Ilyos Muslim
Bolalar uchun asarlar yaratishni oʻzi uchun bir baxt deb bilgan, sermashaqqat va qutlugʻ bu ishga umrini bagʻishlagan Ilyos Muslim 1909 yilning 2avgustida Qirgʻizistonning Bishkek shahrida choʻyan quyuvchi – hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924-yilda shahardagi Narimonov nomli 1-boshlangʻich oʻzbek maktabiga kiradi. Maktabda oʻzbekcha, qirgʻizcha va ruscha kitoblarni sevib oʻqiydi. Atrofda boʻlayotgan oʻzgarishlarga sinchkovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va sheʼrlarini maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bostirib turadi.
1927 yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kiradi. 1930 yilda uni muvaffaqiyatli tamomlab, Qashqadaryoga boradi. Yakkabogʻ tumanidagi Shaman, Qirgʻiz va Sherozi qishloqlarida oʻqituvchilik qiladi.
Hayoti Ijodi
1931–1932-yillarda Ilyos Muslim Oʻzbekiston davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Oʻsuv” nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili “Zaharxandalar” degan ikkinchi toʻplami, 1934 yilda “Miqti keldi” dostoni bosilib chiqadi. 1938 yilda esa “Sheʼrlar” toʻplami maydonga keladi.
Ilyos Muslim 30 yillarda yaratgan barcha asarlarida erk, ozodlik, yangi hayot, ozod mehnat, yangi davr, yoshlarning baxtiyor turmushi, yurtning oʻsishi, dehqon taqdiri va ona-Vatanga mehr kabi oʻsha davr masalalari toʻgʻrisida fikr yuritadi.
Ilyos Muslim oʻzining “Miqti keldi” (1933) poyemasi bilan 30 yillar oʻzbek bolalar dostonchiligini boshlab berdi. Dostonda erkin, tinch va osuda hayotni bunyod etish uchun kurash Miqti va boshqa obrazlar misolida ochib beriladi.
Ilyos Muslim 1942–1947 yillarda harbiy xizmatda boʻladi. Ikkinchi jahon urushida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurash olib boradi. Birinchi Belorussiya frontida harbiy muxbir boʻlib ishlaydi. “Yovni tutday toʻkamiz”, “Adolat jangi”, “Marshrut – Berlin!”, “Toʻpchilarga”, “Yashna, Vatan!” va boshqa oʻnlab sheʼrlari shu davr ijodining mahsulidir.
1947 yilda harbiy xizmatdan boʻshagan Ilyos Muslim nashriyotga qaytib, ijodiy ishga beriladi. Uning “Turnalar”, “Bizning maktab”, “Sening sovgʻang”, “Tilla qoʻngʻiz”, “Ishchan asalarilar”, “Oylar aytishuvi”, “Oyxon va rayhon”, “Koʻrik”, “Birinchi sovgʻa” kabi kitoblari hozirgi oʻzbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa boʻlib qoʻshiladi. Bu toʻplamlar yosh kitobxonlarning aqliy, axloqiy, estetik tarbiyasida yetakchi oʻrin egallaydi.
Bolalar uchun asarlar yaratishdek sermashaqqat va qutlug’ ishga umrini bag’ishlagan Ilyos Muslim 1909-yilning 2-avgustida Qirg’izistonning Bishkek shaharida cho’yan quyuvchi-hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924-yilda 1-boshlang’ich o’zbek maktabiga kiradi. Maktabda o’zbekcha, qirg’izcha va ruscha kitoblarni sevib o’qiydi, atrofda bo’layotgan o’zgarishlarga sinchikovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va she’rlari maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bosilib turadi. 1927-yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, o’zbek erlar bilim yurtiga o’qishga kiradi. 1930-yilda u bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagach Qashqadaryoga yo’llanma oladi. Yakkabog’ tumanidagi Shaman-Qirg’iz va Sherozi qishloqlarida o’qituvchilik qilib, yoshlarga bilim beradi. 1931-1942-yillarda Ilyos Muslim O’zbekiston davlat nashariyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashiriyotida, muharrir, bosh muharrir, direktor o’rinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning dastlabki she’rlari “Yer yuzi”, “O’zbekiston adabiyoti va san’nati”, “Yosh kuch” kabi bir qator jurnallarda bosilib chiqadi. Shoirning birinchi she’rlar to’plami 1932-yilda “O’suv” nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili “Zaharxandalar” degan ikkinchi to’plami, 1934-yilda “Miqti keldi” dostoni bosilib chiqadi. 1938-yilda esa “She’rlar” to’plami chop etiladi. Shoirning “Miqti keldi” dostoni 30-yillar o’zbek bolalar adabiyotida o’ziga xos o’rin tutadi. Dostonda erkin, tinch va osuda hayotni bunyod etish uchun kurash Miqti va boshqa obrazlar misolida yoridiladi. 1947-yilda harbiy xizmatni o’tab bo’lgach, Ilyos Muslim nashriyotga qaytib, ijodiy ishga beriladi. Uning “Turnalar”, “Bizning maktab”, “Sening sovg’ang”, “Tilla qo’ng’iz”, “Ishchan asalarilar”, “Oylar aytishuvi”, “Oyxon va Rayhoy”, “Ko’rik”, “Birinchi sovg’a” kabi kitoblari o’zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa bo’lib qo’shildi. Bu to’plamlar yosh kitobxonlarning аqliy, axloqiy va estetik tarbiyasida yetakchi ro’l o’ynab kelayotir. Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda kichkintoylar hayotiga doir muhim muammolar tasvirlanganini ko’rish mumkin. Masalan, “Maktabim” asarida maktabdan aziz va mo’tabar joy yo’qligi, u “ona kabi mehribon” bir makon ekanligi ulug’lanadi. Ilyos Muslim o’z she’rlarida vatanimizning go’zalligi, bolalarning tinch va osuda hayotini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu jihatdan “Do’stlik” she’ri diqqatga sazovordir. Ilyos Muslim “Sening sovg’ang” nomli she’rida o’z hunari bilan onasini xursand qilgan chevar qizning lirik obrazini yaratadi. Chevar qizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri uning mehnatga mehr bilan, chin dildan berilishida ko’rinadi. Bu she’rda turli she’riy vositalar yordamida ifodalanadi. O’zbek bolalar adabiyotining atoqli vakili Ilyos Muslimning jozibali she’rlari juda ko’p. Uning fazogirlarga bag’ishlab yaratgan “Raketamiz uchdi oyga”, “To’rt botir”, “Haykal” va boshqa she’rlarida dovyurak fazogirlar, fazo kemalarini bunyod etayotgan kishilar, fazoga parvoz ishtiyoqidagi bolalar qalamga olinadi. Shoirning “Eshmatvoyning qilig’i”, “Yomon odat”, “Befahm Eson”, “Xolcha bilan olcha”, “Mashmasha”, “Girippdan kim qochadi?” singari yumaristik asalarlarida ishyoqmas, dangasa, lapashang bolalarning kamchiliklari, nuqsonlari ochilib tashlanadi.
Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda davrimizning bolalar adabiyoti oldiga qoʻygan vazifalari, kichkintoylar oldida turgan muhim ishlar tasvir markaziga qoʻyilganini koʻrish mumkin. Masalan, “Maktabim” asarida dunyoda maktabdan aziz, moʻtabar joy yoʻq, goʻyoki “ona kabi mehribon” bir makon, kishining savodini chiqaradigan, oʻzini oʻziga tanitadigan, ongi va aqliga aql qoʻshadigan ulkan maskan, degan gʻoya ilgari suriladi. Shuningdek, asarda bolaning maktabdan behad minnatdorligi, oʻzining oldida turgan bir qator vazifalar, el-yurtga sodiq xizmatkor boʻlish uchun avvalo maktabda yaxshi va namunali oʻqish kerakligi sodda va ravon misralarda ifodalab berilgan:
Aʼlo oʻqishdir burchim,
Sarf etaman bor kuchim.
Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!
“Maktabim “ qo’shiq matni haqida
Dostları ilə paylaş: |