O‘zbek bolalar adabiyotida topishmoqlarning o‘rni va ahamiyati Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna Fardu dotsenti G‘anijonova Dinora Odiljon qizi Fardu talabasi Annotatsiya



Yüklə 15,5 Kb.
səhifə1/3
tarix26.12.2023
ölçüsü15,5 Kb.
#198126
  1   2   3
Dinora Maqola topishmoq 1


O‘zbek bolalar adabiyotida topishmoqlarning o‘rni va ahamiyati

Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna


FarDU Dotsenti
G‘anijonova Dinora Odiljon qizi
FarDU talabasi
Annotatsiya:
Maqolada o‘zbek bolalar folklori, topishmoqlarning yaratilish tarixi, bolalar adabiyotida topishmoqlarning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: folklor, xalq og‘zaki ijodi, topishmoq.

Kirish. Ma’lumki, folklor barcha san’atning boshlanishi. Xalq taqdiri bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. U musiqa, raqs, hunarmandchilik, tasviriy va badiiy san’atlar bilan bog‘liq tasavvurlarni o‘z ichiga oladi. Xalq ijodi na’munalari har galgi ijroda an’analarning davomiyligini saqlagan holda muttasil yangilanib, o‘zgarib,mukammallashib boraveradi. Shuning uchun ham xalq ijodi na’munalari ko‘plab variantlikka ega. Ana shu variantlik xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xosligini ta’minlab beruvchi eng muhim jihatlardan biridir.
Folklor ( inglizchadan folk – “xalq”, lore – “bilim”, “donolik” ) – xalq ijodini ifodalovchi termin. Fanga 1846-yilda ingliz arxeologi William Thoms olib kirgan. 1880–1990-yillarda “folklore” termini ko‘plab mamlakatlarda, jumladan Rosiiyada ham qo‘llana boshlagan. O‘zbekistonda dastlab, “og‘zaki adabiyot”, “og‘iz adabiyoti” atamalari qo‘llangan. “Folklor” termini 30-yillarning o‘rtalaridan ishlatila boshlagan. 1939-yilda Hodi Zarifning “O‘zbek folklori” xrestomatiyasi nashr etilgach, bu termin o‘zbek folklorshunosligida mustahkam o‘rin oldi.1
Topishmoqlar dunyo xalqlari folkloridagi eng qadimgi kichik janrlardan biri hisoblanadi. Bu o‘zbek topishmoqlariga ham xos xususiyatdir. Biroq “kichik”
atamasini nisbiy ma’noda qabul qilish zarur. Zero, xalq og‘zaki ijodida shunday topishmoqlar borki, ularning mazmunini butun boshli ertak yohud dostonga teng deb qarashimiz mumkin. Topishmoq – bu narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o‘quvchining ixtiyoriga qoldiradigan o‘yin bo‘lib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay, bilvosita aytib beradi. Topishmoq, topmacha, jumboq, matal – xalq og‘zaki poetik ijodining eng qadimiy va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urf-odatlari ma’lum darajada o‘z ifodasini topadi. Topishmoqda yechilishi mumkin bo‘lgan so‘roq majoziy shaklda ifodalanib, uning ma’nosi yashirincha bo‘ladi. Topishmoqda narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga o‘xshatish, o‘zaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. Topishmoqlar ba’zan nasriy, ko ‘pincha she’riy shaklda, kompozitsion va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor bo ‘ladi. Masalan, “Bir parcha patir, olamga tatir” (Oy), “Oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan” (Qor). Ayrim topishmoqlar mqol xususiyatiga ham ega bo ‘ladi. Masalan, “Hammaga to‘n tikaman, o‘zim yalang‘och” (Igna). Topishmoqlarda metafora, o‘xshatish, mubolag‘a, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Masalan, “O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich” (Igna), “Yer tagida oltin qoziq” (Sabzi), “Zilzil gilam, zil gilam, zildan ham og‘ir gilam” (Yer) kabi.
Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. Topishmoqdan doston va ertaklardan keng foydalaniladi. “Oshiq Oydin”, “Oshiq Alvand”, “Xirmon Dali”, “Yozi bilan Zebo”, “Alpomish” va boshqa dostonlarda, “Podsho bilan donishmand chol” ertagida topishmoq namunalari bor. 2
Topishmoqlar xalqning turmush tarzi va qadimiy e’tiqodlari ifodasi sifatida yuzaga kelgan. Ular shartli nutq natijasida qadimiy ajdodlarimizning ibtidoiy animistic va totemistik qarashlari shakllana boshlagan davrlarda – “insoniy shuur endigina uchqunlana boshlagan zamonlarda” paydo bola bo‘la boshlagan. Qadimgi ajdodlarimiz tabiat stixiyasi oldidagi ojizliklari tufayli narsalarni, odamlarni. Hayvonlarni, qushlarni o‘z nomlari bilan aytmay, ularni g‘ayritabiiy kuchlar zararidan, ins-u jinslar va balo-qazolardan omon saqlashni ko‘zlab, boshqa so‘zlar bilan pardali qilib ayta boshlashlari tufayli ilk topishmoqlar yuzaga kelgan, buning izlarini hozirgi topishmoqlarda ham kuzatish mumkin, aytaylik, otani-nor, momoni -tuya, echkini-Abdukarim, quyonni-uzunquloq, itni- shalpangquloq, ko‘zni darcha deb atalishida o‘sha sirlilik nishonalari mavjud.
Predmetli topishmoqlarda yashiringan aniq narsaning individual xususiyatlari lo‘nda, siqiq, sodda va tushunarli tarzda badiiy so‘z vositasida chizib beriladi. Ularda borliqdagi narsalarning o‘zaro o‘xshashligi va yaqinligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shu ma’lumotlar yordamida inson tevarak-atrofidagi narsa-hodisalarning serqirraligini his qiladi. Predmetli topishmoqlarda yashiringan narsaning miqdori muhim rol o‘ynaydi. Shu xususiyatiga ko‘ra topishmoqlar ikki turkumga ajratiladi:
1. Bir predmetli topishmoqlar.
2. Ko‘p predmetli yoki murakkab topishmoqlar.

Yüklə 15,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin