Mil.av. IX – VI asrlarda Qadimgi Xorazm. Qadimgi Xorazm – Turon va Eron mintaqalari oralig‘ida joylashgan tarixiy o‘lka va qadimiy davlat sanaladi. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murg‘ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho‘zilgan. Shu boisdan bu qadimiy tarixiy o‘lka fanda 2 xil: Qadimgi Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan mashhur. Xorazm” atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad.forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu o‘lka Xvorazm talaffo’zida tilga olinadi. “Xorazm” atamasi (toponimi) semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni S.Tolstov atama talqinlari orasida eroncha “Xurr-Xurshed” va “zm-zem” so‘zlari asosida yo’zaga kelgan nomning “Quyoshli o‘lka”, “Quyoshli yer” deb atalishi haqiqatga yaqin etnonim hisoblaydi. So‘g‘dshunos olim M.Bogolyubovning fikricha, Xorazm ayrim-ayrim 3ta so‘zlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu-“yaxshi”, “ma'qul”, var-“devor”, “g‘ov”, “qal'a”, “qo‘ra” degan ma'nolarni bildirgan. Zm esa “yer”, “o‘lka”, “diyor” kabi ma'nolarni anglatgan. Demak, Xorazm atamasi “yaxshi qo‘rali yer”, “ajoyib qal'ali o‘lka”, “mustahkam qal'ali diyor” ma'nosini beradi.
Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Eng mo‘tabar qadimgi qo‘lyozmamiz”Avesto” bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida - Xorazm zaminida yaratilgan edi. Bu nodir kitob ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosdir . ”Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma'naviyat,buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hyech kim inkor etolmaydi.Xvarizam (Avesto tilida), Xvarazmish (qadimgi fors tilida), Xarasmiya (qadimgi yunon tilida) tushunchalari hozirda O‘zbekistondagi bir viloyatning nomida saqlangan.Qadimgi Xorazm tarixi va yodgorliklari S.P.Tolstov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiyaning tadqiqotlari natijasida keng yoritilgan.
Xorazmning sug‘orish inshootlari va sug‘orilishi tarixini o‘rganishda arxeolog Ya.G‘ . G‘ulomov katta hissa qo‘shgan . Xorazm tuprog‘ida turli xil qishloq va shahar xarobalari qazib ochilgan. Hozir ham Xorazm tarixini o‘rganish va uning arxeologik yodgorliklarini qidirib topish, qazib ochish, tadqiq qilish ishlariga katta e'tibor berilmoqda.
Hozirgi kunda insoniyat sivilizatsiyasining muayan bir darajasiga erishildi. Erishilgan bu yutuqqa Mesopatamiya, Gretsiya, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyo katta hissa qo‘shgan. yevropa va Amerika olimlari ham xususan tabiiy va ilmiy fanlar bo‘yicha o‘z ulushlarini qo‘shmoqdalar. Biz Xorazm jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritganimizda Xorazm vohasi, uning rivojlangan dehqonchiligi, Xiva, Urganch, Hazorasp, Qiyot singari shaharlari ,ulardagi ko‘plab o‘quv yurtlari, ilmiy va madaniy markazlar, madrasalar, xalq amaliy san'ati ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Ular orasida Xiva alohida ajralib turadi. Chunki aynan shu shaharlar dunyoga Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy kabi o‘z tadqiqotlari bilan ilmni rivojlantirgan olimlarni yetishtirib bergan. Aynan Xivada ana shunday mashhur olimlarning yetishib chiqishi uchun zamin tayyorlangan. Bugungi kunda ham Xiva madaniy markaz sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Ma'lumki, 1X-X1 asrlar Xorazm va butun Markaziy Osiyo tarixida madaniyat va fanning gullab yashnagan davri hisoblanadi. Buerda o‘sha paytda 40 dan ziyod o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatgan. Diniy ta'limotlardan tashqari dunyoviy fanlar: astronomiya, matematika, kimyo, tibbiyot fanlari bo‘yicha ham ish olib borganlar. Birgina Xivaning o‘zida xalq amaliy san'atining 60 dan ortiq turi mavjud edi. Ko‘plab ustalarning mahsulotlari boshqa mintaqalarda eksport qilinardi. Xiva savdo, hunarmandchilik va madaniy markaz sifatida o‘troq, ko‘chmanchi xalqlarning eng iste'dodli qatlamlarni o‘ziga jalb qilib, ularning imkoniyatlarini insonlar uchun zarur tomonga yo‘naltirar edi.Olim Muhammad al- Xorazmiy ana shunday muhitda tug‘ildi (783-847). Uning Xivada o‘tkazgan yoshlik yillari haqida m'lumotlar kam.
