Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Beruniy ilm olish yo’li bilan dunyoni bilishning turli bosqichlarini ko’rsatadi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə117/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Beruniy ilm olish yo’li bilan dunyoni bilishning turli bosqichlarini ko’rsatadi:
1.To’liq bilim olishda narsalarning chegaralari ma’lum bo’ladi;
2.narsalarning bo’laklarini umumlashtiruvchi chegaralarigacha ma’lum bo’ladi, lekin bunda ham tafsilotdan holi bo’lmaydi;
3.o’sha tafsilotlar atroflicha biluvchi va bilinuvchi sifatida birlashadi, lekin bu holat zamon ichida bo’lib turadi;
4.atroflicha bilish holati zamon ichida bo’lmaydi, endilikda narsalarni, voqyealarni bilishda zarur vosita bo’lgan ism sifatlarga, laqablarga ehtiyoj qolmaydi;
Beruniy tomonidan ilgari surilgan fikrlarda bilimlilik orqali nodonlikdan xalos etish masalalari bayon qilingan. O’quvchini o’qitish muomalali, rostgo’y, savodxon, shogirdlariga prinsipial, yumshoq muomalali bo’lishi kerak. Muallim o’quvchini doimo to’g’ri yo’lga boshlashi, sezgir va talabchan bo’lishi lozimligini uqtiradi.
Beruniy muallim shogirdlariga yumshoq muomala qilishi, ularga to’g’ri yo’l ko’rsatishi, yaxshi yo’lga yo’llashi, niyatini to’g’ri qilishi, o’zini katta olmay, ochiq ko’ngil bo’lishi haqida ta’lim bergan.
Beruniy o’qitish muallimning o’qib o’rganishi, takrorlashi bilan bevosita bog’liq ekanligini alohida uqtirgan. Shuning dek, kitob o’qishning usul va metodlariga alohida e’tibor beradi. Kitoblarni shunchaki emas, balki fikrlarni kichik bo’limlarga bo’lib o’qish, hamma o’qilgan joylarni umumlashtirib, qayta o’qish haqida ham ibratli materiallarni bayon etadi.
Beruniy o’qitishda faqat induktiv yo’l bilangina emas, balki deduktiv yo’l bilan ham ish tutmoq lozimligini ta’kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni joyida qo’llamoq zarurligini yaxshi bilgani ko’rinib turibdi. Bunday o’qish tafakkurni o’stirib, bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimni boyitadi.
Beruniy dastlab o’quvchining ongli o’qishi, matnning hajmi kichik, mazmuni sodda, keyinchalik esa hajmi katta, mazmuni murakkabroq bo’lgan matnlarni o’qishga kirishishi o’qish jarayonida taqqoslash-qiyoslashga e’tibor berish o’quvchilarning ongli bilimiga asos solishini eslatib o’tgan.
Olim o’qilganlarning barchasini qaytarib o’qish deganda, asosan xato qilmay, so’zlarni buzmay, ortiqcha tovush ishlatmay, bo’g’inlarni tushirib qoldirmay, so’z urg’usini o’z o’rnida qo’llab, to’g’ri o’qishni ta’kidlaydi. O’qishning tez, to’g’ri va ifodali bo’lishi, o’qish davomida bolaning o’z-o’zini kuzatib borishi, xatosiz tez va to’g’ri o’qishiga yordam beradi.
Beruniy bilimlar ustozlar tomonidan o’rgatiladi deb biladi. U nazariy bilimlarni o’quvchiga singdirish usullari haqida to’xtalib, muallim o’z ishiga asosan qiziqarli suhbat usuli bilan yondashib, shogirdning fanga, kasbga o’rganilayotgan ilmga havasini uyg’ota olishini, ta’limning asosiy vazifalaridan biri deb bildi.
Buning uchun ba’zan muallim o’z shogirdlarini majbur qilishi mumkin deb bildi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin