O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq xo‘jaligi
vazirining
2022-yil 23-sentabrdagi
251-sonli buyrug‘iga
1-ilova
Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlari o‘rtasida
“Istiqbol umidlari” tanlovini tashkil etish va
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning
tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovini
(bundan keyingi o‘rinlarda “Tanlov” deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
II. Tanlovning maqsad va vazifalari
1. Tanlov mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini ta’minlash,
yuksak ma’naviyatli, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlash, ilm-fan yutuqlarini,
innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga
ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga qaratilgan kadrlar siyosatini izchil
amalga oshirish hamda ularning sohaviy, siyosiy-huquqiy bilimlari va savodxonlik
darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish va yetakchilik
ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.
III. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
2. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi
tashkilotlar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalar hamda hududiy bo‘linmalarda
faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat
xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
3. Tanlovni mazkur Nizom asosida tashkil etish va uni o‘tkazish vazirlik hamda
tizim tashkilotlarining vakillaridan shakllantirilgan Tashkiliy qo‘mita
(2-ilova)
tomonidan amalga oshiriladi.
4. Tanlovda ishtirok etuvchi jamoalar tashkilotlardagi boshqarma, bo‘linma va
mustaqil bo‘linmalarda kamida 3 (uch) oydan beri faoliyat yuritayotgan iqtidorli
yosh xodimlar va davlat xizmatchilari orasidan 7 (yetti)
nafardan iborat tarkibda
shakllantiriladi.
5. Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.
5.1. 2022
yilda tanlovning
birinchi
(saralash) bosqichi oktabr oyining o‘n
beshinchi sanasiga qadar;