Ammo uning iste'dodli olim sifatida Xuroson hokimi Al-Ma'mun (Horun ar-Rashid)ning o‘g‘li) ho’zurida yashagani ma'lum . U Xuroson markazi Marvda dars berdi. 818 yilda al- Ma'mun bilan birga ko‘plab O‘rta Osiyolik olimlar , shu jumladan, Al-Xorazmiy ham Bog‘dodga keldi. Ilm- fanning homiysi bo‘lgan Al-Ma'mun bu yerda o‘ziga xos akademiya - “Baytul hikma” tashkil etdi. Al-Xorazmiy ana shu markazga boshchilik qildi.
Al-xorazmiy bu yerda insoniyatga matematika, geometriya, geodeziya kabi fanlar bo‘yicha bir necha fundamental asarlar tortiq qildi. U akademiyaning rahbari sifatida hozirgi matematikaning asoslarini yaratdi va “Hind hisobi haqida”; “Al-jabr val –muqobila” kabi asarlar yozdi. X1 asrda Al-Xorazmiy asos solgan matematika yevropa tillariga, shu jumladan, ingliz va franso’z tillariga tarjima qilib bo‘lingan edi. X11 asrdan boshlab yevropa, keyin esa dunyoning boshqa mintaqalarida o‘z o‘rnini qat'iy egalladi . Xorazm diyori dunyoga yetishtirib bergan yana bir olim Al-Beruniydir (973-1048). U Xivadan 30 km narida joylashgan Qiyot shahrida tug‘ilgan. Uning asarlari o‘sha davr fani va madaniyati, shaharlarning rivojlanishi darajasini xarakterlash uchun boy material beradi.Yoshlik paytidan boshlab Beruniy matematika va astronomiya bilan shug‘ullangan. O‘zining o‘lchov asbobi yordamida quyosh balandligini ekliktika va ekvator tekisligining qiyalik kattaligini o‘lchagan va 22 yoshida globus yasagan. Mana shularning hammasi o‘sha paytlarda Xiva va uning atrofida fanning rivojlanishi darajasi qanday bo‘lganligidan yaqqol dalolat beradi.
Hukmdor Ma'mun II 1010 yili ko‘p olimlarni Xorazmning poytaxti Urganchda to‘plab , o‘ziga xos akademiya -“ Majlisi ulamoh” tashkil etdi. Ular orasida Beruniy va Ibn Sino ham bor edi . Beruniy Ma'munning fan bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanadi. Beruniyning ilmiy merosi juda ulkan. Uning tabiiy fanlar, shuningdek, falsafa va tarix sohasidagi ilmiy ishlari ahamiyatlidir. Beruniy haqli ravishda hamma zamonlarning eng yirik hindshunoslaridan hisoblanadi. Uning bilish, tafakkur haqidagi fikrlari bugun ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas .
Beruniy geodeziya , matematika va geografiya sohasida dunyo faniga fundamental ishlanmalar , o‘lchamlarni aniqlashning yangi va qulay usulini taklif qilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, Beruniy asarlarida oy, planetalar va Quyosh o‘rtasidagi masofa vaularning o‘lchamlarini aniqlash usullari to‘g‘risida keng mulohazalar bayon etilgan.Eramizdan avvalgi 5 mingyillikning oxiri va 4 mingyillik boshlarida Xorazmning sobiq Kaltaminor kanali o‘zanidagi ovchi baliqchilarning qadim manzilgohlari joylashgan. Bu yodgorliklar ichida ancha yaxshi saqlangan manzilgohlardan biri Jonbos 4dir. Bu yerda olib borilgan qazish ishlari paytida yarim yerto‘la ko‘rinishidagi uy qoldiqlari, toshdan yasalgan ko‘plab mehnat qurollari va sopol idishlar topilgan: uy o‘rtasida katta o‘choq, uning atrofida devor bo‘ylab oilaviy o‘choqlar bo‘lgan. Bu uyda 120 nafargacha odam yashagan.
Kaltaminorliklar asosan baliqchilik bilan shug‘ullanganlar, tikuvchilik, kulolchilik ham rivoj topgan . Sopol idishlar qo‘lda yasalgan. Odamlar daryo bo‘ylarida yashaganlar, baliqni to‘r, garpun, tosh paykonlar yordamida tutganlar. Kaltaminor yodgorligiga xos mehnat qurollari va kulolchilik buyumlari Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi hududlarda: Zarafshon va Amudaryoning quyi oqimlarida hamda Qizilqum sahrosida uchraydi.Bronza davri. 1938 yilda arxeolog S.P. Tolstov Amudaryoning quyi oqimi havzasida bronza davriga oid manzilgohlarni ochib, ularga Tozabog‘yon yoki Tozabog‘yop madaniyati yodgorliklari deb shartli nom berdi. O‘zbekiston hududida bronza davrida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalarning moddiy madaniyati yodgorliklari asosan Xorazmda topilgan. Dastlabki yodgorliklar yop (kanal) atrofida tekshirilgani uchun Tozabog‘yob deb atalgan.
Bu madaniyat uchun qo‘pol yassi tubli, boshoqqa yoki to‘rga o‘xshatib qolipda bosilgan va o‘yilgan ornamentli xurmachasimon keramika xarakterlidir. Tozabog‘yob madaniyati genetik jihatdan kaltaminor madaniyatiga borib taqaladi. Tozabog‘yob madaniyatining birinchi qabristoni - Ko‘kcha tog‘idan 5 km janubroqda joylashgan. Ko‘kcha 3 qabristonining ochilishi katta diqqatga sazovordir.
Bunga taqir yo’zida yo’zga yaqin qabr uchun qazilgan chuqurlar topilgan. O‘liklar to‘rtburchakli chuqurlarda boshlari bilan g‘arb tomonga qarab bujmaygan holda yotadilar. Yakka-yakka va juft - juft ko‘milganlar ham uchraydi. Juft ko‘milganlar ichida erkak va xotinlarning birga ko‘milganligini ko‘rish mumkin, ammo ular bir vaqtda emas, balki oldinma ketin ko‘milgan. Juft ko‘milganlar ichida ayniqsa bolalar jasadi ko‘p miqdorda idishlar, bronza bilago’zuklar topildi.Ko‘kcha makonida 10 ta yarim yerto‘ladan iborat uy o‘rinlari qazib ochildi. yerto‘lalar to‘g‘ri burchakli yoki dumaloq shaklga yaqin qurilgan. yerto‘lalarning sathlariga qator tik yog‘och ustunlar o‘rnatish uchun chuqurchalar o‘yilgan. Ular ustunli yengil uy tizimini hosil qilgan. yerto‘lalardan hayvon suyaklari,o‘choq qoldiqlari, sopol idishlar bronzadan ishlangan qurollar topildi.
Qavat-3 makonidan bronzadan qurollar yasash ustaxonasining izlari topilgan (qoliplar, ma'dan parchalari ,qurollarning siniqlari).Tozabog‘yob makonlari miloddan avvalgi 2 mingyilliklarning o‘rtalari va ikkinchi yarmida rivoj topgan. Bronza davri yangi tarixiy madaniy voqyealar bilan bog‘liqdir. Sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligini keng yoyilishi kulolchilik charxi va g‘ildirakning kashf etilishi, katta – katta inshootlar qurish ishlarining amalga oshirilishi, qoramol, yovvoyi ot, tuyalarni qo‘lga o‘rgatish va xonakilashtirish miloddan avvalgi 2mingyillik o‘rtalarida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi bronza davriga oiddir.
Xiva shahri o‘zining tarixiy o‘tmishi, me'moriy to’zilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan qadimiy shaharlar orasida alohida o‘rin tutadi. yer kurrasida mashhur bo‘lgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh bo‘lgan bu shaharning Ichan qal'a qismi 1990 yil Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan 100-shahar hisoblanadi. Me'moriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar O‘rta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda mintaqamizda ilk bor Xivaning Ichan qal'a qismi tarixiy-me'moriy yodgorliklar qo‘riqxonasi deb e'lon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan o‘rni YuNeSKO Bosh konferensiyasining 1995 yil oktyabrdagi 28-sessiyasida alohida qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500 yilligi 1997 yilda jahon miqyosida keng nishonlandi. Xiva (Xivak) Xorazmning Kot (kos), Jurjoniya , Zamaxshar, Hazorasp, Darg‘on, Madmimiya, Korder kabi qadimiy shaharlari jumlasidandir. Arab, fors, turkiy tillarda yozilgan qo‘lyozma kitoblarida shahar tarixiga oid ma'lumotlar ko‘p. Arabiynavis jug‘rofiya olimlaridan Istaxriy (taxminan 1029-1087), Ibn Havqal (X asr ), Al-Muqaddasiy (947-1000) shaharning eng rivojlangan davri (Xasr) tarixi haqida o‘ta muhim ma'lumot keltirganlar. Masalan, Al- muqaddasiy Xorazm mamlakatiga qarashli qirqqa yaqin shahar haqida ma'lumot keltiradi.U Xiva haqida bunday deb yozadi: “Xiva cho‘l chekkasida joylashgan azim bir shahardir va Amudaryodan chiqarilgan nahr bo‘yidadir . Uning katta jome masjidi bor. U yerda o’zum, mayiz, qandolat, kunjut, matodan tikilgan kiyimlar, gilamlar...so’zma va baliq yetishtiradilar. Shahar tarixi, uning osori atiqalari, mashhur kishilari, xalqning kasb –kori haqida forsiy kitoblarda, xususan X asrda yozilgan “Hudud al-olam min mashriq ilal mag‘rib” (Sharqdan G‘arbga qarab joylashgan mamlakatlarning xududlari) asarida Qadimgi Xorazmning Kos (Kot), Xushmisan, Nujabon, Gurganj, Kordon-azxas, Badminiya, Borategin, Kirdor va Xiva shaharlari haqida muhim ma'lumotlar berilgan . Hamidulloh Kazviniy (1281-1350) shunday deb yozadi: ”Xorazm va Jurjoniya... beshinchi iqlimdan ... Uning poytaxti Urganch bo‘lib , hozir Xorazm nomi bilan mashhurdir”. Amin Ahmad Roziy (XIV –asr)ning fikricha , Gurganch ikkita:Katta Urganch va Kichik Urganch bo‘lgan. Xorazm va Xiva haqida Mahmud ibn Vali (XVII –asr)ning fors tilida yozilgan “Bahr ul- asror fi Manoqib ul –ahyor ( Olijanob kishilarning jasorati haqida sirlar dengizi) kitobining birinchi jildida ham muhim ma'lumotlar keltirilgan. Unda xususan quyidagilarni o‘qish mumkin: “Xorazm beshinchi iqlimdagi katta mamlakatdir. Obu havosi salqin. Xiva- katta shahar, iqlimi toza, Najmiddin Kubroning vatani ...”
XVII asrda yashagan Hasanbek Rumluning “Eng go‘zal tarix” asarida, Xiva xoni, tarixchi olim Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” asarida, mahalliy mualliflardan Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlarida Xiva xonligi va Xiva shahrining ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etilgan Va nihoyat bu ko‘hna va ulkan mamlakat haqida Xudoyberdi Avaz Muhammad Xivaqiyning 1831-1832 yillar davomida o‘zbek tilida yozilgan “Dili G‘aroyib” asarida ko‘plab qimmatli dalil va ma'lumotlarni uchratish mumkin. Xususan, asarda Xiva haqida shunday deb yozilgan : “Xorazmning yana shahri-Ramldir. U Som ibn Nuh tarafidan bunyod etilgan, hozir u Xivaq nomi bilan mashhur ...”.Xiva tarixi bo‘yicha rossiyalik mualliflarning asarlari hamda yevropa sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan manbalarni ham ko‘plab sanab o‘tish mumkin.O‘zbekiston olimlari ham Xorazm tarixini o‘rganish ishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular orasida akademik I. Mo‘minov boshchiligida yaratilgan “Xorazmning qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi” (1976 yil) alohida qimmatga ega.
Xorazmning qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyi munosabati bilan chop etilgan “Xiva ming gumbaz shahri” kitobi ham tarixiy faktlar boy asardir (1997 yil.) Xorazm vaXiva tarixiga oid manbalar ko‘p. Biz ulardan ayrimlarini tilga oldik, xolos.Xivani arxeologik jihatdan o‘rganish S.Tolstov, Ya.G‘ulomov, A.Terenojkin va boshqalar tomonidan 20-asr o‘rtalarigacha olib borilgan. 1984-1993 yillarda arxeologik qazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshirildi. Shahar hududida 6ta qazilma va 7 ta shurf belgilandi.
Xivaning qajimgi qismi –Ichan qal'ada 1200 m.kv.bo‘lgan maydon qazib o‘rganildi. Arxeologik ashyolarning 7 metrgacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo bo‘lish davri qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining birinchi davrida Ichan qal'a o‘rnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr mil. av. 5-asrga to‘g‘ri keladi.
Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiqlari shu davrga mansubdir. Xullas, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari bu davrda shakllana boshlagan.
«Avesto»ning dastlabki ma'lumotlariga (Yasht madxiyalari) zamondosh Xorazm yodgorliklari miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga oid Amirobod madaniyati nomi bilan atalgan. Bu davr yodgorliklari maxalliy bronza davri madaniyati xususiyatlarini saklab, yarim yerto‘la, turar joy, sug‘orish kanallar izlari va qo‘lda yasalgan idishlar bilan mashxur bo‘lgan. Bronza buyumlaridan o‘roqlar, jez ignalar hamda o‘q, uchlari qo‘yilgan tosh qoliplar topildi.Xorazmdagi shu davr axolisining asosiy tirikchilik manbai dexkonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Tabiiy sharoit kanal va arik kazib , suv chikarishga imkon bergan noxiyalarda sugorma dexkonchilik turli shakllarda rivojlangan. Ulkaning yirik sugorish inshootlari miloddan avvalgi VI-V asrga oiddir.Tadkikotchilar bu inshootlar axmoniylardan xam oldingi davrlarda katta bir davlat xududida kurilgan bulishi mumkin va bu davlatga Xorazm,Sugdiyona, Parfiya yerlari kirgan, deb faraz qiladilar. Chunki davlat tashkiloti bo‘lmasa, bunday katta va o’zun kanallarni qazib, ta'mirlab turish mumkin bo‘lmasdi.
Gekatey va Gerodotlarning Akes daryosi suvlari bilan foydalanuvchi yerlar xakidagi xabarlariga kura, ”Katta Xorazm” davlati tugrisidagi ilmiy nazariya paydo bulgan. Bu davrda Gerodot sanab utgan xalklar - girkanlar, parfiyaliklar saranglar, tamaneylar yerlari xam kirgan. Ba'zi tatkikotchilarning ta'kidlashicha (V.Tarn, F.Altxaym) axamoniylar davridan oldin Xorazmliklar Parfiya chegaralaridan sharkiy yunalishda Kopetdog yonbagirlarida joylashganlar. Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo‘lib, bu davlatni KirII buysundirgandan sung xorazmliklar Kuyi Amudaryo xozirgi Xorazm viloyatiga kuchib borganlar deb faraz kilinadi. Demak bu nazariyaga kura, xorazmliklarni Kuyi Amudaryo yerlariga kadimgi forslar sikib chikarganlar.S.P.Tolstov, M.G.Vorob'yovalar bu nazariyaga karshi bo‘lib, xorazmliklar Markaziy Osiyo janubidan kuchib kelmaganlar.
Xorazm davlati Kuyi Amudaryoda kadimgi zamonlardayok vujudga kelgan deb xulosa kilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari xozirgi Xorazm viloyati xududidan keng bo‘lib, O‘rta Amudaryodagi Kushkal'adan boshlanib Orol dengizigacha bulgan turli viloyatlarni o’z ichiga olgan .
Bu xududda miloddan avvalgi VI-V asrlarga oid 310 ta uy kurgonlar, kishlok va shaxar xarobalari ma'lumdir. Shular jumlasidan eng yirigi Ko’zalikir shaxridir, u mustaxkam mudofaa devorlari bilan uralgan. Ko’zalikir mudofaa devorlarining to’zulishi bilan Baktriyadagi Kiziltepa shaxar shaxar devorlarining to’zulishida ancha uxshashliklar topildi. Baktriya, Xorazm shaxar markazlari mudofaa devorlarining O‘rtasida jangchilar yurishi uchun maxsus yulak bulgan. Shaxar devorlari ustiga uk otish uchun xarbiy minora mudofaa burji kurilgan. Devorlarda xar 2 metrda shinaklar koldirilgan.Arxeologik manbalarga ko‘ra, Xorazm tuprogida miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid paxsa yoki xom gishtdan kurilgan uy joylar, mudofaa devorlari va turli inshootlar topilmagan.Turar joylar yarim yertulalardan iborat bulgan . Sopol idishlar kulda yasalgan va kulolchilik charxi bu davr maxalliy xunarmanchiligida noma'lum bulgan.
Xorazm moddiy madaniyati xamda binokorligidagi yangi o’zgarishlar va bu viloyat oldingi davrlarda noma'lum bulgan madaniy an'analar miloddan avvalgi VI-V asrlar bilan sanaladi. Shu davrga oid Xorazmda gisht va poxsadan kurilgan uy joylar kazib ochilgan. Qurilish va hunarmandchilik ancha rivoj topgan. Dingalja uy-qo‘rg‘oni paxsa devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib ,uy-joy xo‘jalik xonalari va oshxonalardan hamda ichki hovlidan iboratdir.Bu yerda bronza va temirdan yasalgan mehnat hamda harbiy qurollar ,sopol urchuklar, jez igna, bigizlar tosh kurollar, sopol idishlar topilgan. Xorazm sopol idishlari Marg‘iyona , Baqtriya, So‘g‘diyona kulolchilik buyumlariga o‘xshab , ulardan uncha farq qilmaydi. Sopol idishlar va boshqa moddiy manbalarning to’zulishi va mudofaa binokorligi ham dalolat beradi. Bu davrda Xorazm tuprog‘ida Markaziy Osiyo janubiy viloyatlarida juda qadimgi zamonlardayoq rivojlanib ma'lum bulgan madaniy xususiyatlar va an'analarning keng tarqalishi, mahalliy aholining moddiy madaniyatiga joriy qilinishi qiziqarli ilmiy muammodir.Shu muammoni o‘rganish va aniqlash jarayonida tadqiqotchilar turli xil xulosa- fikrlarga keldilar .Markaziy Osiyo viloyatlarining madaniy o‘xshashliklariga sabab xalqlarning qushni- qarindoshligi, umumiy urf odatlari, tili, savdo –sotik, madaniy aloqalari, janubda yuqori darajada rivojlangan madaniyatning ta'siri, janubiy aholi bir qismining Xorazm chegaralari yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi.Agar ko‘rsatib o‘tilgan fikrlar,jumladan, oxirgisi to‘g‘ri bo‘lsa, qabilalarning ko‘chish jarayoni Kir 11ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda boshlangan. Janubiy viloyatlarning vakillari va mahalliy aholisi qo‘shilishi natijasida yangi madaniy vaetnik jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu vaziyat, arxeologik va antropologik ma'lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo va xususanYu O‘zbekiston hududida bronza davrida va miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida ancha taraqqiy topgan. Misol uchun miloddan avvalgi IX-VIIIasrlardaJanubiy So‘g‘diyonada (Qashqadaryo vohasi) charxda ishlangan idishlarning paydo bo‘lishi, qurilishda g‘isht bilan paxsaning ishlatilishi, uy-qo‘rg‘onlar va ayrim qal'alarning bino qilinishi Baqtriyaning So‘g‘diyonaga madaniy ta'sirini va baqtriyaliklar tomonidan ba'zi nohiyalarning o‘zlashtirilganligini tasdiqlaydi.
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VI asrda Amudaryoning o‘rta oqimi qismidan Orolga yaqin bo‘lgan yerlarda vujudga kelgan, degan xulosaning to‘g‘riligini tasdiqladi. Bu davlat Marg‘iyonadagi Marv atrofida rivojlanmagan, chunki yozma manbalarga ko‘ra , Marg‘iyona qadimgi Baqtriya davlatining yirik viloyati bo‘lgan. Baqtriya vaXorazm davlatining hududiy chegaralari O‘rta Amudaryo oqimidagi yerlar orqali o‘tgan. Shu yerlarda bir-biriga ro‘para holatda ikkita qadimgi istehkom- Odoytepa va Qo‘shqal'a qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan yerlar So‘g‘diyona,Marg‘iyona va Baqtriyaga tegishli o‘lkalarga borib taqalgan. Balki shuning uchun Gekatey xorazmliklar viloyatini parfiyaliklardan sharqiy tomonda joylashtirgan. Gerodot esa parfiyaliklar va xorazmliklarning yerlari chegaradosh bo‘lgan deb ko‘rsatgan. KirII Markaziy Osiyoning janubiy viloyatlarini istelo qilib, shu yerning bir qism aholisini yurtimizdan shimoliy viloyatlariga siqib chiqarish mumkin edi, ammo qadimgi Xorazm davlatining vujudga kelishi turli murakkab madaniy, etnik va siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib,ahamoniylar davridan oldingi zamonlarda boshlangan.
Mil.av. 6-5 asrlarda Xorazm Ahamoniylar davlatining 16-satraplik tarkibiga kirgan. Mil.av. 5 asr oxiri-4-asr boshlarida esa alohida satraplik hisoblangan. Mil.av. 4-asrning 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush asos solgan. Mil.av. 328 yil bahorida O‘rta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Iskandar qarorgohiga mo’zokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Fanda massagetlar konfederatsiyasi nomi bilan tilga olingan Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrig‘iylar sulolasi boshqargan. Mil.av. 3 – mil. 3-asrlarda Xorazm Sirdaryo havzasining o‘rta qismida tashkil topgan Qang‘ davlatining tarkibida bo‘lgan.