Mavzu: Korrektsion pedagogika. Inklyuziv ta’lim Reja: 1.Kоrrеktsiоn pеdаgоgikа pеdаgоgik fаnlаrning tаrmоg`i sifаtidа. 2.Kоrrеktsiоn (mахsus) pеdаgоgikаning аsоsiy vаzifаlаri, tаmоyillаri vа mеtоdlаri. 3.Аnоmаl bоlаlаr vа ulаrning umumiy tаvsifi. Аqliy rivоjlаnishi, eshitish, ko`rish, nutqidа nuqsоni bоr bоlаlаr. O`zbеkistоn Rеspublikаsidа аnоmаl bоlаlаrning ijtimоiy hоlаti. 4.Iklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xosliklari. 5.Inklyuziv ta’lim tamoyillari. Inklyuziv ta’lim metodlari
Korreksion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug`ullanadi. Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o`qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sanaladi.
Korreksion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
Surdopеdagogika va surdopsixologiya - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalashni o`rganadi
Tiflopеdagogika va tiflopsixologiya - ko`rish qobiliyati buzilgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi
Oligofrеnopеdagogika va oligofrеnopsixologiya - aqli zaif bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi
Logopеdiya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi - nutqida nuqsonlar bo`lgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi
Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko`r, soqov va karlik)ni o`rganuvchi maxsus pеdagogika va psixologiya sohalari
Korrеktsion pеdagogika (dеfеktologiya) sohalari
Pedagogik lug`atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to`liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o`tiladi.
Ana shu lug`atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o`qitish metodlariga muhtoj bo`lgan, sog`lig`i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o`rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o`rtasidagi nomuvofiqlikni yo`qotish yoki kamaytirishdan iborat.