Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


hayotga tayyorlash bo„yicha yagona Konsepsiyani



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94
oila

hayotga tayyorlash bo„yicha yagona Konsepsiyani ishlab chiqib, 
amaliyotga joriy qilish eng asosiy dolzarb vazifalardan biri bo‗lsa, 
oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilalardagi 
ijtimoiy-ma‘naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida ham manzilli 
ishlashni tashkil etish, ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalarni aniqlab 
olish va ularning muammolarini keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan 
holda hal qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, Mahalla va oilani qo‗llab-quvvatlash boshqarmasi 
bilan hamkorlikda FHDYo organlariga turmush qurish uchun ariza 
bergan yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash borasida qisqa 
o‗quvlar tashkil etishimiz, shuningdek ta‘lim vazirliklari bilan 
hamkorlikda yoshlarni hayotga tayyorlash ishlarini tashkil etish, 
Sog‘liqni saqlash vazirligi va mahalla va oilani qo‗llab-quvvatlash 
boshqarmasi bilan hamkorlikda nikohdan o‗tuvchi yoshlarni to‗liq tibbiy 
ko‗rikdan o‗tkazilishini ta‘minlash va xotinqizlar o‗rtasida reproduktiv 
salomatlikni mustahkamlash, skrining tekshiruvlarining afzalliklarini 
targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Xulosa o‗rnida ta‘lim muassasalarida ta‘lim va tarbiya 
uyg‘unligini ta‘minlash, yoshlar bilan ishlash, ularni hayotga tayyorlash 
bo‗yicha tizimli ishlarni tashkil qilish bo‗yicha quyidagilarni tavsiya 
qilish mumkin:


190 
Avvalambor, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini, 
yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‗llab-quvvatlash hamda rivojlantirish 
borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini talim 
muassasalarida keng targ‘ib etish zarur. Shuningdek, ta‘lim 
muassasalarida «Qizlarjon» klublari faoliyatini tashkil etish orqali 
qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish, ularni kasb-hunarga yo‗naltirish, shuningdek, oila va nikoh, 
reproduktiv salomatlik masalalari bo‗yicha to‗garaklarga keng jalb etish, 
respublikamizdagi iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni hamda 
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini mamlakatimiz ijtimoiy-
siyosiy hayotidagi faolligini oshirish va ularni ta‘lim muassasalaridagi 
ijtimoiy-ma‘naviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot 
ishlariga keng jalb etish ushbu sohada yaxshi samara beruvchi 
omillardandir.
Ta‘lim muassasalaridagi iqtidorli qizlarni ijodiy salohiyatini 
qo‗llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ular tomonidan yaratilgan 
intellektual loyihalarni targ‘ib etish ishlariga ko‗maklashish, 
o‗quvchilarni bilim olishga, kitob mutolaa qilishga bo‗lgan qiziqishlarini 
rivojlantirish, muomala va nutq madaniyatini shakllantirish, shuningdek, 
ta‘lim muassasalaridagi davomat bo‗yicha yuzaga kelayotgan 
muammolarni bartaraf etilishida ―Tengdosh tengdoshga o‗rnak‖ shiori 
ostida namunali o‗quvchilar faoliyatini targ‘ib qilish yosh qizlarning 
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish amaliy ahamiyatga ega bo‗ladi.
O‗quvchilarni 
globallashuv 
sharoitidagi 
turli 
ma‘naviy 
tahdidlardan himoya qilish, ularda ―Ommaviy madaniyat‖ tahdidlariga 
qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash yuzasidan ijtimoiy 
tarmoqlar orqali targ‘ibot tashviqot ishlarini kuchaytirish, o‗quvchi 
qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ma‘naviy-axloqiy 
jixatdan tarbiyalash, kasbhunarga o‗rgatish, milliy urf-odat va an‘analar 
ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida «Qizlarjon» 
klublari faoliyatini yanada takomillashtirish, qizlarda olijanob axloqiy 
fazilatlar, yuksak ma‘naviyat va keng dunyoqarashni shakllantirish, 
ularni hayotga tayyorlash maqsadida O‗zbekiston Xotin-qizlar Qizlar 
qo‗mitasi tomonidan yaratilgan «Qizlar kutubxonasi» turkumidagi 


191 
«Faqat qizlar uchun» nomli ommabop risolalarning mobil ilovasini 
amaliyotga joriy qilish juda katta ahamiyatga egadir. 
Ta‘lim muassasalarida ta‘lim va tarbiya uyg‘unligi, yoshlarning 
iqtidori va istyedodini to‗laqonli namoyon qilishga qaratilgan madaniy-
ma‘rifiy tadbirlarni, anjuman va ko‗rgazmalarni tizimli tashkil etish, 
yoshlar 
orasida 
ma‘naviy-ma‘rifiy 
faoliyatga 
doir 
yangicha 
yondashuvlarni ishlab chiqish, OAVda yoshlar qiziqishlaridan kelib 
chiqib, yangicha ko‗rsatuvlar, eshittirishlar va rubrikalarni tashkil etish 
ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda xotin-qizlar 
faol ishtirokini ta‘minlashning asosiy omillari bo‗lib hisoblanadi. 
Fuqarolar huquqiy madaniyatini shakllantirishda tabaqalashtirilgan 
yondashuv zarur, chunki aholining turli qatlamlari qonunlarning 
mohiyatini turlicha tushunishi mumkin.
Har qanday shaxsning huquqiy madaniyatini shakllantirish, 
jumladan ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirish ham o‗z-o‗zidan 
yuzaga keladigan jarayon emas. CHunki ayollar o‗ziga xos demografik 
guruh bo‗lib, aholining yarmidan ko‗pini tashkil etadi. Jamiyat – 
shaxslarning moddiy ne‘matlar hamda o‗z-o‗zini qayta ishlab chiqarish 
faoliyatidir. Bu sohada jinslar o‗ziga xos funksiyalarni va rollarni 
bajaradilar. Jinslarning bio-fiziologik tuzilishiga ko‗ra moddiy ne‘matlar 
yaratish jarayonida bosh rolni erkak, o‗z-o‗zini qayta ishlab chiqarishda 
esa bosh rolni ayol bajaradi. SHunga ko‗ra erkaklar asosan jamiyatning 
moddiy-iqtisodiy taraqqiyotini, ayollar esa uning uzluksiz rivojlanishini 
ta‘minlab turadi. SHu boisdan ham yuqorida ta‘riflaganimizdek, ayollar 
faqat uy bekasi, onalik vazifasini bajarishib, oila doirasida ko‗p asr qolib 
ketdilar. Natijada ijtimoiy taraqqiyotga bilvosita, ishlab chiqarish 
kuchlarini etishtirib berish orqali o‗z hissalarini qo‗shdilar. Ammo bu 
mehnatlari qadrlanmadi, unga haq olmadilar. Sanoatning rivojlanishi, 
fan va texnikaning takomillashuvi ayollarni ham ishlab chiqarishda 
qatnashuviga imkoniyat yaratdi. Ammo bu jarayon o‗z-o‗zidan ro‗y 
bermadi. CHunki ayollar mehnati erkaklar mehnatidan farq qiladi: 
ayollar faqatgina moddiy ne‘matlar ishlab chiqarmasdan, balki onalik 
vazifasini ham bajaradi. SHuning uchun ayollarning moddiy ne‘matlar 
ishlab chiqarish imkoniyatlari erkaklarnikiga nisbatan miqdor va sifat 


192 
jihatdan cheklangandir. Ayollar mehnatining miqdoriy cheklanishining 
sababi ijtimoiy zaruriyat tufayli homiladorlik ta‘tiliga chiqishi, 
farzandini tarbiyalashi, oila xo‗jaligini tebratishi va boshqalardir.
Ayol jismining ruhiy - fiziologik o‗ziga xosligi tufayli uning 
mehnati erkaklar mehnatidan sifat jihatdan ham farqlanadi. Ayollar 
ma‘lumotini va kasbiy mahoratlarini oshirishlari uchun erkaklarga 
nisbatan juda kam bo‗sh vaqtga ega bo‗ladilar. Ayollar ko‗p vaqtlarini 
uy-xo‗jalik ishlari bilan, farzand tug‗ish, ularni parvarishlash va 
tarbiyalashga sarflashadi. SHuning uchun ularning kasbiy mahoratini 
oshirishga kam vaqt qoladi.
Ayollar mehnati, uning o‗ziga xosligini tadqiq etganda farzand 
tug‗ib, tarbiyalashning ijtimoiy mehnatining bir qismi deb qarash bilan 
birga, bu mehnatning shakllanish usuli, taraqqiyot qonuniyatlarini 
e‘tiborga olish talab etiladi. CHunki ayollar mehnatining o‗ziga xosligi, 
ularning aholini yangilab turish va yosh avlodni tarbiyalash jarayonidagi 
asosiy mavqeidan kelib chiqish lozim. Ayollar mehnat faoliyatlarini uy-
xo‗jalik va onalik vazifalari bilan uyg‗unlashtiradi. Uy-xo‗jalik 
ishlarining 
engillashishi 
esa 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotga bog‗liqdir.
Ayollarning onalik vazifasini bajarishi esa ijtimoiy taraqqiyotning 
barcha davrlari uchun zaruriyat hisoblangan. SHuning uchun ayollar 
mehnatini baholashda mana shu maxsus, o‗ziga xos omillarni hisobga 
olish zarur.
Ayollar mehnati – bu ayollarning jismoniy va ma‘naviy 
imkoniyatlarni ijtimoiy ishlab chiqarish, uy-xo‗jaligi, farzandlarini 
parvarishlashi va ularni tarbiyalashga sarf qilgan faoliyat jarayoni 
hisoblanadi. Sobiq sovetlar davrida ayollarni ijtimoiy mehnatning barcha 
sohalariga jalb etishda ma‘lum ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy ishlar 
qilindi94. Ammo ular biryoqlama xarakterga ega edi.
SHubha yo‗qki, ayollarning mehnatdagi faolligi ularning moddiy 
manfaatdorligini va iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlaydi. CHunki oila 
moddiy jihatdan ta‘minlangan bo‗lsagina oila a‘zolarining moddiy va 
ma‘naviy xarid ehtiyojlari qondiriladi. Turli texnik asboblarni qo‗llash 
orqali uy-xo‗jalik qo‗l mehnatidan foydalanishni kamaytirish mumkin, 


193 
shuningdek, maishiy xizmat ko‗rsatishdan, umumiy ovqatlanishdan 
foydalanish mumkin, bu esa o‗z navbatida bo‗sh vaqtdan unumli 
foydalanish imkoniyatini tug‗diradi. SHuningdek, mehnatkash ayol 
dekret ta‘tiliga chiqqanda, farzandlarini parvarishlagan vaqtda, ularning 
sog‗lig‗ini tiklagan paytda ham maosh olib turish imkoniyati mavjud 
bo‗ladi. Bolalar bog‗chalaridan, maktab lagerlaridan imtiyozli 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Kolaversa, yashash sharoitini 
yaxshilaydi, qarigan chog‗ida nafaqa olish imkoniyatiga ham ega 
bo‗ladi.
SHuning bilan birga, ayollarning iqtisodiy jihatdan mustaqillikka 
erishishi, ularni oiladagi mavqeini ham o‗zgartiradi hamda kasbiy 
mahoratini oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda 
rivojlanyotgan davlatda ayollar uchun mutaxassislikka ega bo‗lish ham 
rafiqa bo‗lishdek qadriyat hisoblanadi hamda yuqori baholanadi.
SHuningdek, yangi ishlab chiqaruvchi kuchlarning komilligi oilada 
ayolning tutgan o‗rniga bog‗liq95. Bunday avlodni tarbiyalash 
ayollarning jismoniy salomatligiga va ma‘naviy kamolotiga bog‗liqdir. 
SHundagina ayollar kelajak uchun sog‗lom, barkamol, intellektual, 
axloqiy, estetik va boshqa sifatlarga ega komil insonni tarbiyalashi 
mumkin bo‗ladi.
Ko‗rib turibmizki, ayollarning 2 vazifani bajarishi bir-biriga 
nomutanosib: ayol bir vaqtning o‗zida ijtimoiy mehnatda hamda onalik 
vazifasini bajarishda bab-barobar o‗z iste‘dod va imkoniyatlarini 
ro‗yobga chiqara olmaydi96. Ikki sohani ham birday olib borish 
ayollardan katta kuch talab qiladi, ularning bo‗sh vaqtini kamaytiradi. 
SHunday qilib, ayollarning ishlab chiqarishda mehnat qilish, jamoat 
ishlarida qatnashuvi va onalik vazifasini bajarishi o‗ta murakkab jarayon 
bo‗lib, olimlar e‘tiborini jalb etadigan muammo hisoblanadi. Bu haqda 
jahon olimlarining fikrlari ham turlicha. Ayrim jurnalistlar va olimlar 
simpozium va anjumanlarda ayollar mehnatidan voz kechish haqidagi 
fikrni hozirgi kungacha ta‘kidlamoqda. Ular ayollarni oila doirasiga 
qaytarish fikrini bildirishmoqda. Tarix g‗ildiragini orqaga qaytarib 
bo‗lmaganidek, bu hodisani ham amalga oshirish mumkin emas.


194 
Tarixiy taraqqiyot jarayoni shundan darak beradiki, ayollarning 
ijtimoiy mehnati tufayli jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
sohalarida tub o‗zgarishlar yuz berdi, taraqqiyot tezlashdi, jamiyat 
barqarorlashdi. Ayollar mehnati jamiyat, oila va o‗zlarining manfaatlari 
uchun ham foydali bo‗ldi.
Dastlab ayollar mehnati tufayli mahsulot ishlab chiqarish oshdi, bu 
iste‘molni ko‗paytirdi, moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirdi. 
SHunday qilib, ayollar mehnati yashash darajasini takomillashtirdi.
Ijtimoiy 
ishlab 
chiqarishda 
qatnashib, 
ayollar 
iqtisodiy 
mustaqillikka ega bo‗ldilar, bu o‗z navbatida, ayollar bilan erkaklarning 
tengligi g‗oyasini keltirib chiqardi hamda uni amalga oshirish jarayonini 
tezlatish imkonitini yaratdi.
YUqorida ta‘kidlaganimizdek, ijtimoiy mehnatda qatnashib, 
ayollar faqatgina o‗zini-o‗zi moddiy jihatdan ta‘minlamasdan, balki 
ma‘naviy-axloqiy qoniqish ham hosil qildilar.
Faqat mehnat jarayonida ayollar o‗zlarining malakalarini 
oshirdilar, ishlab chiqarish tajribalariga ega bo‗ldilar, nazariy va 
texnikaga oid bilimlarini oshirdilar, o‗zlarining ijodiy qobiliyatlarini 
namoyon etdilar, o‗zining manfaatdorlik imkoniyatlarini kengaytirib 
bordi. Agar ayollar mehnat jamoalarida ishlamasa, ularning jamoa fikri 
bilan hisoblashish, mustaqillik, mas‘uliyatni his etish, dunyoqarashning 
kengligi, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondoshuv kabi fazilatlari 
shakllanmagan bo‗lardi.
Mehnat jarayonida ayollar o‗zining mutaxassisligi, hayotiy tajriba 
hamda oilaviy muammolarga oid juda katta hajmdagi ma‘lumotlarga ega 
bo‗lishadi. Ular ko‗proq adabiyot va san‘at, madaniyat bilan qiziqadilar. 
Mehnat ayollarning oilaviy hayotiga va oilaviy munosabatlariga ham 
ijobiy ta‘sir qiladi. Bilimdon, siyosiy ongi shakllangan ayollar 
tarbiyalagan farzandlar ham komil bo‗lib tarbiya topadi.
Oilada mehnat taqsimoti ham maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bunday 
oilalarda boshqa oila a‘zolari ham uy-xo‗jalik ishlariga faol 
qatnashadilar. Faqat mehnatkash ayolning o‗ziga qarashga va farzandlari 
bilan ko‗proq muloqotda bo‗lishga vaqti qolmaydi, shunga qaramasdan 
oila mablag‗i oshadi. Mablag‗ning etarli bo‗lishi farzandlarni tarbiyalash 


195 
uchun sharoit yaratishga, ularning bilim olishi, sport turlari, musiqa 
bilan shug‗ullanishiga imkoniyat yaratadi. Bizning o‗tkazgan 
tadqiqotlarimizda mehnatkash ayol uy bekasiga qaraganda ko‗proq 
farzand tarbiyasiga ahamiyat berar ekan. SHuningdek, oilada ayol 
boqimanda bo‗lsa, ya‘ni ishlamasa, ular tarbiyalagan farzandlar ham 
shunga yarasha bo‗lib o‗sishi aniqlangan.
SHunday qilib, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashuvi 
jamiyatda mahsulot ishlab chiqarishni va milliy daromadni ko‗paytiradi, 
ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlaydi, ularning har 
jihatdan taraqqiy etishini, iste‘mol doirasini kengaytiradi, oilaviy 
munosabat madaniyatini yuksaltiradi va jismoniy sog‗lom, ma‘naviy 
barkamol farzandlar tarbiyalashiga imkoniyat yaratadi.
Ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish dinamikasiga 
e‘tibor beradigan bo‗lsak, ular jahonning turli mintaqalarida turlicha 
amalga oshgan. Bularning xilma-xilligi har bir mamlakatning iqtisodiy 
taraqqiyoti, xalq xo‗jaligi, demografik o‗ziga xosligi, milliy va oilaviy 
urf-odatlariga bog‗liq bo‗ladi. Turli millatga mansub ayollar 
mehnatining umumiy jihatlari ham ko‗p, ayniqsa, ularning mehnatini 
tashkil etish shakli, ijtimoiy ahamiyatida deyarli farq yo‗q. Farq turmush 
sharoitining ijtimoiy-maishiy ishlab chiqarishda oila faoliyatida va bo‗sh 
vaqtni sarf etish holatlarida mavjud. Turmushning milliy o‗ziga xosligi 
tabiiy sharoitlar, tarixiy taraqqiyotning xususiyati, urf-odat va an‘analar 
va ularning yashovchanligiga bog‗liqdir.
Agarda mana shu odatlarda ayollarning mustaqil bo‗lishi uchun, 
ularning o‗z iste‘dod va imkoniyatlarini hayotda amalga oshirishlari 
uchun keng yo‗l ochilsa, unda ayollar past malakali, kam daromad 
keltiradigan, ish sharoitlari og‗ir joyda mehnat qilishdan tezroq 
qutuladilar. Aksincha, ular aqliy mehnat bilan shug‗ullanadigan ish 
joylarida faoliyat ko‗rsatadilar. Jahon miqyosida o‗tkazilgan tadqiqotlar 
natijalari shuni ko‗rsatadiki, hozirgacha ayollar orasida og‗ir jismoniy 
mehnat bilan shug‗ullanganlar ko‗pchilikni tashkil etadi. CHunki 
malakali aqliy mehnatga yuqori darajada haq to‗lanadi.
Ayollar aqliy mehnat bilan band bo‗lishlari uchun esa ma‘lumot 
olishlari, texnikadan foydalanish texnologiyalarini bilishlari lozim 


196 
bo‗ladi. SHundagina ayollar mehnatining samaradorligini oshirish 
mumkin. Bu holat ayollarning kuch-quvvatini saqlaydi va farzandlar 
tarbiyasiga, o‗ziga qarash uchun vaqti bo‗lishini ta‘minlaydi. 
SHuningdek, ayollarga qanchalik yaxshi ish sharoitlari yaratilsa, ular 
shunchalik onalik va tarbiyaviy ishlarga imkoniyat ortadi. Asosan, 
salomatliklari yaxshilanadi. Xotin-qizlarning 1995 yili Pekinda bo‗lib 
o‗tgan To‗rtinchi Jahon Konferensiyasida muhokama etilgan 
masalalardan biri – ayollarning bilim olishini ta‘minlash va kasbiy 
mahoratni oshirish masalasi hisoblandi. Bu holatni amalga oshirish 
ayollarning o‗z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini oshirish bilan birga 
jamiyatning barqaror taraqqiyotini ta‘minlashda, ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalarida faol ishtirok etishini ta‘minlashga imkoniyat yaratadi. 
Har tomonlama chuqur bilimga ega bo‗lish ayollar uchun nashr etilgan 
turli ma‘lumotlarni o‗zlashtirishga, zaruriy amaliy malaka hosil qilishga, 
yangi texnologiyalarni o‗zlashtirishga yordam beradi. O‗z navbatida 
ayollarning bunday imkoniyatlarga ega bo‗lishi ularning hayotini 
yaxshilaydi. SHuning uchun ham investitsiyalarni ayollarning ma‘lumot 
olishi va bilimining mukamallashtirishga sarflash maqsadga muvofiqdir, 
deb topildi. Ayollarning bilim olish huquqi insonning asosiy 
huquqlaridan va, eng muhimi, tenglik, taraqqiyot, tinchlik kabi 
maqsadlarga erishish vositalaridan biridir. Lekin bu huquq har bir 
kishining shaxsiy huquqi deb hisoblanishi xato bo‗lur edi. Fan-texnika 
taraqqiyotining hozirgi sur‘atlari shu qadar ildamki, muttasil bilim olish 
muammosini yuzaga keltirmoqda. Kamsitilishlarga yo‗l qo‗ymay bilim 
berish nafaqat qizlarga, balki o‗g‗il bolalarga ham foyda keltiradi va shu 
bilan pirovardida erkaklar va ayollar orasida teng huquqli 
munosabatlarni o‗rnatishga ko‗maklashadi. Bilim olishda tenglik va uni 
olish imkoni ko‗p sonli ayollar hukumat islohotlarining faol 
ishtirokchilariga aylanishlari uchun zarurdir.
Zamonaviy ayolga shunchaki savodli bo‗lish: o‗qish, yozish, 
hisobni bilishi etarli emas, uning oldida ta‘limning sifati, muammosi 
paydo bo‗lib, doim mustaqil ta‘lim ustida ishlab, tinimsiz o‗z bilimlarini 
orttirib chuqurlashtirib borishni talab etadi99. Xotin-qizlar orasida 


197 
savodxonlik ular oilasida farzandlarning sog‗lig‗ini saqlash, ovqatlanish 
va ta‘lim olishini ta‘minlashda qo‗l keladi.
Bu sohada olib borgan tadqiqotlar ham shuni ko‗rsatmoqda: Onalar 
bilimi yuqori bo‗lgan oilalarning iqtisodiy ahvoli yaxshi bo‗ladi; onalar 
bilimi yuqori bo‗lgan oilalarda bolalar jinoyati kam sodir bo‗ladi; bilimli 
onalarning farzandlari odatda doimo to‗q, yaxshi kiyingan va kamroq 
kasalga chalinuvchan bo‗ladi; bilimli onaning farzandlari fan va 
texnikaning yangi yo‗nalishlarini tezda o‗zlashtirib oladi; bilimli ona o‗z 
o‗g‗il-qizlariga oila qurish, uni parvarishlash, oilaning moddiy ta‘minoti 
haqida ko‗proq ma‘lumot beradi hamda farzandlariga o‗z jismi, 
salomatligini saqlashni o‗rgatadi. SHuning uchun ham bilimli ayollar 
tug‗ish paytida kamroq nobud bo‗ladi, ayollar bilimi qanchalik yuqori 
bo‗lsa, ularning hayotda tanlash imkoniyati shunchalik keng bo‗ladi, 
jamiyat va oilada o‗z mavqeini anglash uchun sharoit yarata oladi; 
bilimli ayollar o‗z farzandlarini hayotda o‗z o‗rnini topishga, bilim olish, 
kasb tanlash, mutaxassislikka ega bo‗lishga yaqindan ko‗maklashish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi; ayol bilimli bo‗lsa, atrofdagi voqea-
hodisalarni to‗g‗ri tahlil qila olish qobiliyati kuchli bo‗ladi hamda 
farzandlariga to‗g‗ri ma‘lumot berish imkoniyatiga ega bo‗ladi; oqila 
ona tarbiya qilgan farzandlarda muomala madaniyati yuksak bo‗ladi; 
bilimli ayollar o‗z farzandlarini hayotning murakkabliklariga tayyorlab 
boradi va hokazolar100.
O‗zbek ayolining hayotida turmushga chiqish eng asosiy voqeadir. 
Otasining uyidagi o‗tgan hayoti uning kelin (qaynonasi uchun), xotin 
(eri uchun) va ona (farzandlari uchun) bo‗lishiga tayyorgarlikdir. Xalq 
maqolida ―Qiz bola birovning xasmidir‖ deyiladi. Itoatkor, chaqqon va 
kamgap qizning nikohga tayyorlanishi zamonaviy ayol andozasidir. 79
Ayolning oiladagi roli ikkinchi darajali. Uyida erini chidamlilik 
bilan kutib o‗tirgan ayol eng yaxshi hisoblanadi. YOshlarni tanishtirish 
bo‗yicha yoshlar tomonidan ko‗rsatilgan tashabbus xush kelmaydi, 
ayniqsa, qizlar tomonidan ko‗rsatilgan tashabbus qoralanadi. Agar qiz 
oilada o‗zi tanlagani borligi va unga turmushga chiqmoqchi ekanligini 
e‘lon qilsa, oilada bu rad etiladi. Odat bo‗yicha tanishish sovchilar orqali 
amalga oshirilgani ma‘qul hisoblanadi. Ota-onalarning roziligidan so‗ng 


198 
yoshlar birinchi uchrashuvga chiqadilar, undan keyin esa ular ota-
onalarining tanlovini tasdiqlashlari yoki rad etishlari lozim. Ko‗pchilik 
hollarda ota-onaning tanlovi hal qiluvchi bo‗ladi. Nikohingizning 
tashabbuskori kim degan savolga ayollarning 52 foizi o‗z nikoh 
rishtalarini ota-onalarining irodasi bilan bog‗langanlarini, faqat ikki foiz 
ayol ota-onasining irodasi ularning tuyg‗ulari bilan mos tushganligi 
ko‗rsatdi. Boshqacha aytganda, ayollar turmushga chiqishda qaror qabul 
qilish uchun shaxsiy erkinlikka ega emas. Ular uchun juda muhim 
hayotiy voqeaning asosi ota-onaning xohishi, ota-onaning tanlovi, deb 
hisoblaydilar. Ayollar ixtiyoriy ravishda turmush qurishdagi tanlash 
huquqlarini ota-onalar zimmasiga yuklaydilar.
So‗ralganlarning 42 foizi o‗z tashabbuslari bilan sevib turmushga 
chiqqanlar. So‗ralganlarning 2 foizi o‗z xohishlariga qarshi turmushga 
chiqqanlariga iqror bo‗ldilar.
Ikkinchi va uchinchi javoblar o‗rtasida tenglik ishorasini qo‗yish 
mumkin. SHunday qilib, so‗ralganlarning 54 foizi o‗z xohishlariga 
qarshi, sukut bilan, e‘tirozlarsiz birovning irodasiga bo‗ysunadilar.
An‘anaviy ko‗rsatmalar qizga turmushga chiqish yoki chiqmaslik 
xohishlarini namoyon qilish imkonini bermaydi. Bu jamiyat tomonidan 
qiz zimmasiga yuklatilgan majburiyatdir va bu majburiyatni burch 
sifatida o‗z xohishi, his-tuyg‗ulari va irodasiga qarshi ravishda 100 tadan 
54 holatida bajarishi lozim. SHunday qilib, tadqiqot natijalariga ko‗ra 
har ikkinchi ayol nikohda o‗z huquqlari to‗g‗risida o‗ylab ko‗rmasdan, 
his-tuyg‗u va xohishlarini inobatga olmay yashamoqda.
Bu nikohga o‗tishda so‗ralganlarning yarmidan ko‗pi o‗z xohishini 
erkin izhor eta olmasligini anglatadi. Ayollarning oiladagi bunday ahvoli 
Oila kodeksiga ziddir. Nikoh ixtiyoriy ravishda tuziladi. Nikoh tuzish 
uchun bo‗lg‗usi er-xotinlar o‗z ixtiyorlarini erkin ifoda etish qobiliyatiga 
ega bo‗lishlari lozim. Nikohdan o‗tishga majbur qilish taqiqlanadi.
Qadim zamonlarda SHarq mamlakatlarida qizni iloji boricha erta 
erga berganlar. Jinsiy etuklikning birinchi belgilari paydo bo‗lishi bilan 
qizni jiddiy ravishda erga berishga tayyorlaganlar va u 12-13 yoshga 
etganda uzatib yuborganlar. O‗zbeklarga nisbatan qoraqalpoqlarda bu 
yosh 2-3 yilga kattadir. Bu odat ayrim o‗zgarishlarga uchragan bo‗lsa 


199 
ham asosan shundayligicha qoldi101. Qizini iloji boricha ertaroq erga 
berishga intilish esa bugungi kunda ham saqlanib qolgan. Odatda, yosh 
qizni yangi oilaning qoidalariga bo‗ysunishga majbur qilish osonroq 
bo‗ladi, deb hisoblashadi. ―YOsh novda tez egiladi‖ degan naql ham 
bor. Unda jamiyatda qadimiy odat va an‘analarga asoslangan holda 
ayollarni diskriminatsiya qilishning negizi, asosi ifodalangan. Ushbu 
odatlarga ko‗ra, ayol erining uyida uning oilasidagi qonunlarga 
bo‗ysunishi shart. Bu anglanilmagan diskriminatsiya qilishning butun bir 
qatlamidir va butun oilaviy hayot shunga asoslanib quriladi.
So‗ralganlarning yarmidan ko‗pi 19-20 yoshga etgan qizlar 
turmushga chiqishi shart, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, qizlar 
yigirma
yoshida oila qurish, farzand ko‗rish, oilani ta‘minlash va kelgusi 
avlodni tarbiyalashga tayyordirlar. 42 respondentning javobida qizlar 
21dan 25gacha bo‗lgan yoshda oila qurish lozim, deb hisoblanadi. Faqat 
bir respondentning javobdagina qiz shoshmasligi mumkin va oilani 25 
yoshdan keyin ham barpo qilsa bo‗ladi, deyiladi.
Mazkur savol bo‗yicha so‗rov natijalari kishini o‗ylantiradi. 
So‗ralganlarning 96 foizi 25 yoshga etgan qizlarning turmush qurishi 
shart, deb hisoblaydi. Demak, 25 yoshida ayol nafaqat jismoniy, balki 
ma‘naviy jihatdan ham etuk bo‗lishi lozim. 25 yoshida u oila qurish va 
uni saqlab qolish, o‗zini va o‗zining huquqlarini himoya qilish imkonini 
beruvchi bilim va tajribaga ega bo‗lishi lozim. Bu yosh qiz uchun har 
doim ham qo‗lidan keladigan ish emas.
Ko‗pgina yurtdoshlarimizda 20 yoshdan oshgan qizlar qari qiz 
bo‗lib qoladi, degan fikr mavjud. Bu tamg‗a unga har bir balog‗atga 
etgan qizni kuzatib boruvchi mahallada qo‗yiladi. Agar qiz belgilangan 
(18-21) yoshda turmushga chiqmasa, u keyinchalik umuman turmushga 
chiqa olmasligi ham mumkin. Uning to‗g‗risida mish-mishlar tarqata 
boshlaydilar va qizga kuyov sifatida ajralishgan yoki undan yoshi ancha 
katta bo‗lgan beva kishilardan sovchilar kela boshlaydi. Bu yosh qizning 
qadr-qimmatini yanada ko‗proq kamsitadi. U o‗zi bilan o‗zi ko‗pincha 
yakkalanib qoladi.


200 
Odat (yozilmagan qonun) qizni goh qari qiz bo‗lib qolishi bilan 
qo‗rqitib, goh g‗oyaviylashgan oilaviy hayotning bo‗rttirilgan saroblari 
ostida tezroq erga tegishga undaydi. SHunday qilib, erta nikohlarga 
xayrixohlik odati ayolni 25 yoshgacha turmushga chiqishga majbur 
qiladi. Buni ayolning oiladagi ahvolini diskriminatsiya qiluvchi omil 
deyish mumkin. Qahri qattiq odatlar qizga 25 yoshdan keyin mukammal 
oila barpo qilishga deyarli imkon qoldirmaydi. 18 yoshdan boshlab 
ko‗pchilik qizlar amalga oshmagan burchdan vijdon azobini his qila 
boshlaydilar. Bunga 2000 yilda ―Oila va jamiyat‖ ro‗znomasiga kelgan 
xatlar dalil bo‗la oladi. Noqulaylik va norasolik hissi ularni ta‘qib qila 
boshlaydi va qizning ongida yomon iz qoldiradi. Hech qanday boshqa 
hayotiy maqsadlar kuchi unga teng kela olmaydi. Deyarli hamma 
hollarda qizning bunday holati ota-onasi, qarindoshlari va umuman 
jamiyat tomonidan shakllanadi. An‘anaviy fikrlash doiralari erga 
tegmagan qizlar va ayollarni cheklaydi, qo‗l-oyog‗ini bog‗lab qo‗yadi, 
buning natijasida ularning orzu-umidlari va hayotdagi darajalari 
ro‗yobga chiqmasligi mumkin.
Oilada kim boshchilik qiladi degan savolga:
- so‗ralganlarning 58 foizi er boshchilik qiladigan oilalarda 
yashashlarini aytdilar (va buni to‗g‗ri deb hisoblaydilar);
- so‗ralganlarning 22 foizi qaynona yoki 3 foizi qaynota boshchilik 
qiluvchi oilalarda yashaydilar;
- 10 foiz o‗zlarini oilada boshchilik qiluvchi deb hisoblaydi, 
ulardan bittasi erga tegmagan, ikkitasi ajralishgan, milliy tarkibi 
bo‗yicha ulardan ikkitasi rus, ikkitasi tatar, bittasi qozoq, shunday qilib, 
erga tekkan ikki o‗zbek ayoli o‗zlari oilani boshqarishlarini aytdilar;
- so‗ralganlardan 6 qiz erga tegmagan, ular oilada teng huquqlik 
bo‗lishi lozim, deb hisoblaydilar.
SHunday qilib, 100 foiz so‗ralgan ayollardan 82 foizi oilada 
boshchilik qilmaydi va mustaqil qaror qabul qila olmaydi, o‗z ixtiyori 
bilan yoki zo‗rlab (majburan) oilaning farovonligi uchun javobgarlik er 
yoki qaynonaning elkasidadir. Ayol-xotin oila a‘zosi sifatida faqat 17 
foiz hollardagina (ularning yarmidan ko‗pi erga tegmagan yoki 
ajralishgan) ovoz berish huquqiga egadirlar.


201 
Bu savolga berilgan javoblarning muhimligi shundaki, erga tekkan 
ayollarning hech biri oilani birgalikda boshqarish mumkinligini 
ko‗rsatmadi.
Odatga ko‗ra, an‘anaviy oilada ayol qat‘iy ravishda oilaviy 
ierarxiyaga bo‗ysunishi kerak. Erning boshchiligiga e‘tiroz bildirib 
bo‗lmaydi, agar yosh oila ota-onasi bilan yashayotgan bo‗lsa, 
qaynonaning boshchiligiga ham e‘tiroz bildirib bo‗lmaydi.
Er va qarindoshlari xohishiga ko‗ra, ta‘lim va mutaxassisligini 
tashlab qo‗yib uyda qolgan har bir ayol moliyaviy bosimni o‗zida his 
qiladi. Hamma narsada eriga qaram bo‗lib qolib, natijada o‗zini mustaqil 
mablag‗lar olish huquqidan mahrum qiladi. U o‗z xohishicha va 
keraklicha ishlatishi mumkin bo‗lgan mablag‗ va boshqa boyliklarga ega 
emas. O‗zining elementar ehtiyojlarini qondirish uchun u ruxsat so‗rashi 
kerak. SHunday qilib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‗yicha 
100 ta so‗ralganlardan 64 foizida daromad manbalarini taqsimlashga 
ijozat yo‗q.
So‗ralgan ayollarning faqat 15 foizigina,( ulardan sakkiztasi 
turmush yuritish tajribasiga ega emas) oilaviy byudjetni eri yoki boshqa 
oila a‘zolari bilan kelishgan holda olib borishadi yoki olib bormoqchilar, 
21 foiz ayollar oila byudjetini mustaqil taqsimlaydilar. Bu sonni 
sinchiklab ko‗rib chiqqanimizda ikki ayol erga tegmagani, ikki ayol 
ajralishgani, ulardan ettitasi kam sonli millat vakillari ekanligi ma‘lum 
bo‗ldi.
SHunday qilib, so‗ralgan ayollarning har 1,5 tasi oilaviy 
sabablarga ko‗ra iqtisodiy jihatdan eri yoki qaynonasiga bog‗liqdir 
hamda 
o‗z byudjetini rejalashtirish, mablag‗larni taqsimlash 
imkoniyatiga ega bo‗lmasdan qaramlik yoki itoatkorlikni afzal 
ko‗radilar.
100 tadan 64 foiz ayol o‗z oilasi uchun foyda keltiruvchi yoki 
qandaydir boshqa faoliyatni barpo qilish tashabbusini ko‗rsata 
olmaydilar, chunki o‗z shaxsiy mablag‗lariga ega emaslar. Bunday 
oilalarda ayollar hatto o‗zlariga shaxsan tegishli bo‗lgan qimmatbaho 
mebel yoki qandaydir boshqa narsalarga egalik qila olmaydilar. 
Ayolning bankdagi jamg‗armalaridan ham xabardor bo‗lgan er uni taqiq 


202 
ostiga olmoqchi bo‗ladi, ko‗ndirish yoki do‗q-po‗pisa orqali bu 
mablag‗lardan beminnat foydalanadi. Oilalarning yarmidan ko‗pi o‗zaro 
munosabatlarini patriarxal tarzda olib boradi. Bunday oilalarda er va 
uning ota-onasi boshchilik qiladi. Ayollar pastki – tobe o‗rinni egallaydi. 
Oiladagi patriarxal ierarxiya oilada mablag‗larni taqsimlashga o‗z 
tamg‗asini bosadi. SHarq oilalarining an‘ana va odatlari pul va moddiy 
mablag‗larni taqsimlashda erning hukmronlik huquqiga asoslangan.
So‗rov natijalariga ko‗ra, 100 holatdan 60 tasida ayollar hal 
qiluvchi ovoz berish huquqiga ega emaslar. Bu raqam ayollarning 
yarmidan ko‗pi o‗z oilasining teng huquqli a‘zosi emasligini ko‗rsatadi, 
ularning his-tuyg‗ulari, fikrlari, xohishlari va ehtiyojlari ko‗pincha 
oilada e‘tiborsiz qoldiriladi. Bu bilan mazkur odat O‗zbekiston 
Respublikasi Oila kodeksining ―Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning 
teng huquqliligi‖ (3-moddasi)ga ziddir. Bu moddada ―har bir fuqaro 
oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadir va huquqlarning bevosita 
yoki 
bilvosita 
qandaydir 
cheklanishiga 
yo‗l 
qo‗yilmaydi...‖ 
deyilgan.So‗rov oilaviy muammolarni hal qilishda ayollarning fikriga 19 
foiz (ulardan 1tasi erga tegmagan, 2tasi ajralishgan va 5tasi oz sonli 
millat vakili) holatda quloq solishlarini ko‗rsatdi. Qolgan holatlarda (bu 
esa 60 foiz tashkil etadi) ayollar bu imkoniyatdan muhrum bo‗lgan va 
imtiyozni eriga (34 foiz), qaynonasiga (23 foiz) va qaynotasiga (3 foiz) 
beradilar.
Faqat 17 foizginasi (uchtasi erga tegmagan) oilaviy muammoni 
birgalikda hal qilish mumkin, deb hisoblaydilar. So‗ralganlarning 2 foizi 
(bular yoshlar, erga tegmagan qizlar) ―agar kim faol bo‗lsa‖, ―aql bilan 
ish yuritish lozim‖ yoki ―oiladagi muammolarni hal qilishda umumiy 
fikrga ega bo‗lish kerak‖ kabi javoblarning bir necha variantini taklif 
etdilar. SHunday qilib, oilada biror - bir qaror qabul qilinayotganda 
ayollarning ahvoli tahlikali bo‗lib qolmoqda. 100 holatdan 60 tasida 
ayollarning fikriga quloq solmaydilar. Qachonki qaynona darajasiga 
etganida uning fikri hal qiluvchi bo‗ladi.
O‗zbek oilalarida mojarolar masalasini so‗rov misolida kuzatish 
mumkin. So‗ralgan 100 ayoldan 95 foizi mojaroli vaziyatga ega 
oilalarda yashaydilar, ulardan 15 foizida esa bunday vaziyatga hali erga 


203 
tegmagan qizlarning oilalarida ham yo‗l qo‗yiladi. So‗ralganlarning 
faqat 5 foizi oilalarida mojarolar bo‗lmaydi, deb javob berdilar (ulardan 
bir ayol turmushga chiqqaniga ikki oy bo‗lgan).
Mojarolarni hal qilishda 35 foiz holatlarda er qaynonaning 
tomonini oladi va 39 foiz holatlarda (ulardan sakkiztasi erga tegmagan 
va to‗qqiztasi boshqa millatlarning vakillari) xotinining manfaatlarini 
himoya qiladi. Hammasi bo‗lib 24 o‗zbek ayoli eri tomonidan tushunish 
va himoyaga ishonish imkoniga egadirlar.
Mojaro vaziyati yuzaga kelganda er onasining tomonida turadi. 
Bunday vaziyat ko‗pincha ota-onalarining tashabbusi bilan turmush 
qurgan oilalarda uchraydi hamda ularning oila barpo qilishda hamma 
javobgarlikni olishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Bu ayniqsa 
voyaga etmagan qizlar turmushga chiqayotgan erta nikohlarga 
tegishlidir.
Ba‘zida oiladagi mojaro vaziyati vazifalarni taqsimlash asosida 
yuzaga kelishi mumkin, farzandlarni tarbiyalash odat bo‗yicha 
ayollarning vazifasidir, erlar farzandlarni parvarish qilish, o‗qishini 
nazorat qilish jarayonida va ular hayotidagi boshqa voqealarda ishtirok 
etmaydilar. SHu sababli ma‘lum bosqichda oilada farzandlar va otalar 
bir-biridan uzoqlashb ketadilar. O‗zbek oilalarida eng ko‗p mojaro 
vaziyatlari ―kelin-qaynona‖ munosabatlari asosida kelib chiqadi. Bu 
erda gap axloq-odob jihatlarida emas, balki ayolni (kelinni) jismoniy va 
ruhiy ezishda boradi. Kelinning har bir harakatini qat‘iy nazorat qilish, 
shaxsiy hayotiga, hatto er-xotin hayotining nozik sohalarigacha 
qo‗pollik bilan aralashish shular jumlasiga kiradi. Moliyaviy nazorat 
qaynonaning 
kelinga 
nisbatan 
xatti-harakatlarining 
an‘anaviy 
ko‗rsatkichidir. Qaynonaning kundalik ezishi va er tomonidan 
tushunmaslik ayolni tanglik holatiga olib keladi, u juda og‗ir yukni 
ko‗tara olmaydi va bu holatda mojaro yuzaga keladi yoki chidashni 
davom ettiradi. CHuqurlashib ketgan mojaro tuzatib bo‗lmaydigan 
oqibatlarga olib keladi: o‗zini-o‗zi o‗ldirishga urinishlar, suiqasd, ruhiy 
kasalliklar shunday turmush tarzining natijasidir.
Huquqiy madaniyat shaxsiy e‘tiqod va an‘analarga emas, balki 
qonunga asoslanib harakat qilish qobiliyatidir. YUqorida biz ayollarni 


204 
mehnatga jalb etishda urf-odat va diniy e‘tiqodlarning ta‘siri qanchalik 
kuchli ekanligini ko‗rib chiqdik. Ayollar huquqiy savodxonlik 
masalasida ancha orqada qolayotganligi aynan ularning oiladagi 
ahvoliga bog‗liq bo‗ladi. Oilada an‘anaviylik kuchli bo‗lsa, ayollarning 
haq-huquqlarga erishuvi, jamiyatda o‗z mavqeiga ega bo‗lishi murakkab 
kechadi. Agar biz mana shu holatni hisobga olsak, oila ayollarning haq-
huquqlariga ega bo‗lishi, o‗z taqdirlarini o‗zlari hal etishlari, bilim 
olishlari hamda kasbiy mahoratga ega bo‗lishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bu ayollarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish yuzasidan 
doimiy ravishda ish olib borish zarurligini ko‗rsatadi. Ammo shuni ham 
hisobga olish kerakki, huquq-tartibot to‗g‗risidagi qonun-qoidalarni bilib 
olishning o‗zi etarli emas, bu hali kishining yuksak darajadagi huquqiy 
ong egasi bo‗lganligidan dalolat bermaydi. Huquqiy bilimning 
mavjudligi ham qonunlarning halollik bilan bajarilishini ko‗rsatuvchi 
dalil bo‗ladi. Ayni chog‗da har bir ayolning amaliy xatti-harakati xulq-
atvorining qonun talablariga qanday munosabatda ekanligiga baho 
berish uchun mezon bo‗lishi mumkin. Lekin ayolning huquqiy 
qarashlari bilan huquqiy me‘yorlari talablariga nisbatan potensial 
munosabati bilan amaldagi hulq-atvori, axloqi o‗rtasida katta farqlar 
mavjud.
Muayyan jamiyatdagi huquqiy qonun-qoidalar o‗sha mintaqa 
xalqlari tomonidan asrlar mobaynida ishlab chiqilgan axloqiy aqidalar
tamoyillar, me‘yorlar, shuningdek, nisbatan umumiylik xususiyatiga ega 
bo‗lgan urf-odatlar zamirida vujudga keladi103. Lekin ba‘zi bir urf-
odatlar, an‘analar huquqiy me‘yorlar darajasiga ko‗tarila olmasligi ham 
mumkin. Buning sababi – ularning nisbatan xususiy tabiatga ega 
bo‗lganida, qolaversa, axloqiy va huquqiy taraqqiyot talablariga javob 
bera olmasligida. Masalan, johiliyat davrida arablarda qiz tug‗ilsa, uni 
tiriklay ko‗mib tashlash odati bo‗lgan. Keyinchalik musulmonlik 
yoyilganda, bu odat g‗ayrimuslimlik odati sifatida rad etildi. Hozirga 
kelib unday hodisa huquqiy qonunlar asosida jinoyat deb qaraladi. YOki 
bizning mintaqada qadimda mavjud bo‗lgan xun olish odati ham hozirda 
jinoyat sifatida jazoga tortiladi. Bunday misollarni ko‗plab keltirish 
mumkin.


205 
Huquqiy qonunlar bilan axloq, aslida, urf-odat va an‘analar bilan 
bog‗liq bo‗lsa-da, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Axloq bilan 
huquq garchand bir ildizga ega bo‗lsa-da, ularning jamiyat axlloqiy 
hayotini boshqaruv usuli har xil: axloq asosan tushuntirish, pand-o‗gitlar 
vositasida ish ko‗rsa, huquq majburiy usul, jazo choralari orqali ish olib 
boradi.
Nafaqat bugungi kunda, hatto qadimda ham axloq bilan huquqning 
farqiga borilgan. Buni miloddan avvalgi 1800 yilda Somirdagi Nippur 
shahrida bo‗lib o‗tgan sud jarayoni yozib qoldirilgan giltaxtadan ko‗rish 
mumkin: uch kishi – sartarosh, bog‗bon va yana bir kimsa (hujjatda 
kasbi qayd etilmagan) Lu Inanna degan ibodatxona xizmatchisini 
o‗ldiradilar hamda bundan uning xotinini xabardor qiladilar. Lekin 
marhumning xotini jinoyat to‗g‗risida mahalliy hokimiyatga hech narsa 
demaydi. Biroz vaqt o‗tgach, huquq-tartibot mutasaddilari mazkur 
jinoyatdan xabar topadilar va Ur-Nippur podshosi bu masalani hal 
etishni bizning tushunchamizdagi oliy sud vazifasini bajaruvchi Nippur 
fuqarolari yig‗iniga topshiradi. Sud yig‗inida so‗zga chiqqan to‗qqiz 
kishi uch qotil va ular bilan birga marhumning xotiniga ham o‗lim jazosi 
berilishini so‗raydi. Biroq ikki kishi so‗zga chiqib, xotinning qotil 
emasligini aytadilar. Yig‗in qatnashchilari keltirilgan isbot-dalillarni 
e‘tiborga olib, marhumning xotini qotillikda bevosita ishtirok etmagani 
uchun uni jazodan ozod qiladilar. Giltaxtada: ―Kimlar haqiqatdan 
o‗ldirgan bo‗lsalar, o‗shalarning jazolanishi kifoya‖, degan xulosa yozib 
qoldirilgan.104 Bundan shunday fikrga kelish mumkin: erini 
o‗ldirganlarni bilib, hokimiyatga xabar bermagani xotinning vijdoniga 
havola, zero bu – uning huquqi; axloqiy qonun-qoidalarni buzdi, lekin 
huquqni buzadigan xatti-harakatlarni sodir etgani yo‗q.
Ayni paytda, shuni ham ta‘kidlash kerakki, huquq axloqqa nisbatan 
ancha aniq va ancha muayyan ichki bo‗linishlarga ega. CHunonchi, 
xalqaro huquq, fuqaro huquqi, jinoiy huquq, mehnat huquqi va h.k. 
singari nisbatan qat‘iy chegaralangan huquqiy me‘yorlar mavjud. Axloq 
esa huquqqa nisbatan ancha keng qamrovli. CHunonchi, huquqiy 
qonunlar mavjud tuzumga, muayyan shaxs va yosh doirasidagi 
kishilarga tatbiq etilsa, axloqiy qoidalar, hikmatlar, pand-o‗gitlar barcha 


206 
tuzumlar hamda turli yoshdagi kishilarga birdek taalluqli bo‗ladi105. 
SHuningdek, huquqiy me‘yorlar aniq manzilni taqozo qiladi, axloqiy 
qoidalar esa mavhumligi va umumiyligi bilan ajralib turadi.
SHuning uchun har bir shaxs huquqiy ongining qay darajada 
ekanligini to‗la bilish uchun huquq me‘yorlarida bayon qilingan 
talablarni majburan bajaryaptimi, ya‘ni u mas‘uliyatdan qo‗rqqanligidan 
qonunlarga rioya qilyaptimi yoki uni o‗z burchini anglash majbur 
qilyaptimi yoxud uning e‘tiqodi shunday qilish zarurligiga da‘vat 
etyaptimi – bularni anglash g‗oyat muhimdir. Bundan tashqari, har bir 
jamoat tashkilotlari o‗z ijtimoiy vazifasiga, huquqiy holatiga ko‗ra, 
qolaversa, huquqiy tajribada ishtirok etishiga ko‗ra, bir-biridan farq 
qiladi. Bu hol jamoat tashkilotlarining ish hajmi va mazmunini bir-
biridan farqlashga, tashkilot a‘zolarining huquq va burchlarini ham 
shunga yarasha bir-biridan farqli bo‗lishiga olib keladi. Demak, har bir 
jamoat tashkilotida uning o‗z huquqiy tushunchalari tizimi, u yoki bu 
tashkilot huquqiy tajribasiga xos bo‗lgan xususiyatlarini aks ettiradigan 
huquq-targ‗ibot qoidalariga nisbatan ularning o‗z munosabatlari tarkib 
topadi. Ayol ishlab turgan jamoaning, undagi psixologik muhitning, 
huquqiy tasavvurlar, qarashlar va xis-tuyg‗ularning ta‘siri ostida uning 
huquqiy ongi shakllanadi. Bunday huquqiy ongning shakllanishini, bir 
tomondan huquq-targ‗ibot qoidalarini o‗zlashtirib, bilib olinishi taqozo 
etsa, ikkinchidan, buni jamoat tashkilotlarining o‗ziga xos xususiyatlari 
ham taqozo etadi.
Huquqiy ongni yuksak darajaga ko‗tarish va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish faqat amaldagi mavjud huquqiy normalarni bilib olishnigina 
nazarda tutmaydi. Balki qonunlarni turli hayotiy vaziyatlarda qo‗llay 
olish, ularni to‗g‗ri tatbiq eta bilish masalaning muhim tomonidir. 
Binobarin, huquqiy ong ham huquqiy madaniyatdan kelib chiqadigan 
hodisa bo‗lib, qonunchilikni yanada rivojlantirishning ishonchli omilidir.
YUqoridagi ta‘kidlangan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish 
mumkin. SHaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish murakkab jarayon 
bo‗lib, aholi tarkibiga nisbatan differensial yondashuvni talab etadi. 
Jumladan, ayollar ham o‗ziga xos demografik guruh bo‗lganligi uchun 


207 
ularning huquqiy ongi va madaniyatini takomillashtirish ham o‗ziga xos 
xususiyatga ega. Ular quyidagilardir:
1. Jinslarning bio-fiziologik tuzilishiga ko‗ra, ayollar farzandlar 
ko‗rib, aholini ko‗paytirish (reproduktiv) vazifasini bajarganligi tufayli 
ko‗proq oila doirasida cheklanib qoladilar.
2. Reproduktiv vazifani bajarganliklari uchun ayollarning bu 
sohaga sarf qilgan mehnatiga jamiyat tomonidan etarlicha haq 
to‗lanmasligi bois ularning mehnati oilada ahamiyatsizdir.
3. Ayollar garchand mehnatga jalb etilsalar ham, farzand ko‗rib, 
ularni tarbiyalashga ko‗p vaqtlarini sarf qilganliklari tufayli uzoq yillar 
tanaffus bilan ishlashga majburdirlar, bu holat ularni oilada erlari, 
qaynota-qaynonalariga qaram bo‗lib yashashiga, ularning har qanday 
tahqirlovchi talablarini bajarishga olib keladi.
4. Milliy urf-odat hamda diniy talablar ham oilada ayollarni 
tahqirlovchi holatlarni doimiy odatga aylantirishga xizmat qilib 
kelmoqda. Masalan, erta nikohlilik, ayollarni bilim olishi, kasb 
o‗rganishiga imkoniyat qoldirmaydi, iqtisodiy qaramlikka olib keladi. 
Bu oiladagi gender tengsizligini vujudga keltiradi.
5. Ayollar huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini shakllantirish, 
ularning oiladagi mavqeiga, ular huquqining tan olinishiga, oilaviy 
munosabatlar madaniyatining darajasiga, bilimiga, kasb mahoratiga, 
iqtisodiy mustaqilligiga bog‗liq bo‗ladi.
6. Ayollar huquqiy madaniyatining shakllanishi ayollar haqidagi 
erkaklarning tasavvurlari, qarashlariga hamda ularni o‗zlari bilan teng 
inson deb bilishlariga ham bog‗liqdir.
7. Ayollar huquqiy madaniyatini takomillashtirish, bu sohada faqat 
ayollar orasida targ‗ibot ishlari bilan cheklanmasdan, butun jamiyat 
aholisi orasida ayollar, ayollar huquqi, ularning huquqiy madaniyatlari 
haqida targ‗ibot va tashviqot ishlarini olib borishni talab etadi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin