13-Mavzu: Korrekssiya (maxsus) pedagogika-fan sifatida. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan pedagogik korreksion ishlar.
Reja:
1. Korreksion pedagogika - pedagogika fanining tarmog`i sifatida.
2. Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari, kategoriyalari. Anomal bolalar va ularni klassifikatsiyalash. Anomal bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning asosiy yo`nalishlari.
3. Aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarni o`qitish. Ruhiy rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan o`tkaziladigan korreksion ishlar.Nutqida nuqson bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish.Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarni o`qitish.Ko`zi ojiz va zaif ko`ruvchi bolalar bilan olib boriladigan pedagogik- korreksion ishlar.Tayanch-xarakati a’zolarida nuqsoni bor bolalarni o`qitish vatarbiyalash.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati.
Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
Korrektsion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi.
Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit jarayon.
Dostları ilə paylaş: |