Mavzu: Korrektsion pedagogika. Inklyuziv ta’lim Reja


Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korreksion ishlar olib borishning xususiyatlari. O’



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#162031
1   2   3   4
korreksion pedagogika inklyuziv tal

Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korreksion ishlar olib borishning xususiyatlari. O’bekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o`rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o`qitishlari mumkin.
Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Boshlang`ich umumiy o`rta ta’lim (ta’lim muddati – 4-5 yil).
2. Asosiy umumiy o`rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil).
Bolalarni korreksion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo`yicha ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko`ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o`quvchidan iborat bo`ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaf etilishiga ko`ra ommaviy umumiy o`rta ta’lim muassasalariga o`tkazilishlari mumkin.
Ikkinchi bosqichda ta’lim (V-IX sinflar) ayrim o`zgartirishlar (muayyan o`quv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o`rta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda ta’limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o`quv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. Aqli zaif bola bilan korreksion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va ikkilamchi chetlanishlarning olidini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o`z vaqtida o`tkazish juda muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog`liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog`chalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bo`lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar bog`chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o`qitish maxsus bolalar bog`chasidagi kabi maxsus dastur bo`yicha olib boriladi.
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korreksion) maktablarda o`qitiladilar, bu yerda o`qitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur bo`yicha olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o`rta ta’lim fanlari (ona tili, o`qish, matematika, geografiya, tarix, tabiat, fizkultura, rasm, musiqa, chizmachilik) bilan birga maxsus korreksion fanlarni ham o`qitiladi. Maxsus maktablarda mehnat ta’limi muhim o`rin egallaydi. Mehnat ta’limi IV sinfdayoq professional xususiyatga ega bo`lib, bolalar o`zlari bajara oladigan kasbni o`zlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega bo`lib, asosiy maqsad tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash, atrofdagilar va o`zlariga to`g`ri baho berishga o`rgatiladilar. Ayni vaqtda respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab-internatlari tashkil etadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin