11-mavzu. Qang‘ va Davon davlatlarining tashkil topishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti. (2 soat) Reja



Yüklə 365,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix15.06.2023
ölçüsü365,03 Kb.
#130744
  1   2
11-maruza



11-mavzu. Qang‘ va Davon davlatlarining tashkil topishi va ijtimoiy-siyosiy 
hayoti. (2 soat) 
Reja. 
1. Qang‘ konfederasiyasining tashkil topishi. 
2. Qang‘ davlatining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti.
3. Davan podsholigining tashkil topishi, uning chegaraviy hududlari. 
4. Davan aholisining turmush tarzi, xo‘jaligi va madaniyati. 
5. Xitoy manbalarida Qang‘ va Davon podsholigi. 
Qang‘ davlatining tashkil topishi, uning hududlari, aholisi va etnik 
tarkibi
Antik davr O‘zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ 
davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‘ davlati mavjud bo‘lganligi haqidagi 
ma’lumotlar mil.avv. III asr oxiri – II asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ammo, Qang‘ 
davlati va qang‘arlar tarixining mashhur bilimdoni K. Sh. Shoniyozovning fikricha, 
bu davlat mil. avv III asrning boshlarida paydo bo‘ladi. Keyinroq esa, Yunon-
Baqtriya davlati va qo‘shni ko‘chmanchi kabilalar bilan bo‘lgan kurashlar natijasida 
Qang‘ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik 
davlatlardan biri sifatida tilga olinadi. Dalvtning nomi “qang‘”, “qang‘ar”, 
“qang‘uy” deb nomlanuvchi kabilaning nomidan olingan bo‘lib, etimologiyasi 
munozarali hisoblanadi. 
Qang‘ davlati asosini tashkil etgan kabilalar Sirdaryoning o‘rta va quyi 
oqimlarida istiqomat qilganlar. Davlat tashkil topgan dastlabki davrda uning 
hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan. Tashqi harbiy hujumlar tufayli Qang‘ 
davlati nafaqat mustahkamlanib oladi, balki o‘z chegaralarini ham kengaytirib 
boradi. Ya’ni, mil.avv. II va milodiy I asrda Qang‘ davlatining hududi ancha 
kengayib Toshkent vohasi, O‘rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va Chu daryosining 
quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olar edi.


Qang‘ davlati haqida bizgacha yetib kelgan manbalarda bu davlat hokimiyati 
qanday idora qilingani, boshqaruv tartibi va shakllari haqida aniq ma’lumotlar 
saqlanib qolmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy) Qang‘ 
podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi haqida ma’lumot 
beriladi. Bundan xulosa chiqargan tadqiqotchilar o‘sha davrda tashkil topgan Qang‘ 
davlatida kengash muhim rol o‘ynaganligini, davlat kengashida kabila boshliqlari, 
harbiy sarkardalar faol qatnashganliklarini hamda ularning fikri hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlaydilar. Demak, o‘sha davrlarda podsho saroyi 
qoshida kengash mavjud bo‘lib, podshoning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa 
barcha davlat ishlari va boshqaruvi bilan bog‘liq masalalar ana shu kengash 
yig‘ilishida hal qilingan.
Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir nechta viloyatlarga (yoki mulklarga) 
bo‘lingan bo‘lib, ularning har birini jobg‘u yoki yobg‘u (qad. Xitoy manbalarida – 
chjaovu) deb nomlangan xokimlar boshqargan. Jobg‘ular mamlakat boshqaruvida 
Qang‘ podsholarining asosiy tayanchi hisoblangan. Jobg‘ular podsholarga yaqin 
kishilardan, 
ularning 
qarindoshlaridan, 
yirik 
urug‘-kabila boshliqlaridan 
tayinlangan.
M.I.Filanovichning fikricha, siyosiy tuzilma sifatida Qang‘, ehtimol, mil. avv 
II asrgacha shakllangan ko‘chmanchi va yarim o‘troq kabilalarning Qang‘ 
yo‘lboshchilari qo‘l ostida birlashtirilgan turli-tuman ittifoqlaridan iborat bo‘lgan. 
Dastlab u uncha katta bo‘lmagan kabilalar ittifoqidan iborat bo‘lib, janubda 
yuechjilar hokimiyatiga bo‘ysunsa, sharqda xunnlarga qaram edi. Ammo, mil.avv. 
II-mil. II asrda asta-sekinlik bilan u qudratli davlatga aylanadi. Bu davrda Qang‘ 
davlati manbalarda 120 ming deb ko‘rsatiluvchi kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan va 
qo‘shni Xitoyga nisbatan g‘oyatda mustaqil siyosat olib borgan.
Arxeologik manbalarning guvohlik berishicha, Qang‘ qo‘shinlaridagi otliq 
suvoriylar yuechji suvoriylari kabi yubka shaklidagi burmali sovut, ko‘krakka 
taqiladigan qalqon kiyishgan. Baland po‘lat yoqalar ularning bo‘ynini himoya qilsa, 
dubulg‘alar boshni omon saqlagan. Qurollardan qilichlar, nayzalar, jangovar 
boltalar, kamon va o‘qlar keng tarqalgan edi. Har bir bo‘linma ajdar shaklidagi 


o‘zining maxsus tug‘iga ega bo‘lgan. Demak, Qang‘ davlati qo‘shinlarida 
qurollanish va harbiy san’atga alohida e’tibor berilgan.
Katta Xan sulolasi tarixida «qang‘lilar mamlakati podshosining turar joyi 
Loyuenidagi Bityan shahrida» deb ma’lumot beriladi. Boshqa tarixiy manbalarda 
Loyueni nomi uchramaydi. Binobarin, uning qaerda joylashganligi aniqlanmagan. 
K. Shoniyozov Bityan shahrini Toshkent vohasida joylashgan deb hisoblaydi. 
Chunki tarixiy manbalarda aytilishicha, Yaksart-Sirdaryo bo‘yida qadimgi Kanha – 
Kanka shahri xarobalari joylashgan. Yu.Buryakov uzoq yillik arxeologik tadqiqotlar 
olib borish natijasida Kanxa shahri mil.avv. III-II asrlarda paydo bo‘lganligini 
aniqladi. Demak, manbalarda eslatilgan Bityanning tashkil topgan vaqti Kanka 
shahri paydo bo‘lgan davrga mos keladi. Bu nomlar bitta shaharning ikki xil 
nomlanishidir. Ushbu shahar Sirdaryoning o‘ng irmoqlaridan biri Ohangaronning 
quyi oqimida (hozirgi Toshkent vil. Oqqo‘rg‘on tumani hududida) joylashgan.
Kanka haqida dastlabki ma’lumotlar Avestoning eng eski qismlari bo‘lgan 
Yashtlarda Turon kabilalarining turar-joylari sifatida eslatiladi. Sosoniylar davri 
(224-651 yy.) manbalarida bu shahar «Qandesh» yoki «Qandiz» shaklida tilga 
olinadi. Shuningdek, Firdavsiyning «Shohnoma» asarida ham Kanka shahri bir 
nechta marta tilga olinadi. Undan tashqari o‘rta asrlar geograflari asarlarida bu 
ko‘hna shahar «Kenkrak», «Xarashkent», «Tarband» nomlari bilan eslatib o‘tiladi.
Yuqorida eslatilgan Katta Xan sulolasi tarixida «Qang‘ podshosining yozgi 
qarorgohi Loyuenidan yetti kun yo‘l yurib boriladigan yerda joylashgan» degan 
ma’lumot beriladi. Shi-gu solnomalarida ta’kidlanishicha «Qang‘ hokimi qishda 
(sovuqda), yozda (issiq paytlarda) bir yerda yashamas edi». Bu bilan bu fasllarda 
ularning turar-joylari boshqa –boshqa yerda bo‘lishi o‘qtirib o‘tiladi. K. 
Shoniyozovning fikricha, keltirilgan axborotdan Qang‘ davlati o‘sha davrlarda 
(mil.avv. III-I, mil. I-V asrlar) asosan yarim o‘troq kabilalar davlati ekanligini 
tushunib olish qiyin emas. O‘troq aholidan tashqari Qang‘ davlatining chegarasida 
bir qancha kabilalar mavjud bo‘lib, ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik 
bilan ham shug‘ulllanib kelganlar. Ular bahor va yoz oylarida o‘z chorvalari bilan 


ko‘chib yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa an’anaviy qishlov joylariga 
ko‘chganlar.
Antik davrda Qang‘ podsholarining yozgi qarorgohlari an’anaviy qishlov 
joylaridan shimolda o‘rta asrlardagi O‘tror shahri o‘rnida hozirgi Qozog‘istonnig 
Aris va Turkiston shaharlari o‘rtasida joylashgan. Keyinroq, ya’ni, ilk o‘rta asrlar 
davriga kelib yarim mustaqil Choch hukmdorlari O‘trorni o‘z qo‘llarida saqlab 
qolganlar. Bu shahar ularning yozgi qarorgohi hisoblangan.
Mil.avv. II-I asrlarga kelib Qang‘ davlati kuchayishi natijasida bir qancha 
viloyatlar unga tobe etiladi. N. Ya. Bichurin, Xitoy solnomalarida qang‘lilarga 
tegishli qo‘yidagi beshta viloyatlar haqida ma’lumotlar borligini ta’kidlaydi: Suse 
(Susye), Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan. Ushbu viloyatlarning qaysi hududlarda 
joylashganligi haqida tadqiqotchilar orasida yagona fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar 
(V. V. Bartold, M. Ye. Mason, S. P. Tolstov) Suseni-Kesh (Shaxrisabz), Fumuni-
Zarafshondagi Kushoniya, Yunini-Toshkent, Gini-Buxoro, Yuegyanni-Urganch va 
uning atroflari bilan aynan bir deb hisoblaydilar. Ammo, Qang‘ga tobe 
viloyatlarning bunday joylashtirish to‘la holda ilmiy asoslanmagan bo‘lib, 
munozarali hisoblanadi.
Qang‘ davlatining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lib, uning anchagina katta 
hududlarida Sug‘diyona, Xorazm va Toshkent vohasida yashovchi dehqonchilik, 
hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan o‘troq aholi bilan 
birgalikda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadar kabilalar (saklar, 
massagetlar, toharlar, alanlar va boshqalar) istiqomat qilganlar. Sirdaryoning o‘rta 
oqimida yashagan qang‘lilar Qang‘ davlati tashkil topishida asosiy o‘rinni egallagan 
bo‘lib, Qang‘ podsholari asosan qang‘lilar bo‘lgan.
Mil.avv. II - mil. II asrlarda Qang‘ davlati o‘z rivojlanishining yuqori 
cho‘qqisiga ko‘tariladi. Qang‘ podsholariga bo‘ysunuvchi yarim mustaqil 
viloyatlarni birlashtirgan bu davlat o‘z vaqtida anchagina kuchli bo‘lib, o‘zbek 
davlatchiligi tarixida o‘z o‘rniga egadir. Agarda antik davrda O‘rta Osiyoning 
janubida shakllangan Kushon va Parfiya davlatlari Ahamoniylar, Aleksandr 
Makedonskiy, Salavkiylar asos solgan davlatlar an’analarini o‘zlashtirib taraqqiy 


etgan bo‘lsa, Qang‘ davlati taraqqiyotida ko‘chmanchilar davlatchiligi belgilari 
borligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 365,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin