Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlari o‘rtasida


ballik tizimda baholanadi.  4-shart



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix11.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#153730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
251-son buyruq

 
10 ballik tizimda baholanadi. 
4-shart

“Islohotlar amalda”
shartida jamoalarga Tashkiliy qo‘mitaning 
tegishli ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan yurtimizda agrar sohada erishilgan 
yutuqlar aks etgan 6 daqiqalik rolik namoyish etiladi. Barcha guruhlar ekranda 
namoyish etilayotgan rolikni tomosha qilish bilan bir vaqtda plakatda tasvirlashi 
lozim. 
Ushbu shartda jamoalar o‘zlarining mazkur rolikda aks ettirilgan voqelikni 
tasvirlagan ijodiy ishlarini izohlab beradilar. Sahnaga chiqish ketma-ketligida 
navbatdagi jamoa mazkur shart yuzasidan oldingi jamoa tomonidan tasvirlagan 
chizgilarga 1 daqiqa davomida qo‘shimcha fikr bildiradilar. 
Jamoalarga plakat tayyorlash uchun 6 daqiqa, izohlash uchun 3 daqiqa vaqt 
ajratiladi. Hakamlar hay’ati mazkur shartni baholashda namoyish etilgan rolikning 
plakatda to‘liq va keng yoritilganligi, plakat tasviridagi raqam va ma’lumotlarning 
aniqligi, g‘oyalarning ommabop-ta’sirchan tarzda yetkazilganligi va aks ettirish 
mahorati hamda avvalgi jamoa tomonidan tayyorlangan plakatga bergan qo‘shimcha 
izohlari mantiqiy va amaliy e’tibor qaratadi. 



Ushbu shart 10 ballik tizimda baholanadi. 
Tanlovning barcha shartlarini 
(2-shartdan tashqari)
baholashda hakamlar 
Hay’ati
 
tomonidan jamoa ilgari surayotgan g‘oya va takliflarning amaliyligi hamda 
taqdimotlarni yoritilish darajasi, tizimli va tahliliy fikrlashlari, noan’anaviy targ‘ibot 
usullaridan foydalanish mahorati, jamoaning mushoxada va muomala madaniyati, 
ijro mahoratiga e’tibor qaratiladi va 10 ballik mezonda baholanadi. 
10. Jamoalar o‘z chiqishlari va taqdimotlarni tayyorlashda o‘ziga xoslik, 
milliylik, mazmundorlikka, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga, 
ular mohiyatini oddiy va xalqchil tarzda ochib berishga, belgilangan vaqtga qat’iy 
rioya qilishga, kiyinish madaniyati, jamoa nomi, ko‘krak nishoni, shiori, targ‘ibot 
usullaridan foydalanishga, ilmiy, ijodiy, badiiy hamda voqea hodisalarni milliy 
ma’naviy qadriyatlarimizdan chekinmagan holda mahorat bilan ijro etishga e’tibor 
qaratishlari talab etiladi hamda jamoalarni baholashda ushbu mezonlarga katta 
ahamiyat beriladi. 
11. Tanlov jarayonida foydalaniladigan savollar Tashkiliy qo‘mita tomonidan 
zarur hollarda hamkor tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda tegishli Ishchi 
guruh va sho‘balar tomonidan tuziladi va tanlovning saralash, mintaqaviy va 
yakuniy bosqichlari uchun ajratiladi, avvaldan alohida maxsus konvertlarga solinib, 
muhrlanadi hamda tanlovning tegishli bosqichi o‘tkaziladigan kuni belgilangan 
tartibda Ishchi guruhiga yetkaziladi. 
12. Tanlov jarayonida foydalaniladigan savollar majmuasi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari 
va ma’ruzalari hamda mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan agrar 
sohadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar, shuningdek, milliy o‘zlikni anglash 
va yuksak ma’naviyatni shakllantirish yuzasidan tuziladi. 
13. Hakamlar hay’ati tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi 
vazirligining markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari rahbar va mas’ul 
xodimlaridan shakllantiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini 
rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari Kasaba 
uyushmasi Respublika Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, 
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, boshqa vazirlik hamda idoralar mas’ul xodimlari 
vakillari ham jalb qilinishi mumkin. 
14. Barcha shartlar bo‘yicha umumiy ballar qo‘shib hisoblanganda eng yuqori 
ko‘rsatkichga erishgan jamoa tanlovning g‘olibi deb topiladi. Hakamlar Hay’ati 
tomonidan jamoa ishtirokchilarining odob-axloqi, shartni bajarish uchun ajratilgan 



vaqtga rioya qilishi, boshqa jamoalarga bo‘lgan munosabati va boshqa salbiy 
holatlarni inobatga olib jarima qo‘llab umumiy to‘plangan ballaridan ayirib tashlash 
huquqiga ega. 
Jarima ballari – 1 baldan 3 balgacha belgilanadi. 
15. Shartlar uchun e’lon qilingan ballardan tanlovda ishtirok etgan jamoalar 
tomonidan norozilik mavjud bo‘lsa, ushbu masala yuzasidan umumsohaviy tanlovni 
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaga yozma ravishda murojaat 
qilishlari mumkin. 
Hakamlar hay’ati tomonidan har bir shart yakunida sharh beriladi, qabul 
qilingan qarorni muhokama etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin