1. Korreksion pedagogika fanining tarmog`i sifatida


Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi



Yüklə 35,93 Kb.
səhifə14/14
tarix15.06.2023
ölçüsü35,93 Kb.
#130559
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. Korreksion pedagogika fanining tarmog`i sifatida

Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi:
- eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari, shuningdek, eshitishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko’ra ularni o’qitish qonuniyatlarini pedagogik jihatdan o’rganish;
- eshitish qobiliyati buzilgan turli kategoriyadagi bolalar uchun maxsus ta’lim mazmunini ishlab chiqish, uni ilmiy jihatdan asoslash va amaliy amalga oshirish;
- eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni o’qitishning didaktik va maxsus metodikalarini yaratish;
- qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha maxsus ta’lim texnologiyalarini yaratish, pedagogik sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va boshqalar.
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida eshitish qobiliyati bir oz pasaygan bolalar o’qishi mumkin. O’qituvchi bola tomonidan darsda bildirilayotgan fikrlarni yaxshi eshita olishiga e’tibor berishi, buning uchun bolani birinchi yoki ikkinchi partaga, iloji bo’lsa o’rta qatorga o’tkazish kerak. SHuningdek, o’qituvchi bola uning gaplarini to’g’ri tushuna olganligi, topshiriqni to’g’ri bajarayotganligini nazorat qilib turishi kerak. Ba’zida eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida eshitadigan tengdoshlari bilan birga muvaffaqiyatli o’qiydilar.
O’qituvchi eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bola sinfga qabul qilinganda ularning psixofiziologik hamda nutq rivojlanishi xususiyatlarini bilishi talab etiladi.


Ko’rish qobiliyati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Ko’rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari. Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash xususiyatlari bilan tiflopedagogika shug’ullanadi (yunoncha «typhlos» – ko’r) – korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Ko’rish ko’rish analizatori yordamida borliqni sezish va qabul qilishdir. Miya ko’rish orqali tashqi dunyo haqidagi ma’lumotlarni oladi.
Bolaning ko’rish qobiliyati buzilganda uni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash jarayonlarida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Bolalarda ko’rish qobiliyati buzilishining sabablari turlicha bo’lib, ular nasliy kasalliklar, homila ona qorinida rivojlanayotganda ko’rish organlari patologiyasining yuzaga kelishi, homiladorlik paytida onaning tokeplazmoz, qizamiq va boshqa og’ir kasalliklar bilan og’rishi va hokazo omillardan iborat bo’lishi mumkin.
Ko’rish qobiliyatining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’ladi.
Tug’ma ko’r bo’lish homilaning zararlanishi sababli yuzaga keladi. Ko’rish nuqsonlarining yuzaga kelishida nasliylik ham ko’zga tashlanadi.
Orttirilgan ko’rlik odatda ko’rish organlari – to’r pardasi, shoh parda yoki markaziy nerv tizimining kasallanishi (meningit, miya shishi, meningoentsifalit), organizmning umumiy kasallanishidan keyingi asoratlari (kor, gripp, skorlatina), shuningdek, miya yoki ko’zning jarohatli shikastlanishi (boshi yaralanishi, shikastlanishi) oqibatida bo’lishi mumkin.
Ko’rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Ko’r tug’ilganlar.
Erta ko’r bo’lib qolganlar.
Uch yoshidan keyingi ko’r bo’lib qolganlar.
Ommaviy maktablarda ta’lim olganda yomon ko’ruvchi bola jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi kabi xususiyatlar predmetlarni tanib olish, ularning shaklini ajratish, o’ziga xos belgilarini bilib olishda ma’lum qiyinchiliklariga olib keladi. Bolalar satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o’qish texnikasi egallab olish, o’qilganlarning mazmunini tushunishga halaqit beradi. Oddiy maktabda yomon ko’ruvchi bolalar doskada nima yozilganligini ko’rmaydilar, qarab bajariladigan ishlarni tashkil etishda yomon ko’radigan bolalar tez charchaydilar, bu ularning ish qobiliyatlarini pasaytiradi. Pedagoglarning oldidagi eng muhim vazifa - yomon ko’radigan bolani o’z vaqtida aniqlash, unga maxsus ta’lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun PMPKga yuborishdan iborat. YOmon ko’radigan bolalarni o’qitish va tarbiyalash asosan maxsus (korrektsion) maktablarda amalga oshiriladi.
Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion o’qitish va tarbiyalash. Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalari bilan tiflopedagogika (yunoncha «typhlos» – ko’r) – korrektsion pedagogika (defektologiya)ning yana bir sohasi shug’ullanadi.
Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o’qituvchi korrektsion ishlarning o’ziga xos jihatlarini bilishi zarur.
Refraktsiyasi anomaliyali bolalar tuzatuvchi ko’zoynak taqishlari kerak. Lekin ko’zoynak taqishda bolalar pedagogning ularga diqqat bilan munosabatda bo’lishlariga muhtojlik sezadilar. Maktabda va uyda o’quv ishlarini bajarishda sanitar-gigiyenik talablarga amal qilish lozim. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bola uchun ish o’rni to’g’ri va yetarlicha yoritilgan bo’lishi kerak. Bunday bola deraza yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o’tkazilishi kerak. YAqinni ko’radigan bola ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o’tkazilishi zarur. Uzoqni ko’radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o’tkazilishi talab etiladi.
O’qituvchi o’quvchining doska, jadval va xaritadagi o’quv materiallarini qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak. Anomal refleksiyali bolalarda ko’zi charchashi ko’p kuzatiladi. SHuning uchun dars paytida ularga ko’rish ishlarini boshqa turdagi ishlar uyg’unlashtirib berishi zarur. Anomal refleksiyali bola 10-15 minut davomida intensiv ko’rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki derazaga) qarashi kerak, bu ko’rish charchog’ining bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko’rish qobiliyati ancha og’ir bo’lgan – ko’r va yomon ko’radigan bolalarni o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko’rish qobiliyati og’ir buzilgan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.
O’z sinflarida og’ir ko’rish qobiliyati buzilgan bola bo’lgan o’qituvchilar bolaga differentsial yondashuv asosida munosabatda bo’lishlari zarur. Buning uchun sinfdagi o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko’rish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan bolaning ish o’rni esa ko’shimcha yoritilgan bo’lishi kerak. O’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o’qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi zarur. O’qituvchi o’zining har bir harakati mohiyatini so’z yordamida sharhlab borishi,
Sinfida ko’r yoki yomon ko’radigan bola bo’lgan o’qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko’radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
Tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o’qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funktsiyalarining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar tserebral paralichi (BTSP), poliomiyelit);
2) tayanch-harakat apparatining tug’ma patologiyasi; sonning tug’ma chiqqanligi; bo’yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog’onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo’l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo’li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug’ma mayiblik);
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo’l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomiyelit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo’lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini tserebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo’ladi. SHu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korrektsiyaga ham muhtoj bo’ladilar.
Harakatlanish buzilishlari o’rtacha darajada bo’lgan bolalar yurishni o’rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko’chada mustaqil, qo’rqmay yura oladilar, o’zlariga to’la xizmat ko’rsatadilar.
Yüklə 35,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin