Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
oila

Biografik jihatlar qatoriga shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei 
va uning ma’lumoti darajasini kiritish mumkin. Boshqaruv faoliyatini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishda mavqe va ma‘lumot ham muhim omil 
sanaladi. Biznes boshqaruvi sohasidagi olim R. Stogdillning
ta‘kidlashicha, muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy 
mavqei o‗rtasidagi bog‗liqlik 94% ga teng hamda ma‘lumoti o‗rtasidagi 
bog‗liqlik esa, 88% ga tengdir.
1
YAponiyalik tadqiqotchi T. Kono 
ma‘lumotiga ko‗ra, oddiy yapon menejeri, albatta, muxandislik 
1
Р. Стогдилл. Пособие по управлению. М., 2001


210 
mutaxassisligi yoki ijtimoiy fanlar bo‗yicha universitet diplomiga ega 
bo‗lishi shart. Ko‗p hollarda menejerlar ikki mutaxassislik diplomiga 
ega bo‗lsa, bir qator etakchi biznesmenlar va yirik rahbarlarning 
biografik tahlili ularning yuqori ma‘lumotga ega ekanliklaridan dalolat 
beradi.
2
SHaxsning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mavqei 
rahbarlik 
faoliyatini 
bajarishida kuchli omil hisoblanadi. Buning ahamiyati ayniqsa, sharq 
madaniyati misolida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Hududimizdagi oddiy 
fuqaro rahbar shaxsida nufuzli, o‗ziga to‗q va to‗la-to‗kis insonni 
ko‗rishni xohlaydi. Rahbar mayda iqtisodiy muammolarni bemalol hal 
qila olishi, katta ijtimoiy aloqalarga molik ekanligi bilan hamda o‗z 
aqliy qobiliyati, tajribasi bo‗yicha boshqa xodimlardan ustun turishi 
lozim. Rahbarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei dastlabki paytlarda etakchi 
rolini o‗ynaydi. Keyinchalik esa u haqidagi bo‗lgan jamoa tasavvuri 
rahbarning vazifalarni ado etish qobiliyatiga borib taqaladi. Ammo, 
shaxs shakllangan muhitning rahbarlikka, shuningdek, oilaviy 
an‘analarning boshqaruv qobiliyati rivojlanishiga ta‘sirini o‗rganish ham 
o‗ta ahamiyatlidir. Haqiqatan, rahbar oilasida tug‗ilish, ulg‗ayish 
davomida ota tajribasini o‗zlashtirish dominantlikka, ya‘ni ustunlikka 
moyillikning shakllanishiga asos bo‗lishi mumkin.
Biznes boshqaruvi sohasidagi olim F.Fidler ta‘rifi bo‗yicha 
«kompaniya prezidenti bo‗lishning eng ishonchli omili – kompaniyaga 
egalik qiladigan oilada tug‗ilishdir» degan fikr chuqur ma‘noga ega. 
Lekin, Li YAkokka kabi buyuk menejerning biografiyasi tamoman 
yuqoridagi ta‘rifni inkor etadi
1
. Binobarin, bu shaxs rahbarlikning past 
qatlamlaridan, uning eng yuqori cho‗qqilariga ko‗tarildi.
Bir qator mashhur tadbirkorlar o‗tmishini tahlil etish natijasida 
aniqlandiki, ularning ko‗pchiligi oilada to‗ng‗ich farzand bo‗lib 
o‗sishgan. Darhaqiqat, oilada to‗ng‗ichlik o‗z mavqeiga ko‗ra ma‘lum 
mas‘uliyat ham demakdir. O‗zbek oilalaridagi ko‗p bolalik sharoiti 
to‗ng‗ich farzandga ota-onaga madadkor bo‗lish, kichiklarga rahnamolik 
2
Андреев А. Магия и культура в науке управления. Краснодар, 2001
1
Ли Якокка. Карьера менеджера. М., 1996 


211 
qilish va nazoratni o‗z bo‗yniga olishini taqozo etadi. Bu esa 
shakllanayotgan shaxsning tashkilotchilik va nazoratga bo‗lgan 
imkoniyatini yanada oshiradi, kelgusi faoliyatida o‗z-o‗zini idora eta 
olish qobiliyatini shakllantiradi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin