Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə16/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Asosiy metodlar

Asosiy metodlarning variantlari





Kuzatish metodi

Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish



So’roq metodlari

Og’zaki so’roq
Yozma so’roq
Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq



Testlar metodi

Test - so’rov
Test - topshiriq
Proyektiv test
Sosiometrik test

Eksperiment

Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti

Modellashtirish

Matematik modellashtirish Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish

Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq - atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z - o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.
Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, kuzatuv obyekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq - atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni subyektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi - ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatgichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr - qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda taxlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin