188
Ikkinchi yo„nalish – ta‘lim muassasalarida ta‘lim olayotgan
qizlar bilan ishlashdan iborat bo‗lib, ushbu yo‗nalish vazifalarni o‗z
ichiga oladi:
a) joylarda Ota-onalar universitetlarini faoliyatini kuchaytirish
orqali, ta‘lim muassasasi-oila-mahalla hamkorligini quyidagi tashkil
etish, bunda, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash bo‗yicha
mutaxassislar faolligini oshirish:
b) ―Qizlarjon‖ klublari orqali ta‘lim muassasalaridagi o‗quvchi
qizlarni faolligini oshirish va ularni turli hil to‗garaklarga
jalb etgan
holda bo‗sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
v) o‗quvchilarni huquqiy bilimlarini oshirish, bunda, ularning
turmush qurishdagi haq-huquqlari,
nikoh shartnomasi, er-xotin
o‗rtasidagi va boshqa oilaviy munosabat to‗g‘risida ko‗nikmalarini
shakllantirish:
g) tegishli dars soatlarida yoshlarni hayotga tayyorlash, bunda,
hayotiy bilimi, kasb egallashi, oilaga tayyorligi masalalariga alohida
e‘tibor qaratish:
d) ta‘lim muassasalarida psixologlar xizmatini sifatli tashkil etish,
bunda, kadrlarga e‘tibor qaratish, psixologik testlar o‗tkazish.
Ma‘lumot uchun shuni ta‘kidlab o‗tish joizki, umumiy o‗rta va
o‗rta maxsus ta‘lim
muassasalarida, ulardagi o‗quvchilar sonidan kelib
chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:
250 nafargacha – 1 ta shtat;
250 nafardan 800 nafargacha – 1,5 ta shtat;
800 nafardan 1600 nafargacha – 2 ta shtat;
1600 nafardan 3000 nafargacha – 2,5 ta shtat;
3000 nafar va undan ortiq – 3 ta shtat birligida psixolog shtati
joriy etildi
1
.
Bugungi kunda asosan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan salbiy
holatlarning oqibati
bilan ishlab qolinayotganligi, yoshlar bilan ishlash,
1
Т.Нарбаева. Таълим муассасаларида таълим ва тарбия уйғунлигини таъминлашда хотин-
қизларнинг ўрни. ―Хотин-қизлар ижтимоий-сиѐсий фаоллигини ошириш – мамлакатимизда амалга
оширилаѐтган ислоҳотларнинг муҳим омили‖ мавзусида республика илмий-амалий анжумани
мақолалар тўплами. 26 февраль 2019 йил. 5-бет.
189
ularni hayotga tayyorlash bo‗yicha tizimli ishlar yetarli darajada tashkil
qilinmaganligi yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir.
Mamlakatimizda bola tug‘ilishidan to oilaviy munosabatga
kirishishgacha bo‗lgan davrda ularning ta‘lim-tarbiyasi bilan ishlaydigan
mustahkam tizim yaratilgan.
Ya‘ni, tibbiyot xodimlari bola tug‘ilganidan uning sog‘ligi
borasida qayg‘ursa, bog‘cha, maktab, kollej, oliy ta‘lim
muassasalari
mahalla bilan birga, ularning bilim va tarbiya olishiga hamda kasb
egallashiga ko‗maklashadi.
Lekin, yoshlarni hayotga tayyorlash bo‗yicha yaratilgan ushbu
tizim bilan jamoatchilik tashkilotlari o‗rtasida uzviy hamkorlik,
yagona
yondashuv tizimining yo‗qligi muammoning asosiy ildizini tashkil etadi.
Shu sababli, mazkur yo‗nalishda, birinchi navbatda
, yoshlarni
Dostları ilə paylaş: