim 
resurslarini yaratish haqida keng ma’lumot keltirilgan bo‘lib, mobil ta’lim, mobil 
ta’limning imkoniyatlari, qulayliklari yoritilgan. Jahon tendensiyalari tahlili ta’lim 
jarayonida turli pedagogik vazifalarni hal etish uchun mobil texnologiyalardan 
foydalanishning ulkan hayotiy ahamiyatga ega ekanligini namoyish etmoqda. 
Shuningdek, maqolada mobil texnologiyalariga asoslangan elektron ta’lim 
resurslarini yaratish texnologiyasi, mobil kitoblarni yaratuvchi dasturlar, mobil 
qurilmalardan ta'lim maqsadlarida foydalanishning bir necha yo‘llari ham 
keltirilgan. 
Kalit so‘zlar:
Mobil ta’lim, mobil qurilmalar, mobil texnologiyalar, 
Axborot komunikatsiya texnologiyalri, dars jarayoni, bilim, ko‘nikma, ta’limiy 
maqsadlar, sayt, resurs, multimedia vositalari,smatfon, planshet. 
Bugungi kunga kelib ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarining
mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. 
Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida
globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidadir. Globallashuv o‘z-o‘zidan
tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni
qayta ishlash va amaliyotga samarali tadbiq etishni taqozo etadi. Bu tarzda 
harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni 
yuqori darajada egallay olgan, shuningdek, global Internet tarmog‘ida mavjud
ko‘p hajmli axborot oqimidan zaruriy ma’lumotlarni ajrata olish, ilmiy
yangiliklarni tezda o‘zlashtira olish qobiliyati, boy tajriba va mahoratiga ega 
bo‘lgan kadrlargina ega bo‘ladilar. 
Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojatida taraqqiyotga 
erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini 
egallashimiz zarur va shart ekanligini taʼkidlagan edi. Zamonaviy bilim va 
ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z 
zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni 
tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.


So‘nggi yillarda mobil qurilmalar va mobil ta'lim resurslaridan foydalanish 
nazariyasi va amaliyoti masalalari turli ilmiy tadbirlarda faol muhokama 
qilinmoqda. 
Jahon tendensiyalari tahlili ta’lim jarayonida turli pedagogik vazifalarni hal 
etish uchun mobil texnologiyalardan foydalanishning ulkan hayotiy ahamiyatga 
ega ekanligini namoyish etmoqda. Mobil ta'lim deganda, mobil qurilmalar orqali 
ta'limni rejalashtirish va amalga oshirish nazarda tutiladi. 
Mobil ta’lim (M-learning) atamasi bundan o‘n besh yillar oldin ingliz 
tilidagi pedagogik adbiyotlarda, hozirgi kunda esa bizningmamlakatimizda ham bu 
atama foydalana boshladi. Mobil ta’lim (m-ta’lim) mobil va portativ qurilmalardan 
foydalanib, o‘qishni va ta’limni tashkillashtirish imkonini beradi. 
Mobil qurilmalar yordamida nazariy va amaliy ta’lim berishga mo‘ljallangan 
xorijdagi yirik loyihalardan quyidagilarni aloxida takidlash joiz: 
“Mobil ta’lim tizimi” (The Mobile Learning Network Project-MoLenet) 
(Buyuk Britaniya), “Mobil ta’lim muhiti”( Mobile Learning Environment Project- 
the MoLe) (AQSH), “Butun hayot davomida ta’limda mobil texnologiyalar” 
(Mobile Technologies in Lifelong Learning: best practices-MOTILL)(Yevropa 
ittifoqi), “Mobil ta’lim konsorsiumi” (Mlearning Consortium) (Kanada). 
Mobil ta’limga quyidagicha ta’riflar berilgan: 

Yüklə 191,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin