8.Ta‟minot olish tug‟risidagi uzaro kelishuvda qaysi tarafning
manfaatlari prioritet bulib xisoblanadi?
A.* oluvchi tarfning
B. to‗lovchi tarafning
C. ikkala tarf xam teng xukukli
D. davlat manfaatlari
9. Otalikni belgilash tugrisidagi sudning xal kiluv karori konuniy
kuchga kirgandan keyin sud mukarrar nusxasini kaysi organga
yuboradi?
A.* fuqarolik xolati dalolatnomalarini qayd etish organiga
B. vasiylik va homiylik muassasalariga
C. hokimiyatga
D. ichki ishlar organlariga
10. Agar vasiylik va xomiylik organi otalikni belgilashga rozilik
bermasa, u xolda ota qaerga murojat qilishga haqli?
A.* sudga
B. hokimiyatga
C. FXDYo ga
D. tibbiy muassasaga
170
10-MAVZU. GENDER TENGLIGI G‟OYALARINING NAZARIY-
METODOLOGIK ASOSLARI
1. Gender tadqiqotlarining vujudga kelishi va rivojlanishi.
2. Gender tushunchasi.
3. Biologik va ijtimoiy jins tushunchalari.
4. Biologik determinizm.
5. Gender ijtimoiy-demografik kategoriya sifatida.
6. Gender identliklik.
7. Gender segregasiya.
8. Gender
kutishlar
va
gender
rollardagi
zamonaviy
transformasiyalar.
Ayollar masalasi jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, millatlar,
davlatlar, madaniyat va sivilizasiyalar bilan uzviy aloqada. Bu
masalaning yuzaga kelishi, rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning
bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‗tishi bilan ham bog‘liqdir.
Olimlar ayollar masalasini jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq
ravishda tahlil qilish natijasida kishilarning ijtimoiy birligi, jamiyat
bo‗lib yashashi uchun zarur bo‗lgan oila, urf-odat, madaniyat, xalqaro va
sivilizasiyalararo munosabatlar, din, mehnat va jamoat tashkilotlariga
uyushish katta ahamiyat kasb etishini ilmiy ifodalaganlar. Gender
g‘oyasigacha o‗tish evolyusiyasi mobaynida quyidagi ijtimoiy-tarixiy
bosqichlar bosib o‗tildi. Mazkur bosqichlar to‗rt tasnifiy xususiyatlarga
ega bo‗lib, ular quyidagilardir:
1. Diniy konfessional taqiq tizimi amal qilgan. Tarixiy manbalar
aynan ayolni insoniyat madaniyatining asoschisi deb atashadi. Haqiqatan
ham mehnatning ibtidoiy jamoa tuzumida taqsimlanishiga qarab
erkaklar ov qiluvchilar, ayollar esa hosil yig‘uvchilar vazifasini
bajarganlar. Faqat ayolgina yerdan to‗yimli o‗simlik ildizlarini, inlardan
mayda jonivorlarni, hashoratlar lichinkasini qazib olish bilan mashg‘ul
bo‗lgan.
Rivoyatlarda olovni kashf etganlar erkaklar timsolida uchraydi.
Ayollar olovning xususiyatlarini o‗rganish, uni turmushda qo‗llash, uyni
171
isitish, ovqat tayyorlash kabi zaruratlarni bajarganlari haqida hikoya
qilinadi. Kiyim-kechak va oyoq kiyimlarini ham ayollar kashf etishgan.
Ona urug‘i davrida ayollarning mavqyei yuqori bo‗lgan. Ayol
asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, ro‗zg‘orni muhofaza qiluvchi, bola
tarbiyalab, avlodning ko‗payishini ta‘minlovchi zot hisoblangan. Bu esa
unga urug‘, qabila hayotida yetakchilik qilish imkonini bergan. Urug‘-
aymoqchilik davri ma‘budalari ayollar timsolida tasvirlangan, qabilani
boshqarish, aybdorlarni jazolash, hatto boshqa qabilalar ustiga qo‗shin
tortish ham ayollar ixtiyorida bo‗lgan. Ijtimoiy huquqiy nuqtai nazardan
bu davrni ilmiy adabiyotlarda ―ayol huquqi‖
2
xukmron bo‗lgan davr deb
atashadi. L. Morgan, F. Engels, G. Ploss, E. Teylor asarlarida ona urug‘i
davri (matriarxat)da ijtimoiy-huquqiy va siyosiy masalalar ayollar
qo‗lida bo‗lganiga ko‗plab misollar keltiriladi. Biroq ota urug‘i
(patriarxat) davriga o‗tilishi bilan ijtimoiy-huquqiy muvozanat ayoldan
erkak tomonga og‘adi va erkak asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga,
davlatni boshqaruvchiga aylanadi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning
keyingi bosqichlari ayolni erkakka qaram qilish, uning psixologik,
xo‗jalik yuritish va bola ko‗rishga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish
yo‗lidan bordi.
Bu ijtimoiy-huquqiy mutelik ayol bilan erkakning mulkka egalik
huquqining turlicha taqsimlanganida, ayolning turmush qurish, ajralish
huquqlari
tan
olinmaganligida,
sud
ishlarida
qatnashishi
cheklanganligida va boshqalarda namoyon bo‗ldi
3
.
Ayollar va erkaklar teng huquqliligi masalasi qadim zamonlardan
buyon qizg‘in bahslarga sabab bo‗lib kelgan. Miloddan 400 yillar avval
yashagan sofist Antifont o‗z asarlarida barcha odamlarning tabiat
tomonidan teng qilib yaratilganligi haqidagi g‘oyani birinchilardan
bo‗lib ilgari surgan. Uning fikricha, tabiat barchani: ayolni ham, erkakni
ham teng qilib yaratadi, lekin insonlar o‗zlarini tengsiz holatga soluvchi
qonunlar odamlarning o‗zaro kelishuvi natijasidir
4
.
2
Бебель А. Социализм и женщина. М.: Госполитиздат. 1959. -С.49.
3
Қаранг.: Эгамбердиева Т. Аѐл ва давр. Т.: Меҳнат. 1994. – 6-7 бетлар.
4
Антология мировой философии. М., 1969. Т.1. -с. 322
172
Tabiiy huquqlar tengligi va barcha odamlarning erkinligi haqidagi
g‘oyani sofizm oqimining boshqa namoyondalarida ham uchratamiz.
Jumladan,
Likofronning
fikricha,
faqat
qonunlargina
shaxsiy
huquqlarning kafolati bo‗lishi mumkin
5
.
Shunday qilib, ayol va erkak teng huquqliligi muammosi doimo
hur fikrli insonlar diqqat markazida bo‗lgan. Biroq aynan ayolning erkak
bilan teng huquqli ekanligini e‘tirof etgan mutafakkir qadimgi yunon
faylasuf olimi Pifagor edi. U odamlarning turmushi isloh qilinishi hamda
falsafaning
huquq
va
erkinlik
to‗g‘risidagi
xulosalariga
muvofiqlashtirilishi kerakligi haqidagi tasavvurlarni rivojlantirgan.
Ushbu nuqtai nazardan u o‗zining falsafiy qarashlarida ayol va
erkakning teng qilib yaratilishi haqidagi fikrni ilgari suradi. Pifagorning
maslakdoshlari esa bu g‘oyani davom ettirganlar. Ular inson hayoti
adolat va ma‘lum chegara, ya‘ni o‗z o‗rnini bilish va his qilish asosida
qurilishi lozimligini ta‘kidlaydi
6
.
Ushbu mazmundagi g‘oyani yana bir yunon mutafakkiri Suqrot
qonunlarning obyektiv ahloqiy tabiati to‗g‘risidagi falsafiy ta‘limotida
rivojlantirgan. Jumladan, u ham insonlarning tabiiy huquqlari tengligini
e‘tirof etar ekan, polisning mantiqan to‗g‘ri va adolatli qonunlargagina
bo‗ysunishi lozimligini va faqat shunday holatdagina inson erkinligini
ta‘minlash mumkinligi g‘oyasini ilgari suradi
7
.
Shaxs erkinligi va ozodligi, inson va fuqaro huquqi haqidagi
ilg‘or g‘oyalarni ilgari surganiga qaramay, qonunga itaotkor va ahloqiy
ish yuritgan Suqrot o‗lim jazosiga mahkum etilgan. U agar menga
xudolar shuni ravo ko‗rishgan ekan, demak men shunga loyiq ekanman,
degan fikrni bildiradi
8
.
Suqrot izdoshlaridan biri bo‗lgan Platon uning rasionalistik (aqlga
asoslangan) g‘oyalarini rivojlantiradi. U Suqrot va Pifagor ta‘limotining
inson huquqlari va erkinligi borasidagi g‘oyalarini davom ettirib, ―Ideal
davlat‖ asarida atroflicha talqin etadi. O‗z asarida Platon ideal davlatda
ayolning o‗rniga nisbatan qarashlari uning biologik va madaniy,
5
Нерсесянц. История идей правовой государственности. М.: 1993. с.5
6
Николаев Н. ―Кто такой Пифагорў‖ Универсальная энциклопедия.Д.Д. Т.2,с. 422-423
7
Қаранг.: Кессиди Ф. Сократ. М.: 1988. с.181
8
Ўша жойда.
173
xususiylik
va
ommaviylik
o‗rtasidagi o‗zaro bog‘lanishlarni
aniqlashtiradi. U ayollar va erkaklar o‗rtasidagi o‗zaro teng huquqlilikni
e‘tirof etib, insoning qanday ijtimoiy foydali mehnatni bajarishiga
qodirligiga qarab jinslar o‗rtasidagi biologik tafovutlarni nomuhim
tafovutlar deb izohlaydi. Ayolning reproduktiv holati ularni faqat uy-
ro‗zg‘or ishlari bilan chegaralanib, ijtimoiy vazifalardan chetlatilishiga
asos bo‗la olmaydi, deb uqtiradi.
Shu bois biz Platonni jinslar tengligining ilk himoyachisi deb
aytishimiz mumkin. U yigit va qizlarning ta‘lim olishi, erkin kasb
tanlashi, o‗z qobiliyatiga yarasha ijtimoiy mavqyeni egallashi kabi teng
imkoniyatlarni qo‗llab- quvvatlagan. Ammo yuqoridagi fikrlar Platonni
feminizm tarafdori bo‗lgan deb qarashga asos bo‗la olmaydi. U ayollar
va erkaklarga teng huquqlar beradi, lekin bu uning ayollar shug‘ullanib
kelgan an‘anaviy faoliyat sohasini nazardan soqit qilishi evaziga yuz
beradi
9
.
Qadimda turli mintaqalarda ayolning ijtimoiy ahvoli, oila va
jamiyatdagi o‗rni har xil bo‗lgan. Tarixiy manbalarda ifodalanishicha,
har doim ham ayolga inson sifatida qaralmagan. Yer yuzida ayolga
adolat bilan qaraydigan jamiyat bo‗lmagan hali deyish mumkin.
Asrlar davomida ayollarga nisbatan ijtimoiy va ma‘naviy
kamsitishlar ularning ijtimoiy faolligini yanada susayishiga olib keldi.
Ba‘zi ayollar asta- sekinlik bilan bu holatni tabiiy deb tan olib, ushbu
turmush
tarziga
ko‗nika
boshlasalar,
boshqalari
esa
bunday
kamsitishlarga turli yo‗llar bilan qarshilik ko‗rsatishga harakat qilishgan.
Uy yumushlari, ro‗zg‘or tashvishlari, oila boshlig‘iga, ota yoki erga
so‗zsiz itoat qilish, tinimsiz haqoratlarga, ho‗rliklarga chidash–
ayollarning ichki dunyosi va ruhiyatida ko‗rquv va qullik, itoatkorlik
paydo bo‗lishiga olib keldi.
Shunday bo‗lsa-da, biron dinda ayollarning ijtimoiy hayotda
erkaklar bilan teng ekanligini (ularning xudo oldidagi tengligi bundan
mutasno), ularni davlat, cherkov va diniy idoralar ishida teng qatnashishi
mumkinligini e‘tirof etuvchi manba uchramaydi. ―Teologiyaga oid
adabiyotlar
esa
erkaklarning
ayollarga
nisbatan
antifeministik
9
Қаранг.: Скирбекк Г., Гилье Н. Фалсафа тарихи. - Т.: 2002, 106-108 бетлар.
174
qarashlarini asoslashdan iborat. Xush nomusli yahudiy ham, jazavali
hindu ham, mag‘rur musulmon ham ayol qilib emas, erkak qilib
yaratilgani uchun o‗z xudolariga shukronalar aytadilar‖
10
.
Qadimgi Hindistonda ayol turmush qurish, meros va boshqa hech
qanday huquqqa ega emasdi. U nopok tamoyilga, zaif fe‘lga, yomon
axloqqa ega deb hisoblanib, Manu III qonuni uni bolaligida otasiga,
yoshligida eriga, erining vafotidan so‗ng o‗g‘liga yoki erining
qarindoshlaridan bir erkakka qaram bo‗lmoqqa majbur etardi. Hatto
ba‘zi joylarda eri o‗lgach, ayolga yashash taqiqlanardi. Marhum eri bilan
uni tiriklayin yoqib yuborish an‘anasi ham paydo bo‗ldi
11
.
O‗lmay qolgan bevalar esa ayanchli ahvolda yashar edi.
Hinduizm aqidasiga ko‗ra, beva motam kiyimida yurishi kerak. Ularning
bir kunda bir marta ovqatlanishi, sochlari ustarada qirilishi majbur edi,
bevalar bayram va to‗ylarda ko‗rinmasligi lozim bo‗lib, biron-bir erkak
unga uylanmas, basharti uylansa, u avvalo o‗z toifasidan chiqarilar va
haydalardi
12
.
Hindlarning muqaddas kitobi - ―Veda‖da ayol momaqaldiroqdan,
o‗limdan, zahardan va ilondan ham yomonroq jonzot sifatida
tasvirlanadi.
Buddizmning ayrim yo‗nalishlarida ayollar obrazlari muhim o‗rin
egallaydi. Buddizmning asosiy yo‗nalishi bo‗lmish –maxayanada ayol
yaxshi, farovon hayot ichida ko‗rsatilgan bo‗lishiga qaramay, muqaddas
yozuvlarda ayollarning ziddiyatli tasvirlanishi natijasida erkaklarning
ayollarga nisbatan ikki xil munosabati aks etirilgan. Bir tomondan ayol
dono, muloyim, mehribon qilib ko‗rsatilsa, boshqa tomondan esa u
kishini yo‗ldan ozdiruvchi, buzg‘unchi mavjudot sifatida ta‘riflanadi
13
.
Buddaviylik asoschisi Budda avvallari ayolni dinga qabul
qilmagan. Budda bir gal Anandaga shunday dedi: Ayolni bu dinga qabul
qilmaganimizda, buddachilik (buddizm) sof holda uzoq asrlar davom
10
Қаранг: Усачева Н. Женщина:ее статус, судьба и образ в мировой культуре.–Алматы. Гылым.
1994.–С. 149.
11
Қаранг.: An-Haim. Women and Islam. Oxford.1997. L. 7, p.31
12
Ганди Мохандас Карамчанд. Т.: Фан. 1972. –61 б.
13
Қаранг: Paul D. Women in Buddism: images of the feminine in the Mahayana tradition.Berkley.1985,
p.19
175
etardi. Endi oramizga ayol kirgach, bu din uzoq yashaydi, deb ayta
olmayman, degan
14
.
Xristianlikda esa, asosan, V asrgacha, ayolga nisbatan past nazar
bilan qaralgan, unda ayol erkakni yo‗ldan uruvchi iblisga yaqin
mavjudot
sifatida
talqin
qilingan
15
.
Rim
jamiyatida
nimaiki
ko‗ngilsizliklar, tartibsizliklar hukm sursa, uning sababini ayoldan
qidirdilar. Ular tinimsiz ayollar haqida bahslashar va o‗zlarinig
nomaqbul ta‘riflarini berib, o‗z so‗zlarini ma‘qullashar edi. Jumladan,
qirol va poplar ―Ayol- iflos‖, deya baho berdilar. ―Uning go‗zalligidan
ehtiyot bo‗lish lozim. Zero, u fitna va g‘urur uchun iblisning qurolidir‖,
deya xitob qildilar. Ularga qo‗shimcha tarzda ayrimlari ayol to‗g‘risida,
u inson nafsiga shaytonni kiritgan, ayol erkakni Alloh taqiqlagan
daraxtga yaqinlashtirgan. Allohning qonunlarini buzgan, erkakni
chirkinlashtirgan‖, - degan fikrni bildirganlar. ―Uning gunohkor ekani
muqarrar, muhaqqakdir. Ayol qiziqarli ofatdir. Uy va oila uchun
tahlikadir. G‘addor bir sevgili, sirli, noma‘lum davomli musibatdir‖
degan xulosa bildirgan
16
. Xavvoriy Pavel o‗zining korinfliklarga
Birinchi yo‗llanmasida Siseron ― ayollar bo‗lmaganda, erkaklar xudo
bo‗lar edi‖ deganini, Koton, ― agar hayotda ayollar bo‗lmaganida, biz
xudolar bilan muloqotda bo‗lar edik‖, deganini aytib, o‗sha davrning
ayollarga bo‗lgan munosabatini ifodalaydi.
O‗sha davrda xristianlikda (milodiy V asrda) quyidagi masalani
muzokara etish uchun bir anjuman o‗tkazdilar. ―Ayol mavhum, ruhsiz
bir jismmi? Yo unda ruh bormi?‖ Ular shunday qarorga keldilar:
―Masihning onasidan tashqari barcha ayollar jahannam azobidan
qutuluvchi emaslar‖.
Xuddi shunga yaqin anjuman Fransiyada milodiy 586 yilda bo‗lib
o‗tgan: ―Ayol insonmi yo inson emasmi?‖ Natijada shunday qaror
qiladilar: ―Ayol inson, lekin u faqat erkakka xizmat etmoq uchun
yaratilgan‖.
14
Ганди Мохандас Карамчанд. Т.: Фан. 1972. –61 б.
15
Гуревеч А.Я Культура и общество средневековой Европы глазами современников.- М.:
Искусство,1989- с.241.
16
Қаранг.: Плоссъ Г. Женщина в естествоведении и народоведении. Антропологические
исследования. – Сыктывкар-Киров, Перя-МАА –ГИПП, Вятка. 1995. т.3-С. 282-283.
176
Angliyada esa ayol hatto Injilni o‗qish u yoqda tursin, hatto unga
qo‗l tekkiza ham olmagan. Qirol Genri VII (1509-1547) zamoniga
kelibgina, ayollar Injil o‗qiy boshladilar.
Bu davrgacha ingliz qonunida ayollar fuqaro sanalmasdi. Ular
mulk egasi sifatida haq-huquqlarga ega emas edilar. Hatto o‗z mehnati
bilan topgan mol-mulkni erkin tasarruf qila olmaganlar
1
.
Katolik cherkovida ham, protestant cherkovida ham ayollarning
faol harakatiga qaramay, hukmron mavqyeni erkaklar egallashgan. 1997
yilda Rimda ―Muqaddas kongregasiya e‘tiqod doktrina‖sida, ayollarni
muqaddas din xodimi darajasiga ko‗tarishni man qilish to‗g‘risida qaror
qabul qilindi. O‗n ikkita havoriy orasida bitta ham ayol yo‗qligi bu
qarorga asos bo‗ldi. 1987 yilni katolik cherkovi tomonidan rasmiy
ravishda ―Ona-xudo yili‖ (Bogomater yili), deb e‘lon qilinishidan
maqsad ayollarga ularning an‘anaviy onalik va xotinlik burchlarini
yodga solishdan iborat edi.
Johiliyat davrida, ya‘ni Islomgacha Arabiston yarim oroli aholisi
o‗rtasida ayolning hyech qanday o‗rni ham, qadr-qimmati ham yo‗q edi.
Bu holat farzandning tug‘ilishidan boshlanardi. Oilada o‗g‘il bola
dunyoga kelsa, sevinishar, xursandchiliklar qilishar, qiz tug‘ilsa esa
oilada motamsarolik xukm surib, tezda farzandni yo‗qotish payiga
tushishar edi. Ayolning eri oldidagi qadri erining molichalik emasdi.
Johiliyat zamonida arab erkaklari ayol bilan bir xonada o‗tirishmas,
birga ovqatlanmasdilar. U davrda arablar uch narsada: otda, ayolda,
uyda xosiyat yo‗q, deb ishonishardi
2
.
Ayniqsa, ajrashgan ayolning turmushi juda nochor ahvolda
bo‗lgan, eri uni qiynalsin .deb boshqasiga turmushga chiqishiga
to‗sqinlik qilar, tinimsiz haqoratlar edi. Shuning uchun idda muddati
tugaydigan vaqtda uni yana nikohiga olar va takror qo‗yardi. Qabul
qilingan idda muddati bir yil bo‗lgani uchun, ajrashish cho‗zilib ketardi.
Er bu holni uch bor takrorlay olardi. Erning o‗limidan so‗ng esa ayollar
bir yil matom tutishardi va bir yil idda kutishardi.
1
Qarang.:Safayeva S. Ayollar masalasi: umumijtimoiy va milliy jihatlar.–T.: O‘zbekiston.2003. -26 b.
2
Gryunebaum G.E. Klassicheskiy islam. Ocherk istorii (660-1258). M.: 1986. S.13.
177
Cho‗ldagi badaviylar johiliyat davrida bir oz ayolni hurmatlashar,
shahardagi madaniy hayotda esa tamoman aksi edi.
Makkaga nisbatan Madinada ayollarning ahvoli yaxshiroq edi. Bu
davrda qurayshlar uy boshqarishda ayollarga ba‘zi huquklarni berganlar.
Ammo erkaklar hech qanday istisnosiz xohlaganlaricha uylana olardilar.
Quraysh va Hind kabi ba‘zi qabilalarda qiz bolalarni tiriklayin
ko‗mib yuborish odati bor edi. Bu ishni ular qiz bola baribir oilaga
yaxshilik keltirmaydi deb o‗ylab amalga oshirar edilar. Ko‗chmanchi
arablar ayrim yashab qolgan qizlariga og‘ir ishlarni qildirar, tinimsiz
haqoratlar edilar. Ba‘zan esa olti yoshlarga kirganda, uni yasantirib,
"Qarindoshlarimiznikiga olib boraman", deb cho‗lda avvaldan
hozirlangan chuqurga tashlab, ustidan tuproq tortib yuborishardi. Ba‘zi
rivoyatlarda aytilishicha, homilador ayollarni chuqurga tushirib
tug‘dirishar, agar tug‘ilgan farzand qiz bola bo‗lsa, uni o‗sha zahoti
chuqurga ko‗mib kelishardi.
Johiliyat davrida erkaklar oldida ayollarning hyech qanday
ahamiyati yo‗q edi. Turmushga berish davrida ham ota qizining istagini
hisobga olmay, yoshiga e‘tibor ham qilmasdan, xohlaganiga turmushga
berib yuborardi. Uylanadigan erkakning otasi yoki yaqin qarindoshi
qizning otasidan uni so‗ragani borardi va bu ishga ―xitba‖ deyilardi. Qiz
uzatiladigan bo‗lsa, bir mahr tayinlanar, shundan keyin turmush
qurilardi. Arablarda yana bundan boshqa bir talay botil va chirkin nikoh
shakllari uchrardi
1
.
Arablarda nikoh xususida yomon ishlardan biri-o‗gay onalariga
uylanish odatining xukm surishi edi. Bir arab xotinini qo‗ysa yoki o‗zi
o‗lsa, katta o‗g‘li o‗gay onasiga uylanishga haqi bo‗lgan, agar u o‗gay
onasiga uylanmoqchi bo‗lsa, libosini o‗sha xotin ustiga tashlar va shu
tariqa mahr bermasdan, unga uylanib olardi. Agar o‗g‘il istasa, o‗gay
onani boshqasiga turmushga berib yuborar va mahrini o‗zi olishi
mumkin edi. Hatto marhumning o‗g‘li kichik bo‗lsa, u ulg‘ayguncha
o‗gay ona ushlab turilar va bola ulg‘aygach, masala hal etilishi kutilardi.
Bu kabi xo‗rliklardan ayol o‗z qabilasidan qochib qutulmasa, bu asoratli
vaziyatdan qutulish dargumon edi.
1
Azimov A. Islom va hozirgi zamon.-T.:O‘zbekiston.1991,-5 b.
178
Islom dini vujudga kelishi arafasida dunyoda ikki katta davlat –
Rim va Eron bir-birlari bilan raqobatlashar, boshqa xalq va elatlar
ustidan hukmlarini o‗tkazishar edi. Rim nasroniy davlat, Eron esa
otashparastlar yurti edi. Bu davlatlarning qonunchiligi buzuq, inson haq-
huquqlari poymol edi, ichki nizolar oqibatida kuchsizlanib qolgan edilar.
Arabiston yarim oroli goh u, goh bu davlatning qo‗shinlari bilan harbiy
to‗qnashuvlarga duch kelib turardi. Islom dinining vujudga kelishi
Arabistonda ijtimoiy-siyosiy hayotni muolaja qiluvchi bir dastur sifatida
qarshi olindi. Hayotning barcha jabhalarini qamrovchi Islom ayollar
haq-huquqlariga ham katta e‘tibor berdi
1
.
Islomda ayolning haqlari quyidagicha ado etilishi lozim deb
ko‗rsatilgan.
1.Ayollarga
yaxshi muomalada bo‗lish, ularga nisbatan
xushmuomala, shirinso‗z, muloyim munosabatda bo‗lish, nohaqlik va
qo‗pollik qilmaslikni targ‘ib etdi. Bu xususda Muhammad Payg‘ambar
mo‗minlarning eng to‗la ishonchlisi xush xulqlisidir. Sizlarning
yaxshilaringiz
ayollarga,
zavjalariga
yaxshi
muomalada
bo‗lganlaringizdir, ayollar xususida Allohdan qo‗rqingiz. Zero, siz ularni
Allohdan omonat o‗laroq olgansiz
2
, deb ta‘kidlaganlar.
2. Ayollarni urmaslik. Ayollarga munosabat to‗g‘risida Qur‘oni
karimda: ―Xotinlarning itoatsizligidan qo‗rqsangiz, avvalo ularga
nasihat qilingiz, so‗ng (bu ta‘sir qilmasa) ularni yotoqlarida tark etingiz,
so‗ngra (bu ham kor qilmasa,) ularni (majruh bo‗lmagudek darajada)
uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqa) yo‗l
axtarmangizlar, deb qayd qilingan. ―Niso‖ oyatida aytilganidek, itoatsiz
ayolni tarbiya va so‗nggi chora sifatida qattiq og‘ritmasdan urishga izn
berilgan. Lekin, ma‘lumotlarga ko‗ra Payg‘ambarning o‗zi ayollarini
urmagan va xotin kishini urganlarga ham qarshi turgan. ―Ne bo‗ldi
erkaklarga, xotinlarini qul kabi uradilar, holbuki, ayni kun so‗nggi
(tun)da latiflashadilar‖, degan hadis ham bu fikrning isbotidir
1
. Ayni
paytda, ayollarga ham erlariga ozor bermaslik amr etilgan. 3. Ma‘lumki,
1
Jabborov S. Musulmon huquqi va odat normalari. T.: 2001-. 47 b.
2
Qur‘oni Karim. T.: Cho‘lpon. 1992.- 418 b. 28 Qur‘oni Karim. T.: Cho‘lpon, 1992. 57-58 - betlar.
1
O‘sha kitob, -192 b. 30 O‘sha kitob, -94 b.
179
yuqorida ta‘kidlanganidek, islomga qadar ayrim arab mamlakatlarida
oilada qiz farzand tug‘ilsa, fojea alomati deb qaralgan, shu bois, uni
tiriklayin ko‗mishgan. Bu odat vahshiylik hisoblanmas, aksincha,
ayollarni bunday xo‗rlash odatga aylangan edi. Islomda esa ayol va
bolalarni o‗ldirish man etilgan. Qur‘oni Karimda shunday deyiladi: ―(Ey
insonlar), bolalaringizni qashshoqlikdan qo‗rqib o‗ldirmangiz, ularga
ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o‗ldirish, shubhasiz, katta
xatodir‖ (―Al-Isro‖, 31)
2
―O‗z bolalarini aqlsizlik qilib, johilona
o‗ldirgan va Allohga tuhmat qilib ular uchun Olloh rizq qilib bergan
(hayvonlar)ni haromga chiqarganlar, albatta, (o‗zlariga) ziyon qilganlar.
(Ular) haqiqatdan adashdilar va to‗g‘ri yo‗lga yuruvchi bo‗lmadilar‖
(An‘om‖ 140)
3
Islom huquqida hatto urush vaqtida ayol va bolalarni o‗ldirish
taqiqlangan. Payg‘ambar: ―Kimki ikkita qizni voyaga yetguncha boqsa,
jannatga men bilan birga kiradi‖, deb ta‘kidlaganlar.
4. Ayollarning ilm olishlari. Ayol va erkak musulmonlarga ilm
o‗rganmoq farzdir. Qur‘oni Karimda faqatgina ayollarning o‗ziga xos,
jismiga muvofiq kelgan (masalan, avratlarini to‗sish, bola emizish, idda
muddati, taloq to‗g‘risida va hakozo) qolgan barcha oyatlar erkagu
ayolga tegishli hisoblanadi. Ilm haqidagi chaqiriqlar ham shular
jumlasidandir. Islomda iymondan keyingi farz ilm olishdir. Buning
ahamiyati to‗g‘risida Muhammad payg‘ambar ―ilmni Chinga bo‗lsa ham
borib, olinglar‖ deb ta‘kidlaydi.
Islomda ilm fikh, hadis, faroiz, tib, handasa, tarix, falakiyot va
boshqa sohalarga bo‗lingan. Musulmonlar Qur‘on va sunnatga amal
qilgan vaqtlarida ularning orasida ilmning barcha sohalarida dunyoga
tanilgan
allomalar
yetishib
chiqqan.
Bunga
o‗zimizning
vatandoshlarimiz: Al- Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Ulug‘bek, Zamaxshariy va boshqa ko‗plab olimlarning
nomlarini keltirish mumkin.
Islom olamida birinchi darsxonalar, madrasa va masjidlar
ochilgan. Uni diniy va dunyoviy bilimlar bilan boyitishga muvaffaq
2
3
180
bo‗ldilar
1
. Bu diniy va boshqa bilimlarni tahsil etishda ayol-erkak
ajratilmagan. Chunki Islomda ilm olishda ayol-erkak tengdir. ―Ilm talab
etmoq har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir‖, degan hadis ham
fikrimizning to‗g‘riligini ifodalaydi.
Islom ta‘limoticha, shubhasiz, shariatning uch amal tayanchi bor.
Bular: ilm, amal, ixlos. To‗rt xalifa zamonlari o‗tib ketgach, Islom
davlatlarida soxta din peshvolari tarafidan ayollarning ilm olishini
taqiqlaydigan uydirma hadislar ham yuzaga keldi
2
. Holbuki, Muhammad
payg‘ambar va Horun ar-Rashid davrlarida ayollar ilm tahsilining
cho‗qqisida bo‗lganlar.
Kimki ―Muslima ayollarning ilm olishini din taqiqlagan yoki
taqiqlaydi‖ iddaosini ilgari sursa, bilingizki, u kimsa Islomga xiyonat
etgan‖, degan hadis ham islom ayollarning ilm olishini
rag‘batlantiruvchi din ekanligidan dalolatdir.
Islom dinining ta‘kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga, ayrim
kamsituvchi holatlari ham mavjud: ayollar asrlar davomida oila doirasi
bilangina cheklandilar, erta nikohlilik, ko‗pxotinlik, oilada ayollarni
doimiy ravishda tazyiq ostida yashashi kabilar shular jumlasiga kiradi.
Turmush tarzi tizimida ayollar huquqlarining kamsitilishi amal
qilgan. O‗tmish zamonlarda ayollarni kamsitish jamiyat turmush tarzi
uchun odatiy hol bo‗lib kelgan. Bunday holatni ba‘zi huquqiy odat va
normalar orqali asoslashga harakat qilingan.
Masalan, Mesopotamiya va unga yaqin hududlarda shumer
huquqiga ko‗ra, bir ayol eriga: ―Sen mening erim emassan‖ desa, ya‘ni
ajrashmoqni istasa, u ayol daryoga tashlanib o‗ldirilar edi. Faqat erkak
xotiniga: ―Sen mening xotinim emassan‖ deydigan bo‗lsa, erkak unga
bir miqdor kumush pul berishi lozim edi. Albatta, bunday adolatsizliklar
ayollar ma‘naviy-ruhiy holatiga kuchli ta‘sir etmay qolmaydi. Shuning
uchun ham ayollar har qanday zo‗ravonlik va adolatsizliklarga sabr-
toqat bilan yashashga majbur bo‗lganlar
1
.
1
Islam v stranax Blijnego i Srednego Vostoka. - M., 1982. – s. 42.
2
Jabborov S. Musulmon huquqi va odat normalari. T.: 2001.- 16 b.
1
Ploss‘ G. Jenщina. Sыktыvkar-Kirov, Perya-MAA –GIPP, Vyatka. 1995. t.3-S. 259.
181
Manbalarda aytilishicha, agar bir erkak ayolning homilasini
tushirishga majbur etishi natijasida u ayol o‗lsa, o‗sha erkakning qizi
o‗limga mahkum etilardi. Ayolga muqobil erkak esa o‗ldirilmaydi,
ayolga muqobil ayol, hur erkakka muqobil hur erkak, qulga muqobil qul
o‗ldirilardi. Bu huquqqa ko‗ra, birovning jinoyati boshqaga
ko‗chirilmoqda. Aybdor, jinoyatchi erkak o‗rniga ma‘sum bir qiz
o‗ldirilmoqda.
Qadimgi Bobildagi Hammurappi va Solon qonunlarida ayolning
mulkka munosabati tilga olinmaydi. Solon o‗z qonunlarini ―barcha
uchun teng qilib qo‗ydim‖
2
, degan bo‗lsa-da, ayollar mulkka egalikda,
sud ishlarida va saylovlarda qatnashmas edilar. Bevafo ayolga o‗lim
jazosi qo‗llanilgan yoki cho‗riga aylantirilgan.
Shumer qonunlarida esa faqat ba‘zi bir qoidalar mukammalroq
ishlangan. Bunga ko‗ra, oilaning huquqiy jihatlarida ayol manfaatlarini
himoya qiluvchi ba‘zi bir moddalar kiritilgan. Masalan, bitta ayol bilan
turmush qurish e‘tirof etilgan holda, ba‘zi bir vaziyatlarda birdan ziyod
ayolga uylanishga ruxsat etilgan.
Onado‗lida yashagan xatitlarda oilada farzandlar erki faqat ota
izmida bo‗lgan. U istaganini amalga oshirishi mumkin edi. Agar xohlasa
bolalarini tovon yoki badal o‗rniga boshqasiga berib yuborardi. Eri
o‗lsa, ayol oiladagi qarindoshlariga topshirilardi. Mavjud odatga ko‗ra,
agar eri o‗lib, xotini beva qolsa, u ayol erning qarindoshiga turmushga
chiqadi. Agar u ham o‗lsa, uning otasiga, ota ham o‗lsa, erning boshqa
qarindoshlariga turmushga chiqish majburiyatida edi.
Shuningdek, farzandning olamdan o‗tgan otasidan qolgan o‗gay
onasiga uylanishi ayb emas deb hisoblangan. Shu tariqa beva qolgan
xotinga erining boshqa qarindoshlari ham uylanishga haqli bo‗lgan.
Qadimgi Yunonistonda ham ayollarning ahvoli ayanchli edi.
Ayollarga bozordagi bir buyumday munosabat qilinar edi. Ular hyech
qanday huquq va erkinliklarga ega emas edilar, lekin ayollarga oldiga
qat‘iy burchlar qo‗yilgan. Unga ko‗ra, ular butun umri davomida
erkakning buyrug‘iga itoat etish, uning xohlagan istaklarini bajarishga
majbur edilar. Ayol umrbod bir erkakning ixtiyorida bo‗lib, hayot-
2
Nersesyans V.S. Filosofiya pravo.-M.:Norma-infra.1998.-s.400-401
182
mamoti o‗sha erkakka topshirilardi. O‗sha erkak istagan ayoliga er
sifatida o‗z xohishini taklif etar va ayolni zo‗rlab o‗z tasarrufiga olardi.
Barcha mol-mulk erkakning ixtiyorida bo‗lgan. Uning roziligisiz ayol
hyech bir tasarruf huquqiga ega emas edi. Ajralish ishlarida er mutloq
haq xisoblanardi. Ba‘zi bir hollardagina ayol ham ajralish istagini bildira
olar edi. Bunday hollarda ayol boshiga adolatsiz bo‗xtonlar yog‘ilardi.
Spartaliklar esa ayolga ba‘zi bir madaniy haq-huquqlar
bergandilar35. Faqat bu ularning ayollarni hurmat qilganlari tufayli
emasdi. Sparta harbiy joy bo‗lganligi uchun erkaklar davomli urush,
jang bilan mashg‘ul bo‗lardilar. Ular ko‗p hollarda oilada bo‗lmaganlari
uchun, mol-mulkni tasarruf etishni beixtiyor ayollarga qoldirishga
majbur edilar. Shu sababli spartalik ayol Afina va boshqa Yunon
shaharlarida yashagan ayollarga qaraganda erkinroq edi.
Dostları ilə paylaş: |