O‘zbek bolalar adabiyotida topishmoqlarning o‘rni va ahamiyati Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna Fardu dotsenti G‘anijonova Dinora Odiljon qizi Fardu talabasi Annotatsiya



Yüklə 15,5 Kb.
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü15,5 Kb.
#198126
1   2   3
Dinora Maqola topishmoq 1

Bir predmetli topishmoqlar. Bu xildagi topishmoqlarda birgina narsa jumboqlanadi, jumboq ham bitta, javob ham bittadir: “Bossang, vaqillaydi”, “Jar boshida jarti supra” topishmoqlari birgina satrdan iborat holda jumboqlangan va
“baqa” hamda “quloq” singari birgina javobga ega. Bunday topishmoqlar ikki, uch, to‘rt satrli ham bo‘lishi mumkin. “Oy”ni yashirgan “Bir parcha patir– olamga tatir” ikki satrli; “baliq”ni yashirgan “suv ichar ko‘ldan, ko‘zlari nurdan, terisi puldan” uch satrli va “toshbaqa”ni yashirgan “”Beli, beli belang ot, Beli qalin yo‘g‘on ot, Tog ‘u toshdan yumalab, Tura kelar to‘rig‘ ot” to‘rt satrli bo‘lsa-da, bir predmetli topishmoqlardir.Chunki ulardagi har bir satrda yashiringan narsaning bir belgi-xususiyati ta’rif, yo tavsif qilingan. Biroq aslida birgina narsani jumboqlagan, bir necha mustaqil topishmoqlar o ‘zaro birlashib, bir butunlik hosil qilishgan bo ‘lsa-da, baribir, birgina javobga ega bo ‘lib, bir predmetli topishmoqligicha qolavergan:
Masalan, Chopsa– chopilmas,
Bo‘lsa– bo‘linmas,
Kessa– kesilmas,
Ko‘msa– ko‘milmas,
Yo‘nsa– yo‘nilmas.
Besh satrning har biri mustaqil topishmoq sifatida “soya” hodisasini
yashirganidek, bir butun holatida ham shu yagona javobga ega. Bu xildagi topishmoqlar soda topishmoqlar, deb ham yuritiladi.
Ko‘p predmetli yoki murakkab topishmoqlar. Yuqorida ko‘rilganidek, hamma birlashgan topishmoqlar ham bir predmetli bo‘lavermaydi. Aytaylik,
Tog‘da talaymonni ko‘rdim,
Suvda sulaymonni ko‘rdim,
Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,
Yumalab yotgan toshni ko‘rdim.
topishmog‘ining har bir satri mustaqil bir jumboq bo‘lib, ko‘p predmetlilik xususiyatini kasb etgan. Bu murakkab topishmoqda bir yo‘la to‘rt narsa– bo‘ri, baliq, sumalak va toshbaqa jumboqlangan.
Ko‘p predmetli topishmoqlar goho birgina savoldan iborat bo‘lgani holda bir necha javobni talab qiladi. Masalan,
Dunyoda to‘rt narsa yo‘q. Javobi:– Osmonning ustuni yo‘q, hovuzning qopqog‘i yo‘q, ko‘rpaning yengi yo‘q, oshpichoqning qini yo‘q.
Ko‘p predmetli topishmoqlarning eng murakkab turi chaldirmoqni yuzaga keltirgan. Chaldirmoqlar ham she’riy, ham nasriy shakllarda uchraydi. Nasriy chaldirmoqlar ertak yoki masala shaklida uchraydi. Masalan, “Bir to‘da g‘oz uchib borar ekan. Bir g‘oz kelib: “Ey yuz g‘oz, salomat bormisiz?”–debdi. Unda to‘dadagi g‘ozlardan biri aytibdi: “Biz yuz g‘oz emasmiz, yana biz miqdori g‘oz bo‘lsa, yana bizning yarmimiz miqdori va yarmimizning yarmi bo‘lsa, o‘shanda sen ham
qo‘shilsang – yuz g‘oz bo‘lamiz”. Havodagi g‘ozlar qancha ekan? Masala tipidagi bu chaldirmoqning javobi: 36+36+18+9+1=100.
Topishmoqlar yozma badiiy adabiyotga ham samarali ta’sir ko‘rsatib, mumtoz she’riyatda lug‘z, chiston, muammo, ta’rix va muvashshah singari janrlarning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, XX asrda o‘zbek bolalar she’riyatida adabiy topishmoqlar yozishning an’anaviy tus olishini ta’minladi. Bu sohada Jahon Otin Uvaysiy, G‘afur G‘ulom singari zabardast shoirlar boshlagan an’anani Shukur Sa’dulla, Ilyos Muslim, Adham Rahmat, Po‘lat Mo‘min, Safar Barnoyev, Tursunboy Adashboyev, Rauf Tolib va S. G‘afurov singari bolalar adabiyotining turli avlodiga mansub ijodkorlar davom ettirmoqdalar.3


Yüklə 15,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin