Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
oila

Birinchidan, oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga tarbiya 
berish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiy-
siyosiy qadriyatlar xususida tushunchalar berib borish;
Ikkinchidan, 
maktabgacha 
ta‘lim 
muassasalarida 
tarbiyalanuvchilar mamlakat siyosiy xayotining bo‗lajak ishtirokchilari 
ekanligi xissini uyg‘otuvchi uslublarning zamonaviy vositalaridan 
foydalanish;
Uchinchidan, umumiy o‗rta ta‘lim maktab o‗quvchilariga 
ijtimoiy-siyosiy bilimlarga bo‗lgan ehtiyojini oshirishga yo‗naltirilgan 
fanlardan ta‘lim berish;
To„rtinchidan, oliy ta‘lim va undan keyingi bosqichlarda siyosiy 
va huquqiy madaniyatni tadqiq etishga oid ilmiy-nazariy va amaliy 
faoliyatga rag‘bat berish, bunda ta‘lim muassasalari va davlat 
tashkilotlari o‗rtasidagi hamkorlikni keng yo‗lga qo‗yish;
Beshinchidan, 
yosh qizlarning ma‘naviy dunyoqarashini 
shakllantirishda madaniyat obyektlari (kino, teatr, muzey va h.k.) bilan 


187 
cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ularning ishtirokini 
ta‘minlash, ushbu yo‗nalishlardagi munozara-debatlardagi faolligini 
oshirish;
Oltinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda 
xotinqizlarning faol ishtirokini ta‘minlash, yosh qizlarning jamiyatda 
sodir 
bo‗layotgan 
voqyea-hodisalarga 
daxldorlik 
tuyg‘usini 
shakllantirish ham ushbu yo‗nalishda olib borilayotgan ishlarimizning 
asosini tashkil etadi.
Xotin-qizlarning 
huquq va erkinliklarini ta‘minlash va 
ijtimoiysiyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining 
ham roli katta. Chunki, nodavlat xarakterdagi, turli guruhlar va qatlamlar 
manfaatlarini ifodalaydigan jamoat tashkilotlari bugungi kunda 
zamonaviy fuqarolik jamiyatining muhim instituti ‗tirof etilgan. Bunday 
tashkilotlarga xotin-qizlarni keng jalb etish orqali ularning huquq va 
erkinliklarini ta‘minlashga erishiladi, shu bilan birga davlat va jamiyat 
boshqaruvida bevosita va bilvosita ishtiroki ta‘minlanadi.
Bugungi 
kunda 
mamlakatimizda 
ilm-fan, 
ta‘lim-tarbiya 
sohalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan 
ishlarni ikki yo‗nalishga ajratish mumkin. Zero, ushbu sohada faoliyat 
olib borayotgan xodimlarning 72 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin