Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlari o‘rtasida



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix11.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#153730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
251-son buyruq

2-shart

“Blits savol-javob” 
har bir jamoaga Hakamlar hay’ati tomonidan 
so‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy 
hamda agrar ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan 10 (o‘n) 
tadan savol beriladi. Tashkiliy qo‘mita Ishchi guruhi tomonidan mutaxassislarni jalb 
etgan holda ishlab chiqilgan savollar majmuasini konvertga solinib, muhrlanadi va 
tanlov jarayonida jamoa sardori tomonidan ochiladi. Mazkur shart jamoalar 
o‘rtasida “Blits” (tezkor javob) tarzida tashkil etiladi. 
Savollarni o‘ylash va javob berish uchun jamoaga 2 daqiqa vaqt ajratiladi. 
Savollarga jamoaning ixtiyoriy 1 nafar ishtirokchisi jamoa bilan maslahatlashgan 



holda javob beradi. Savollarga to‘g‘ri, aniq va qisqa, ravon nutqda javob bergan 
hamda ushbu shartda eng ko‘p ballga ega bo‘lgan jamoa g‘olib hisoblanadi. 
Ushbu shart 10 ballik tizimda 
(har bir to‘g‘ri va to‘liq javob uchun 1 ball) 
hakamlar Hay’ati tomonidan kelishilgan holda yagona baho bilan baholanadi. 
3-shart. “Muammo va yechim” 
har bir jamoaga Hakamlar hay’ati tomonidan 
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida yer va mehnat munosabatlari, korrupsiya 
va manfaatlar to‘qnashuvi hamda agrar fan-ta’lim tizimiga innovatsiyalarni tadbiq 
etish bilan bog‘liq vaziyatlarni o‘zida aks ettirgan 1 tadan amaliy keys savollari 
beriladi.
Tashkiliy qo‘mitaning tegishli Ishchi guruhi tomonidan mutaxassislar bilan 
birgalikda ishlab chiqilgan keys savollari konvertga solinib, muhrlanadi va tanlov 
jarayonida jamoa sardori tomonidan ochiladi.
Mazkur shartda jamoalar vaziyatni tahlil qilishlari, amaliy va huquqiy yechim 
izlashlari, vaziyatni samarali hal qilish yuzasidan o‘z yechimlarini hakamlar 
Hay’atiga sodda va tushunarli tarzda yetkazib berish talab etiladi. 
Keys savollarini tizimli tahlil qilish, muammolarga samarali yechim topishlari 
uchun jamoaga 5 daqiqa, mazkur yechimlarni Hakamlar hay’atiga taqdim etishlari 
uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi. 
Savollarga jamoalar guruhiy javob berilishiga ham yo‘l qo‘yiladi. Savollarga 
to‘g‘ri, aniq va qisqa, ravon nutqda javob berishlari hamda muammoli vaziyatlar
ularni bartaraf etish
 
hamda oldini olishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi 
faoliyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan 
bilimlari baholanadi. 
Ushbu shartga jami 8 daqiqa vaqt beriladi va

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin