Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik



Yüklə 66,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü66,41 Kb.
#187078
  1   2
9158-Текст статьи-22045-1-10-20230615



YOSH OILALARNING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK
MUOMMOLARI 
 
Munarova Ra’no O’sarovna, katta o’qituvchi 
Valieva Charos Vali qizi, 2 bosqich magistri 
Jizzax davlat pedagogika universiteti 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oila, nikoh munosabatlari, yosh oila 
munosabatlarida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning 
kelib chiqish sabablari va masalalari yoritilgan. Asosiy e‘tibor yosh oiladagi 
muammolarni yechimini topish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash 
qonunchilikda yosh oilalarga koʻmak berish huquqiy bazasini kengaytirish 
zarurligiga e`tibor qaratildi.
Kalit soʻzlar:
Oila, nikoh munosabatlari, yosh oila, oilaviy muhit, jamiyat, 
oilaviy muammolar, davlat, ijtimoiy siyosat.
 
Oila muammosi azaldan insoniyatning diqqat markazida bo’lib kelgan. 
Chunki oila mustahkamligi jamiyat faravonligining asosiy negizidir. Shu sababli 
Respublikamiz rahbariyati har bir xonadonning tinchligini, oilalarda farzandlarning 
baxtli, barkamol o’sishini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga 
oshirmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev aytganlaridek ―Oila 
kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch boʻladi
1

Darhaqiqat jamiyatning kuch-qudratini ta‘minlaydigan eng oliy qadriyat 
oilaning tinchligi va mustahkamligidir. Bizga ma‘lumki yurtimizda oila, nikoh 
masalalari azal azaldan qadrlanib kelinadi. Bu muqaddas qadriyatlar hozirgi 
davrgacha ham oʻz qadr-qimmatini yoʻqotgani yoʻq.Oilalarning jamiyat hayotida 
tutgan oʻrni va roʻli beqiyos, chunki har bir shaxs tarbiyasi avvalo kichik bir vatan 
oiladan boshlanadi. 
Hozirgi rivojlanayotgan jamiyatga har tomonlama sogʻlom, barkamol, yetuk shaxslar 
kerak. Bunda jamiyatda oilaning rolini oshirish uni yanada mustahkamlash, oiladagi 
sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, yosh oilalardagi muammolar yuzasidan 
tadqiqot olib boorish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Shu oʻrinda aytishimiz 
kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstititsiyasining 63-moddasida oila jamiyatning 
ajralmas boʻgʻini ekanligi e‘tirof etilgan: Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda 
jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega.
2
Yosh avlodni yetuk shaxs qilib tarbiyalash ularni hayotda oʻz oʻrnini topishlari 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun albatta, jamiyatdagi endi tarkib topayotgan 
yosh oilaga e‘tibor qaratish lozimdir. 
Оila 
– inson o`z baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsadmuddaolarini
mushtarak qilgan, o`zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan
muqaddas makondir. 
Oila 
– ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan
kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo`lishiga qaramay,
1
Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinchboʻladi» Xabar.uz 22.01.2018
2
Oʻzbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi, - T. Oʻzbekiston 2014


ayniqsa, XIX va XX asrlarda ro`y bergan buyuk o`zgarishlar va islohotlarga
dosh bera olgan ushbu maskan o`z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan
majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog’ omon saqlanib qolgan
tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot- mamotni ular
o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bo`lsak, uni
sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin. 
Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muommolar yechimini o’rganish 
borasida yurtimizmiz psixolog olimlari tomonidan bir qator diqqatga sazovor ilmiy 
tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Jumladan, G’.B.Shoumarov, 
V.M.Karimova, N.A.Sog’inov, X.K.Karimov, Sh.Sh.Jo’rayeva, F.A.Akromova, 
R.M.Abdullayeva, 
Yo.No’monova, 
M.O.Utepbergenov, 
R.A.Samarov, 
T.Norimbetov kabi olimlarimiz va ularning izdoshlari tomonidan so’nggi yillar 
davomida o’zbek oilasining etnopsixologik xususiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy 
rollar taqsimoti, oilalardagi shaxslararo munosabatlar hamda oilaviy muammolar 
kabi masalalar o’rganilgan. 
Respublikamizda keyingi yillarda oila-nikoh munosabatlari o‘zgarib 
bormoqda. Bu boradagi o‘zgarishlarga: 
1) oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi;
2) oila a’zolari sonining va tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p oilali 
tipdan, alohida mavjud bo‘lgan oilalar tipiga aylanib borayotganligi;
3) oilaviy munosabatlar tizimida er-xotin funksiyalarining va oilaviy rollar
haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi;
4) ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarib borayotganligi 
kabilarni kiritish mumkin. 
Ma’lumki, insoniyat jamiyat taraqqiy etib borgan sari odamlarning
o‘zlari ham, o‘zaro munosabatlar ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar
orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘ladigan oilaviy munosabatlar ham 
takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi hozirgi zamon
fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari, qishloq 
xo‘jaliklari, sanoat ishlab chiqarish, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida 
yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu
jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga 
o‘ziga xos yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat 
taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-
psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar o‘zaro muloqat munosabatlari 
doirasining ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda 
o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning ma’lum darajada buzilishiga va 
oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning
yuzaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi 
psixologik iqlimda o‘z ifodasini topadi.Maxsus adabiyotlarda yozilishicha va
o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil ichida 
odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko‘ra ularning jinsiy, fiziologik 
balog‘atga etishi 2-3 yil ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarni
jinsiy balog‘atga etish davri 15-16 yoshga to‘g‘ri kelgan, hozir esa bu holat 
o‘rtacha 12-13 yoshlarga to‘g‘ri keladi. 


Ilgarigi o‘smirlar 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga etuklik talablaridan 
biri bo‘lmish jinsiy etuklikka, balog‘atga etar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu 
yoshga kelib o‘sha davrlar uchun xos va lozim bo‘lgan, unchalik murakkab
bo‘lmagan de’qonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli 
boxabar bo‘lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarning odatda 13-14 yoshida 
shogirdlikka berishgan), o‘sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va 
texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma’lumot talab qilinmagan, 2-3
yil ustoz ko‘rgan shogird 16-17 yoshida o‘zi ish yuritadigan mutaxassisga 
aylangan. Mabodo u shu vaqtda oila quradigan bo‘lsa, o‘z hunari orqali me’nat 
qilib o‘zini va oila a’zolarini iqtisodiy jihatdan ta’minlay olishi mumkin bo‘lgan. 
Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli yigitmahalla -ko‘yda, jamoatchilik 
orasida ma’lum darajada ijtimoiy etuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbirlar, 
marosimlarda etuk ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan, ya’ni uning
ijtimoiy jihatdan balog‘atga etganligi jamoatchilik tomonidan tan olingan. 
Shaxsning oila va jamiyat oldida o‘ziga xos mas’uliyatni his qilishi esa 
uning psixologik etukligi alomatlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.Endi shu 
xususiyatlarning bugungi kun yoshlarida ko‘rib chiqaylik. Ular 12-13 yoshlarida 
jinsiy (fiziologik) etuklikka erishadilar, biroq ular biror -bir kasb-hunar egasi 
bo‘lib, mustaqil ishlab o‘zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan 
bo‘lishi uchun avvalo maktabni bitirishi, yoki 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki 
litseyda o‘qishi zarur bo‘ladi. 12 yillik barcha uchun majburiy ta’limdan so‘ng 
yoshlarimizning ma’lum bir qismi o‘qishni oliy o‘quv yurtida davom ettiradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari 
ularning ma’lum qismi uchun 20-21, boshqalari uchun 23-25 yoshga to‘g‘ri keladi. 
Bundan tashqari odamlarning kundalik hayoti o‘zgarib, kiyinishga, maishiy 
buyumlarga moddiy farovonlik darajasiga bo‘lgan ehtiyoji ham ortib 
bormoqda.Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning, oila mustahkamligining 
o‘rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir 
hujayraning sog‘lomligiga bog‘liq bo‘lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb
atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir.
Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi
uning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi uni inqirozga olib keluvchi kuchlarning 
yuzaga kelishida oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog‘lom, noqobil va nizoli 
oilalar, ajrashishlar sonining ortishi, jamiyatgaturli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon 
etkazishi bilan birga bunday nosog‘lom psixologik muhitda, nizo-janjalli, o‘zaro 
mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelgan,shakllangan bola keyinchalik nafaqat ota-
onasi, aka-ukalariga nisbatan mehr-oqibatsiz,balki atrofdagilarga, qolaversa o‘zi 
yashagan jamiyatga nisbatan mehr oqibatsiz bo‘lib, shafqatsiz, zolim,xudbin 
jamiyat yurt manfaatlariga zid har xil tashqi kuchlar ta’siriga oson beriluvchan
shaxs bo‘lib shakllanishi, shu asosda esa o‘z oilasi, o‘z xalqi, o‘z yurti uchun xavfli 
insonlarning etishib chiqishiga ham asos bo‘lishi mumkin. 
Demak, oilaning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil 
hisoblanadi.Oila psixologiyasigadoir eng muhim bilimlarni berish va ular


asosida tegishli malakalar va ko‘nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy 
hayotga tayyorlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Ekspertlar ta'kidlashlaricha, MDH mamlakatlarida yosh oilaning eng katta 
muammo to'rtta xususiyatga ega: 
1. Yosh oilalarga moddiy va ma'naviy xavfsizlikning etarlicha darajasining 
yo'qligi. Shunday qilib, bugungi kunda yangi turmush qurgan juftliklar umumiy 
davlatga 
nisbatan 

barobar 
kamroqdir. 
2.Yosh oilalarning ijtimoiy muammolari, oilaviy hayotni tashkil etish, o'z yashash 
joylarini sotib olish va hokazolarni talab qilish bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy va 
moddiy 
ehtiyojlarning 
ortishi 
hisoblanadi. 
3.Turmush 
o'rtoqlarni 
ijtimoiylashtirish 
davri 
(ta'lim, 
ish 
joyi). 
5.Yosh oilada psixologik moslashish. Shunday qilib, oilalarning 18% 
mutaxassislarga 
psixologik 
maslahat 
berishga 
muhtoj. 
Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri – yoshlarning o’zaro 
munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga ko’nikishi masalasidir. 
Chunki romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o’tgan yoshlarning endi 
yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan kechirishiga 
muayyan qiyinchiliklar bo’lishi tabiiy. Yigit-ku o’z uyida, ota-onasi yaratib bergan 
sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng og’iri 
kelinchakning bo’yniga tushadi. U boshdan kechiradigan muammolardan biri esa – 
yangi oila a’zolari bilan muomala maromlarini to’g’ri o’rnatishdir. To’g’ri, 
to’ydan keyin turkona, o’zbekoana urq-odatga ko’ra qizning onasi va uning yaqin 
qarindoshlari kelinchakni “yo’qlaydi”, ya’ni, pishir-kuydir qilib, qiz o’z 
xonadonida suygan taomini pishirib, yangi kelin tushgan xonadonda dasturxon 
yuboriladi. Albatta, bu kabi azaliy urf-odatni asosida yotgan muhim sabablar 
bo’lib, birinchisi, yangi muhitga tushib qolgan qiz bu erdagi issiq-sovuqqa tez 
ko’nikib ketolmasligi, taom tanavvul qilishda keskin o’zgarish bo’lmasligi uchun 
to ko’nikkuncha, bir necha kun o’z xonadonidan ovqat yuborish va shu orqali uni 
“yupatish” bo’lsa, ikkinchi ma’nosi – ota-ona qizini unutmaganligi, hanuz unga 
mehrli munosabatda ekanliklarini izhor qilishdir. Bu kabi munosabatlarning 
saqlanishi qisman bizning hozirgi sharoitimizda ham o’zini oqlaydi, lekin yo’qlov 
bahonasida tog’oralarda ovqat-oziqning xadeb kuyov uyiga jo’natilishi, ortiqcha 
dabdabalarga yo’l qo’yilishida umuman mantiq yo’q. Chunki hozir ko’pchilik 
onalar oila yumushidan tashqari davlat va jamoat muassasalarida xizmat qiladilar. 
Ular uchun bunday tashvishlar ortiqcha, ikkinchidan, qizlar ilgarigiday juda erta 
turmush qurmaydigan va o’qish, ish bahonasida turli taomlarni eyishga yoshlikdan 
o’rgangan sharoitda ularning oshqozonlari yangi xonadonda ham birday 
ishlayveradi. Ya’ni, yosh oilaning mustahkam bo’lishiga rahna soluvchi omillardan 
biri hisoblanmish ortiqcha ovoragarchiliklar, dabdabali tushliklarning ikkinchi 
xonadonga yuborilishi bugshungi taraqqiyot bosqichida biroz erish tuyulishi tabiiy. 
O’tkazilgan tadqiqotlardan yana shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, yosh oilaning 
tinchlik-totuvchilikda yashashiga halaqit berayotgan sabablardan biri – qaynonalar 
bilan yangi kelinchakning tez kirishib, til topishib keta olmayotganligi. Bu ham 
oilaviy munosabatlar borasidagi muammolardir. Chunki ayniqsa, shahar sharoitida 
bitta yoki ikkitagina o’g’il o’stirgan ona ko’pincha yangicha munosabatlar tizimiga 


o’zi ko’nika olmaydi va kelinchakni ham tezroq ko’nikib ketishiga yordam berish 
choralarini bilmaydi.
Oila hamjihatlikda yashashi o‘zaro hurmat qaror topmog‘ lozim, lekin 
hozirgi paytga kelib nikoh ajrimlari soni 2021-yilda Respublikamizda 39 000 dan 
ortiq oilaviy ajrimlar qayd etildi. “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi 
tomonidan nikoh ajrimlarining sabablari o‘rganilganda, aksariyat holatlarda bu 
birinchi o‘rinda er-xotinlarning o‘zaro kelishmovchiliklari, fe‘l-atvorning bir-biriga 
mos kelmasliklari, rashk, xiyonat, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin 
qarindoshlarning chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi 
(ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan 
erning ishlamasligi, mustaqil oilani boshqara olmasligi), qudalarning to‘ydan keyin 
o‘zaro kelishmay qolishlari, erning daraksiz ketib qolishi kabilar qayd etiladi.” 
3
Xulosa qilib aytganda oilada sog‘lom psixologik muhitning yaratilishi, 
sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom 
psixologik muhit er va xotin o‘rtasidagi psixologik jihatdan yetilganlik hamda 
ijtimoiy jihatdan tayyorlik asosida shakllanadi. Sog‘lom turmush tarzining oilaviy 
muhitga ta’siri ham katta hisoblanadi. Chunki har bir oila a’zosi sog‘lom turmush 
tarziga rioya qilsa, to‘g‘ri ovqalansa, sport bilan shug‘ullansa ushbu jarayonlar 
ularda psixosomatik o‘zarishlarni keltirib chiqaradi. Ya’ni ularning sog‘lom 
turmush tarziga rioya qilishi mental psixologik holatini yaxshilaydi. Sog‘lom 
turmush tarzi oilaviy muhitning ijtimoiy psixologik jihatdan o‘zgarishiga ta’sir 
o‘tkazadi. Sog‘lom munosabatlar sog‘lom turmush tarzidan boshlanadi. Ushbu 
holatlar oiladagi ijtimoiy psixologik jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazadi. Oilada 
sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda sog‘lom psixologik muhitning ijtimoiy 
psixologik ahamiyati ushbu jarayonlarning sinxron ravishda tashkil qilnganligiga 
bog‘liq hisoblanadi. 

Yüklə 66,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin