184
D. 1997
10.Oila kodeksiga binoan nikohlanuvchilar FXDYo ga ariza
berganlaridan keyin bir oydan so„ng rasmiy nikohdan o„tadilar.
Alohida hollarda bu muddat qanchaga qisqartirilishi mumkin?
* A. Ariza berilgan kuni nikoh tuzilishi mumkin
B. O‗n besh kunga
qisqartiriladi
C. O‗n kunga qisqartiriladi
D. Umuman qisqartirilmaydi
185
11-MAVZU. TA‟LIM VA BANDLIK SOHASIDA GENDER
MUVOZANAT
1.
Ta‘lim tizimining gender ekspertizasi.
2.
Ta‘limda ijtimoiy jinsiy segregasiya.
3.
Bandlikning gender xususiyatlari.
4.
Xotin-qizlar migrasiyasi.
5.
Migrasiyaning ijtimoiy oqibatlari.
6.
Ta‘lim va bandlik sohasida gender sezgir siyosat: xalqaro
amaliyot.
7.
Ta‘lim va bandlik sohasida gender muvozanatni ta‘minlash.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi
rolini
kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida
e‘tibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o‗rni yuksaldi.
O‗zbek ayoli ismi-sharifi yoniga ―O‗zbekiston Qahramoni‖, ―Deputat‖,
―Senator‖, ―Vazir‖, ―Vazir o‗rinbosari‖, ―Akademik‖, ―Olima‖,
―Tadbirkor‖, ―Direktor‖ atamalari qo‗shib aytilishi buning yaqqol
misolidir. Zero, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 50
foizini, ya‘ni 29 foizini 14 yoshgacha, 28 foizini 15-30
yoshlilar, 21
foizini 31-45 yoshlilar, 15 foizini 46- 60 yoshlilar, 7 foizini 60 yoshdan
katta xotin-qizlar tashkil etadi
1
. Ular ijtimoiy-ma‘naviy, siyosiy-
iqtisodiy hayotning barcha sohalarida samarali va faol mehnat qilib
kelishmoqda. Asosiy qonunimiz - Konstitusiyada
ham xotin-qizlarning
barcha sohalarda teng huquqli ekanligi e‘tirof etilgan. Hukumat
tomonidan chiqarilayotgan qaror va farmoyishlarda ayollar, oilalar,
farzandlar manfaati hamisha ustuvor bo‗lib kelmoqda. Bu sa‘y-
harakatlar ayollarning jamiyat hayotida faolligi orqali o‗z ifodasini
topayotir.
Xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda e‘tibor
kuchaytirilayotganligining yana boshqa jihatlari ham bor. Xususan,
ularning huquqiy madaniyati va huquqiy
savodxonligini oshirish,
1
Т.Нарбаева. Таълим муассасаларида таълим ва тарбия уйғунлигини таъминлашда хотин-
қизларнинг ўрни. ―Хотин-қизлар ижтимоий-сиѐсий фаоллигини ошириш – мамлакатимизда амалга
оширилаѐтган ислоҳотларнинг муҳим омили‖ мавзусида республика илмий-амалий анжумани
мақолалар тўплами. 26 февраль 2019 йил. 5-бет.
186
iqtisodiy faoliyatni keng yo‗lga qo‗yish, ijtimoiy himoya tizimini
takomillashtirish masalalari davlatning muhim maqsadlari qatoridan joy
oldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ta‘lim va
tarbiyaga e‘tiborning kuchaytirilishi bilan yanada mustahkamlandi.
Yurtimiz ravnaqi,
farzandlarimizning, xususan qizlarimizning bilimli,
har jihatdan barkamol bo‗lib ulg‘ayishida, jamiyatimizning ma‘naviy-
ma‘rifiy jihatdan yuksalishida xotinqizlarimizning hissasi kattadir.
Yuksak ma‘naviyatli va ma‘rifatli, namunali odobi va tarbiyasi
bilan e‘tirof etilgan onalarimizning izdoshlari bugun davlat va jamiyat
qurilishida,
ishlab chiqarishda, ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, ta‘lim va
hatto harbiy sohada xizmatlari beqiyos. Yurtimizda xotin-qizlarning
mavqyeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun
ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy sohalarda ularning
bilimlarini kuchaytirish
uchun yanada kengroq shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqyeini yanada yuksaltirish,
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan
islohotlarda ular faolligini ta‘minlashning asosiy omili ta‘lim va tarbiya
uyg‘unligi bo‗lib, uning quyidagi bosqichlarini ko‗rsatib o‗tish mumkin:
Dostları ilə paylaş: