1. Korreksion pedagogika fanining tarmog`i sifatida


Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar



Yüklə 35,93 Kb.
səhifə9/14
tarix15.06.2023
ölçüsü35,93 Kb.
#130559
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. Korreksion pedagogika fanining tarmog`i sifatida

Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar.
Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi:
1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishidan ortda qolgan bolalar).
2. Nutqi buzilgan bolalar.
3. Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko’rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan)
4. Tayanch-harakatli apparati buzilgan bolalar.
5. Rivojlanishida kompleks buzilish bo’lgan bolalar.
Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat hisoblanadi.
Bolaga korrektsion ta’sir ko’rsatishning samaradorligi mavjud nuqson xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funktsiyalarining buzilganlik darajasi, bolaning yoshi, nuqsonlar o’rnini to’ldirishga imkon beruvchi qobiliyati, tibbiy-pedagogik ta’sir ko’rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog’liq. Anomal bolalarning ma’lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta’sirga muhtoj bo’lsalar, boshqa guruhlari ularga esa davolash–sog’lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma’lum muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korrektsion ishlar tamoyillari va metodlari. Rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar maxsus, korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaga muhtoj bo’ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tegishli muassasaga joylashtirish, korrektsion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan sonli va sifatli ko’rsatkichlarini aniqlash muhimdir.
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o’qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarni tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar (PMPK) shug’ullanadilar. Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamoyillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:
Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o’z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o’z vaqtida yaratib berishdan iborat bo’lib, u bolani izchil va batafsil o’rganish, uning yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llari va vositalarini izlashni talab etadi.
Bolalarni kompleks o’rganish tamoyili bolaga tashhis qo’yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo’yicha olingan ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo’lsa, bola qayta tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish tamoyili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish uning o’quv, mehnat va o’yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
Bolani dinamik o’rganish tamoyilga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o’qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vo’gotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” - bolalarning o’qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo’lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qa’tiylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
Ma’lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta’lim muassasasi o’zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
Rivojlanishida mavjud bo’lgan chetlanishlar darajasiga ko’ra differentsatsiyalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko’ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o’qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o’qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko’zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo’yicha), yomon ko’ruvchilar esa ko’rish asosida o’qitiladi).
8. YOshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni tekshirish va ularga korrektsion yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar: pedagog, psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga defektologik ta’lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:
Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o’rnatish vositasi bo’lib, anomal bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to’plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo’lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko’rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o’tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o’tkaziladi. Bolani o’yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o’rnatishga imkon beradi. Ayrim hollarda o’yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o’tkaziladi.
Rasmlarini o’rganish metodi. Rasmlar bolani o’rganishda muhim differentsial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg’otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular syujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o’rganilishi kerak bo’lgan psixik jarayonni qo’zg’atuvchi ma’lum vaziyatlarni yaratishni ko’zda tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko’rsatish mumkin bo’ladi.
Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda qo’llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlarni o’tkazishda bola haqida zarur qo’shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
Aqliy va psixik rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomalari. Tadqiqotlar predmetlarni o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunktsiyalari ekaniligini ko’rsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o’zlashtira olmaydigan o’quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi.
PROQni bolalar rivojlanishini ko’rsatuvchi anomaliya sifatida o’rganish XX asrning 50-yillarning oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi.
Tadqiqotchilar (G.B.SHoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi to’rt variantini keltiradilar:
1) konstitutsional kelib chiqish;
2) somatogen kelib chiqish;
3) psixogen kelib chiqish;
4) tserebral–organik kelib chiqish.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladilar. Ular maktabda o’qishga to’la tayyor emaslar, ularda maktabda o’qish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar shakllanmagan, dastur talablarini o’zlashtirish uchun layoqati yetarli emas. Ular maxsus yordamsiz hisoblash, o’qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni o’rgana olmaydilar. Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy toliqish kuzatilib, tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini bajarmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Ko’pincha boshlari og’riydi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o’ziga xos. Maktabda ular o’zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o’qishga nisbatan qiziqish yo’q yoki juda past bo’liB, maktabga nisbatan ijobiy munosabat kuzatilmaydi. O’yin ular uchun asosiy faoliyat bo’lib qoladi.
PROQli bolalarni ko’pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni o’zaro farqlashda ayrim omillar qo’l keladi. CHunonchi, PROQ bolalarda oddiy bilimlarni o’zlashtirish, hisoblash ko’nikmalarini egallab olishda qiyinchilik ko’zga tashlanishi bilan birga she’r yoki ertaklarni eslab qolish qobiliyati va idrok etish faolligi ancha yuqori bo’ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif bolalarda kuzatilmaydi.
Ko’pchilik hollarda PROQ (ZPR) o’quvchilar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladilar. Ular bilan individual korrektsion ishlar olib borilmaydi, shu bois ular amalda o’quv jarayonidan chetda qoladilar va predmetlarni o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular maxsus tashkil etiluvchi korrektsion-rivojlantiruvchi ta’limga muhtojlar. Ularga alohida e’tibor ko’rsatish talab etiladi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib borishning xususiyatlari. O’zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, ular ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o’qitishlari mumkin.
Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati – 4-5 yil).
2. Asosiy umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil).
Bolalarni korrektsion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo’yicha ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko’ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o’quvchidan iborat bo’ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaf etilishiga ko’ra ommaviy umumiy o’rta ta’lim muassasalariga o’tkazilishlari mumkin.
Ikkinchi bosqichda ta’lim (V-IX sinflar) ayrim o’zgartirishlar (muayyan o’quv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarda ta’limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o’quv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday o’quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni korrektsion o’qitish davolash-sog’lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi zarur. O’quv materiali hamda ta’lim metodi PROQ bolalarning rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur.
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo’lishi sabablari. Aqli zaiflikni o’rganish bilan bog’liq masalalar korrektsion pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.

Yüklə 35,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin